Bolalar uylarida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish
Bolalar uylari yosh alomatlariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalar uylari,
maktab o’quvchilari bolalar uylari va turli yoshdagi bolalar uchun bolalar uylariga
bo’linishi mumkin.
Bolalar uylarining asosiy
vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. Bolaning normal rivojlanishini ta’minlab beruvchi qulay sharoitlar yaratib berish;
2. Bolalar sog’ligini saqlash;
3. Bolaning ijtimoiy himoyasini tibbiy pedagogik va ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlash;
6. Tarbiyachilar huquq va manfaatlarini himoya qilish;
7. Bolalarning ta’lim dasturlarini o’zlashtirishi hamda shaxs, jamiyat, davlat manfaati
yo’lida yetarli ta’lim olish;
8. Tarbiyalanuvchilarning umumiy madaniyati, hayotga adaptatsiyasini shakllantirish:
9. Tarbiyalanuvchilarning o’z-o’zini rivojlantirish va belgilab olishehtiyojlarini
shakllantirish.
Yetim bolalarni qaramoqqa olish uchun maxsus muassasalar, yyetimxonalar
mavjud. yyetimxona faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, bu muassasa ota-ona
qaramog’isiz qolgan bolalarning vaqtinchalik yashash joyidir. Ushbu muassasaning
240
maqsadi qiyin hayotiy vaziyatlarda qolib ketgan bolalarni vaqtinchalik yashash joyi bilan
ta’minlash va keyinchalik ularni ijtimoiy institularga joylashtirish.
Mamlakatda ijtimoiy iqtisoiy vaziyatning o’zgarishi bu muassasalarning ko’pgina
muammolari-bolalar ta’lim-tarbiyasi, adaptiv reabilitatsion muammolarni hal qilishga
yangi yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi.
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar tarbiyalanayotgan davlat qaramog’i
muassasalari faoliyatining asosiy maqsadi bu muassasalardagi bolalarning ijtimoiy
himoyasini ta’minlash, tibbiy reabilitatsion xarakterdagi chora-tadbirlarni amalga
oshirish, bolalarga ta’lim berishni tashkillashtirishdir.
Bolalar uyi davlat qaramog’idagi bolalarning eng tipik muassasasi hisoblanadi.
Tarbiyalanuvchilarda
keng
qamrovli
ijtimoiy,
tibbiy,
psixologik,
pedagogik
muammolarning borligi tufayli bolalar uyida ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish
zaruriyati tug’iladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun
kattalar tomonidan e’tibor qaratilmasligi
jiddiy muammo hisoblanadi. Ularda kattalar bilan hamkorlik qililshga intilish yetarli
rivojlanmagan. Bolalarnikattalar bilan muloqatga kirishishiga undovchi sabab shuki
ularni katta odamning o’zi jalb qiladi, bolalar kattalar takliflarini bajonidil qabul
qilishadi. Bu aloqalarning barchasi kattalrning e’tiborini tortishga qaratilgan bo’ladi.
Oilalarda yashovchi bolalar va bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida ayniqsa
shaxsiy muloqat borasida katta farqlarni kuzatsak bo’ladi. Buning sababi-bolalar uyida
bola bilan kattalarning muloqot qilishi oiladagidan kamroqdir. Bolalar uyida bolaga
kattalar kamroq e’tibor qaratishadi, aniqrog’i ularning e’tiborlari bir guruh bolalarga
qaratilgan bo’ladi. Bolalar uyidagi kattalar o’zgarib turishadi, oilada esa buning aksi
kuzatiladi. Va nihoyat bolalar uyidagi bolalar va kattalar muloqatining emotsional boyligi
darajasi oilanikidan pastdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalar tarbiyachilari uchun
bolalar uyidagi kundalik
faoliyati, u yerda yashash rejimini bajarish bilan bevosita bog’liq sabablar yorqin
namoyon bo’lishi xosdir. Bu yoshdagi bolalarning oiladagi sabablari esa ancha
sermahsuldir.
Mativatsion sahaning bunday cheklanganligi bolalar uyida bolalarning yashash sharoitlari
va ularning kattalar bilan yetarli muloqat qilmasliklariga bog’liq. Bu jihat turli nizoli
vaziyatlarda ayniqsa yorqin ifodasini topadi: kattalar va bolalar manfaatlarining
to’qnashuvi, tengdoshlari tomonidan ayblanishi, bolani kattalar va tengdoshlari
tomonidan tushunilmasligi va hokazo.
Bu holatda tarbiyalanuvchining xarakteri o’z agressivligi bilan ajralishi mumkin.
SHunday qilib olimlar bolalar uylari tarbiyalanuvchi shaxsiyatining aqliy, xulq-atvor va
ehtiyoj sohasini aniqlashdi.
O’smirlik yoshida
bu sabablar o’smirning tengdoshlari orasida o’rnini topishga,
o’z “men”ining rivojlanishiga muayyan qiyinchiliklar tug’diradi.
Bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining aqliy, xulq-atvor va mativatsion tavsiflariga
bola sog’ligi bilan bog’liq muammolar ham qo’shiladi. Aslida bolalar uylarida to’liq
sog’-salomat bolaning o’zi yo’q-aksar bolalar yuqumli kasalliklarga ega. Ular orasida
nogironlar ham uchrab turadi. Bolalar uylari tarbiyalanuvchilariga taksikomaniya,
narkomaniya kabi holatlar xosdir.
Bolalar uylarida ijtimoiy pedagog boshqa mutaxassislar-tarbiyachilar, psixologlar,
shifokorlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi. ijtimoiy pedagog faoliyatining
maqsadi-bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvidir. Bu maqsad quyidagi
faoliyat turlarida amalga oshiriladi:
241
Do'stlaringiz bilan baham: |