2.4. O`quvchilarni o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga
yo`naltirish hamda tavsiyanomalarni berish.
Xalq ta`limi muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish
bo`limlari o`quvchilarni kasbga yo`naltirish pedagogik-psixologik diagnostikasini
metodik ta`minlash kichik guruhlari
,
o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish
ishlari samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:
Umumiy o`rta ta`lim muassasalari ta`lim olayotgan 9-sinf bitiruvchilarining
qiziqishi, qobiliyati va moyilligi o`quv yili davomida kasbiy, psixologik-pedagogik
tashxis metodikalari natijalari hamda o`quvchida namoyon bo`lgan qiziqish va
moyilliklarning yo`nalishi ota-onalar, sinf rahbari va o`qituvchilar bilan
o`tkazilgan suhbatlar asosida aniqlanadi.
O`quv yilining yakunida o`tkaziladigan yig`ilishda komissiya mazkur
masalani ko`rib chiqadi, atroflicha muhokama etib, har bir o`quvchiga o`rta
maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasining tayyorlov yo`nalishlari bo`yicha
o`qishni davom ettirishi yuzasidan qaror qabul qiladi.
Komissiyaning xulosa va tavsiyalari “Tashxis xaritasi”ga yoziladi va
“Tashxis xaritasi”ga komissiya raisi va a`zolari imzo va muhr qo`yib
yakunlaydilar. Komissiyaning tavsiya va xulosalari “Tavsiyanoma”ga ham
ko`chirib yoziladi.
Komissiya yig`ilish bayonlari, qarorlar rasmiylashtirilib, komissiya
hujjatlarining yig`ma jildiga tikiladi, maktab amaliyotchi psixologi yoki kasb-
hunarga yo`naltiruvchisi komissiya kotibi etib tayinlanadi va komissiya ishining
asosiy hujjatlarini yuritadi hamda har bir yig`ilish bayonlarini yozib boradi.
(1-
ilova)
Tavsiyanomalar to`ldirish va taqdim etish muddatlari har yilning
1 iyunidan 20 iyunigacha qilib belgilanadi. Hududiy kamissiyalar ushbu muddatda
bitiruvchilarga beriladigan tavsiyanomalarni xatosiz va o`ta talabchanlik asosida
to`ldirishlari va alohida jurnalga qayd etilib, barcha imzolar bilan taqdim etishga
tayyor holga keltirishlari lozim.
Tavsiyanomalarni qayta to`ldirish va buzilgan tavsiyanoma o`rniga yangi
nusxasini berish davlat hujjatlarini berish tartibi asosida amalga oshiriladi.
9-sinf o`quvchilariga “Tavsiyanoma” lar berish to`g`risidagi komissiya
qarori, “Tashxis xaritasi”dagi xulosa va tavsiyalar, “Tavsiyanomalar berilishini
qayd etib borish daftari”dagi yo`nalish va “Tavsiyanoma”da yozilgan yo`nalishlar
bir xil bo`lishi kerak.
(2-ilova)
Mazkur yo`nalishlarni ham barcha amaliyotchi psixologlar bilmaydi,
natijada noto`g`ri yo`nalish ya`ni kasb-hunar kollejlari nomi va bu yerdagi
yo`nalishlarni yozib qo`yishadi. Masalan, amaliyotchi psixologlar 9-sinf
o`quvchilarining “Tavsiyanoma”siga “Kompyuter”, “Boshlang`ich ta`lim”,
“Tikuvchilik”, “Agronom”, “Jismoniy tarbiya” kabi noto`g`ri yo`nalishlarni yozish
hollari uchramoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |