Ta`lim usullarining samaradorligi
Verbal (og’zaki) o’quv usullaridan foydalanilganda (ma`ruza, hikoya, tushuntirish) o’quvchilar ma`lumotning 5% ini eslab qolishadi. o’qish ma`lumotning 10% ini saqlab qolishga imkon beradi, videofilm, rasm, ko’rgazmali qurollarni ko’rish, ko’rgan ma`lumotlarni 20% ini o’zlashtirishni ta`minlaydi.
Loyihalash usuli va ishbilarmonlik o’yini eng samarali hisoblanadi, buning natijasida o’quvchilar ongida ma`lumotning 75% i saqlanib qoladi. O’quv-amaliy mashg’ulotlarning o’quvchilar tomonidan olib borilishi undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90% ma`lumot o’zlashtiriladi. Buni qo’yidagi o’qitish piramidasida qo’rishimiz mumkin:
O’qitish piramidasi1
1. Ma`ruza, doklad Eshitganimizning 5%
2. O’qish O’qiganimimzning 10%
3. Video, rasm, ko’rgazmalarni ko’rish Ko’rganimizning 20%
4. Tajribani namoyish qilish Ko’rgan va eshitganimizning 30%
5. Munozara Birga muhokama qilganimiz ning 40 %
6. Mashq O’qigan,yozgan,gapirganlarimizning 50%.
7. Ishbilarmonlik o’yini, loyiha Mustaqil o’qiganlarimizning, tahlil qilganlarimizning, muhokama, himoya, yozganlarimiz va namoyish qilganlarimizning 75 %.
9. Boshqalarni o’qitish Boshqalarni o’qitgan narsalarimizning 90% ini.
Buni quyidagi chizmada tasvirlash mumkin:
1 (5%)
2 (10%)
3 (20%)
4 (30%)
5 (40%)
6 (50%)
7 (75%)
8 (90%)
Axborotni eslab qolish
Texnologik jarayonda ta`lim metodlarining quyidagi tizimi qo’llaniladi:
Mеtоdlаr
Mаruzа, hikоya,
Tushuntirish
nаmоyish,
illyustratsiya, vidеоusul
Kitоb bilаn ishlаsh, lаbоrаtоri-ya, mаshq
O’quv suhbаti, dаvrа suhbаti , bаhs,
Аqliy hujum,
Ishbilаrmоnlik rоlli o’yin, pinbоrd
Muаmmоli tоpshiriq, Individuаl (аmаliy),
Lоyihаviy.
9- MAVZU: GURUH SHAROITIDA O’QITISHDA TANQIDIY FIKRLASH USULLARIDAN FOYDALANISH.
R e j a:
Tanqidiy fikrlash va uning mohiyati.
Kichik guruhlarni tashkil etish va ular bilan ishlash.
Ta`lim jarayonida «aqliy hujum» usllarini qo’llash.
«Pinbord», «Klaster», «Sinkveyn», «Insert» va boshqa innovatsion metodlar haqida tushuncha.
«Tanqidiy fikrlash» atamasidan pedagogik muhitda bir necha o’ yillardan beri foydalanib kelinadi va turli pedagoglar bu tushunchani turlicha tushunadi. Ko’pchilik uchun tanqidiy fikrlash «yuqori tartibdagi» fikrlashni bildiradi - yuqori degani shu ma`nodaki, u Benjamin Blum tizimiga ko’ra o’rganish qobiliyatlarining so’nggi oliy pog’onasida turadi. Falsafiy jihatdan tanqidiy fikrlash deganda, odatda mantiqiy fikrlash va isbotlash ko’nikmalari tushuniladi, uning yordamida talabalar diqqat bilan o’qish, chuqur munozaralar yuritish va yozuvda o’z fikrlarini aniq va o’ylab ifoda etish imkoniga ega bo’ladilar.
O’YOTF (SOROS) loyihasida ta`kidlanganidek: «Odam tanqidiy fikrlar ekan, u yoki bu g’oyalar bilan tanishadi, ularni amalga oshirishdagi mumkin bo’lgan oqibatlarni ham e`tiborga oladi. Bunda odam bu G’oyalarni dastlab ma`lum darajadagi ishonchsizlik bilan idrok qiladi va qarama-qarshi nuqtai-nazarlar bilan taqqoslaydi. Ularni asoslash uchun qo’shimcha mulohazalar tizimidan foydalanadi va bular asosida o’z nui-nazarini ishlab chiqadi». Tanqidiy fikrlash g’oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg’unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir. Bu faol va interaktiv bilishning bir necha darajalarida bir vaqtda ro’y beradigan jarayon ham bo’lib hisoblanadi. Tanqidiy fikr egasiga hiyla-nayranglar kamroq ta`sir qiladi, o’zining shaxsiy qarashlar tizimi bo’lgani uchun ular turli xavf-xatardan holi bo’ladilar.
I.G.Agapov aytishicha tanqidiy fikrlash- o’quvchilarda matn bilan ishlash malakasini rivojlantirish, og’zaki va yozma nutqning barcha ko’rinishlarini egallash, muayyan matn bo’yicha tengdoshlari bilan fikr almashuv (muloqat malakalari, guruh bilan ishlash malakalari) ga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyadir.
Tanqidiy fikrlashga o’rgatish Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bayon etilgan yuqori umumiy va kasbiy madaniyatli, ijtimoiy faol, hayotda mustaqil ravishda o’z o’rnini topa oladigan kadrlarning yangi avlodini shakllantirish vazifasini hal qilishga ham to’la mos keladi.
Tanqidiy fikrlash quyidagilarni nazarda tutadi:
Birinchidan, tanqidiy fikrlash- bu mustaqil fikrlashdir. Bunda har bir kishi boshqalarnikidan mustasno holda o’zining g’oyasi, baholashi va ishonchlariga ega bo’ladi.
Ikkinchidan, axborot tanqidiy fikrlashning natijasi emas, balki uning boshlanishidir. Bilim odamni tanqidiy fikrlashga undovchi motiv bo’lib hisoblanadi.
Uchinchidan, tanqidiy fikrlash, savolning qo’yilishi va hal qilinishi zarur bo’lgan muammoni aniqlashdan boshlanadi. Insoniyat o’z mohiyatiga ko’ra qiziquvchandir, u biror yangilikni sezar ekan, albatta uning mohiyatini bilishni istaydi.
To’rtinchidan, tanqidiy fikrlash ishonchli dalillarga intiladi. Tanqidiy fikrlovchi kishi muammoning o’z shaxsiy yechimini topadi va bu qarorni oqilona, asosli dalillar bilan mkstahkamlaydi. U boshqa qarorlar bo’lishi mumkinligini ham tan oladi, lekin o’zi tanlagan qaror boshqalarga nisbatan eng mantiqiy va oqilona ekanligini isbotlashga harakat qiladi.
Beshinchidan, tanqidiy fikrlash- ijtimoiy fikrlashdir. Har qanday fikr boshqalar bilan o’rtoqlashilganda, bahslashuvda, muhokamada, boshqalar bilan fikr almashganda o’tkirlashadi va chuqurlashadi.
Tanqidiy fikrlashning asosini quyidagi uch faza tashkil qiladi: da`vat (chaqiriq), anglash, mulohaza ( fikrlash).
Do'stlaringiz bilan baham: |