Tаnqidiy fikrlаsh аsоslаri
Dа`vаt
Аnglаsh
Fikrlаsh
Tanqidiy fikrlash chaqiriq bosqichidan boshlanadi, bunda o’quvchilarning qiziqishi uyg’onadi, zarur savollar tug’iladi va bilimlarni egallash uchun sabablar tug’iladi. Anglash brosqichida o’quvchilar izlash uchun rag’bat oladilar, ba`zi hollarda esa bunga o’rganadilar ham. Fikrlash bosqichi ksulminatsiya bo’lib hisoblanadi.
Ta`limning guruhli shaklining ahamiyati nimada?
Ta`limning guruhli shakli «ta`lim beruvchi- ta`lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta`lim beruvchi-guruh-ta`lim oluvchi» ko’rinishidagi uch tomonlama o’zaro munosabatga o’tishni nazarda tutadi. O’quv guruhi tarkibi buyicha harakatchan kichik guruhlarga bo’linadi va ularning har-biri o’zicha o’kuv materialini o’zlashtiradi. O’qituvchi bilan o’quvchilar o’rtasida mustahkam aloqa o’rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o’zida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi. Bunda:
ta`lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati tashkillashadi, bu esa o’quv-bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani, kommunikativlikni shakllantirishga ko’maklashadi;
Har bir ta`lim oluvchining potensial imkoniyatlarini rivojlanishi va amalga oshirilishi ta`minlanadi;
O’quvchilarning bilimi o’zaro hamkorlikda boyiydi, hamkorlikda muammolar yechiladi;
Guruhda ishlash atrofdagilarga bo’lgan munosabatni o’zgartiradi, «men va ular»dan «biz»ga o’tishni ta`minlaydi va o’zini guruhning bir bo’lagi sifatida his qilish imkonini beradi.
Ta`lim oluvchilarni guruhlarga qay tarzda ajratish kerak?
Belgilari bo’yicha:
ixtiyoriy yoki noformal belgilari bo’yicha tuzilgan aralash guruhli;
o’quv darajasi yutuqlari bo’yicha;
psixologik jihatdan bir-biriga to’g’ri kelishi darajasi bo’yicha.
Soni bo’icha:
2-dan 5 kishigacha- uncha katta bo’lmagan vazifalarni bajarish uchun;
5 -dan 7 kishigacha- murakkab vazifalar uchun.
Vaqt bo’yicha:
Kichik guruhlar belgilangan vazifani bajarish uchun qancha vaqt ajratilgan bo’lsa, shuncha vaqt faoliyat ko’rsatadi.
Guruh sharoitida ishlaydigan birinchi mashg’ulot hal qiluvchi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun bunda quyidagi sharoitlarga rioya qilish muhim:
O’qituvchi guruhni belgilaydi.
Qat`iy rahbarlik qilishi mumkin bo’lgan eng faol va boshqa o’quvchilar haqida o’ylab ko’ring.
Eng zehnli va qobiliyatli o’quvchilardan har bir guruhga kiriting.
Zehni o’tkir bo’lmagan o’quvchilarni ham tanlab, har qaysi guruhga kiriting.
Rahbarni guruh bilan oldindan uchrashtiring va ularning vazifasini tushuntiring.
Guruh vazifasini va rahbar vazifasini tushuntiring.
Har bir guruh doira shaklida o’tirsin. Bir-birisini ko’rib tursin.
Ish vaqtida har bir guruh atrofida yuring.
Muhokama oxirida o’z kuzatuvingizni, ayniqsa, har bir guruhdagi yaxshi g’oyaga e`tiborni qaratib, gapirib bering.
Guruh sharoitida ishlashda va tanqidiy fikrlashga o’rgatishda turli interfaol usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Shunday usullardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |