O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Go’daklar uyida bolalarning  ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonida



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/342
Sana15.01.2022
Hajmi3,66 Mb.
#368132
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   342
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Go’daklar uyida bolalarning  ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonida 
 ijtimoiy pedagogning o’rni
 
Bola  hayotining  ilk  yillarida  unda  u  o’sib-rivojlanayotgan  mikro  ijtimoiy  muhit 
talablarini  aks  etuvchi    ijtimoiy  yurish-turishning  muayyan  turi  shakllanadi.  Mikro 
ijtimoiy  muhitning  o’zgarishi  yurish-turishning  o’zgarishini  ham  keltirib  chiqaradi.  Bu 
esa  yoshlik  davrida  anchagina  mushkul  vazifa  bo’lib  odatda  adaptatsion  sindrom 
rivojlanishiga olib keladi. 
Go’daklar  uyida  bolalar  doimo  bolalar  muassasasining  mikro  ijtimoiy  muhitida 
bo’lishadi  va  bu  muhit  ular  uchun    ijtimoiy  yurish-turishni  shakllanishining  asosi 
hisoblanadi.  Bu  sharoitlarda  bolalar  oiladagidan  barvaqtroq  tengdoshlari  bilan 
muomalaga ko’nikishadi, kattalar bilan aloqalarga kirishishadi. 
Bolalar  uyida  go’dak    ijtimoiy  yurish-turishning  stereotipini  o’zgartirish  zarurati 
haqida gapirganda uch asosiy holatni nazarda tutish lozim: 
1.
 
Bola hayotining ilk oylarida shifoxonadan to’g’ri go’daklar uyiga o’tkaziladi. 
2.
 
Bola yoshiga qarab boshqa guruhga o’tkaziladi. 


 
237 
3.
 
Bola  bolalikka  olinadi  yoki  bolalar  uyiga  topshiriladi.  Albatta  kam  uchraydigan 
holatlar  ham  bo’lishi  mumkin.  Masalan,  bola  go’daklar  uyiga  to’g’ri  oilasidan  kelib 
tushadi yoki onasi uni go’daklar uyiga tashlab ketadi, barcha sanab o’tilgan holatlar o’z 
xususiyatiga  egalar,  u  yoki  bu  darajada  adaptatsion  sindromni  keltirib  chiqarishadi. 
SHuning uchun biz ularga batafsil to’xtalamiz. 
 
Adaptatsiya
  atamasi  “ko’nikish”  degan  ma’noni  bildiradi.  Barcha  tipik 
mavjudotlarning muayyan iqlim, hududda rivojlanishiga ko’nikish xususiyati. 
Evalyutsiyaning  darajasi  qanchalik  yuqori  bo’lsa,  organizmning  evalyutsion 
imkoniyatlari ham shuncha yuqori bo’ladi. 
Insonning  boshqa  tipik  mavjudotlardan  farqi  uning    ijtimoiy  muhitda  mavjud 
bo’lishidir. Inson uchun  ijtimoiy muhit boshqa sharoitlar (iqlim, harorat, ovqatlanish va 
boshqalar) kabi ob’ektiv ta’sir omili hisoblanadi. 
Insonning  kelgusidagi  o’zgarishlarga  oldindan  tayyorgarlik  ko’rishi,  o’zgargan  
ijtimoiy  sharoitlar  munosabati  bilan  brish-turishni  qayta  qurish    ijtimoiy  adaptatsiya 
deyiladi.  Muayyan  mikro  ijtimoiy  muhitda  (ish,  oila  va  boshqalar)  insonda  u  yoki  bu  
ijtimoiy sharoitlarga adekvat yurish-turish jihatlari paydo bo’ladi.  ijtimoiy adaptatsiyada 
eng muhim rolni miya po’stlog’i bajaradi. 
 ijtimoiy  adaptatsiyadagiruhiy  faoliyatning  kuchayib  ketishi  yoki  odatiy  yurish-
turish  shakllarini  o’zgartirish  zaruriyati  yuzaga  kelgan  qizg’inlik  sabablari  hisoblanadi.  
ijtimoiy  adaptatsiyaning  muvaffaqiyatli  kechishi  uchun  markaziy  nerv  tizimi 
hujayralarining chidamlilik darajasi, nerv jarayonlarining kuchi muhim ahamiyatga ega. 
 ijtimoiy  adaptatsiya  imkoniyatlari  faqatgina  tug’ilgandan  so’ng  rivojlanadi,  oliy 
nerv faoliyati  tizimi rivojidan ajralmas hisoblanadi. 
Bola  dunyoga  kelgach  inson  tomonidan  yaratilgan  muhitga  tushadi.  Kattalarning 
ta’siri  va  shaxsiy  faoliyat  natijasiga  bolada  shu  muhitga  mos  tushuvchi  yurish-turish 
reaksiyalari  paydo  bo’ladi.  Turli  yosh  davrlarida  bolalar  va  o’smirlar  mikro  ijtimoiy 
muhit o’zgarishlariga duchor kelishadi va bu o’zgarishlar ularning yurish-turishiga ta’sir 
ko’rsatadi. 
 ijtimoiy  pedagogning  bolalar  uyidagi  faoliyati  bolani  ijtimoiy  munosabatlarga 
qo’shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, isnoniy munosabatlarga kirishish 
qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.  ijtimoiy pedagog go’daklar uyi 
tarbiyachilari  va  boshqa  xodimlari  bilan  yaqin  hamkorlik  yuritib,  bolalarda    ijtimoiy 
adaptatsiya qobiliyatini rivojlantirishning metodlarini bilishi lozim. 
Go’daklar  uylarida  tarbiyalanayotgan  bolalar  o’z  adaptatsion  mexanizmlari  bilan 
mashg’ulot  o’tkazish  uchun  kamroq  imkoniyatlarga  egalar,  demak  ularda    ijtimoiy 
ko’nikish  darajasi  ham  ancha  past.  SHuning  uchun  o’zgargan  sharoitlarga  o’tish  ular 
uchun  qiyin  omil  hisoblanadi.  Ustiga  ustak  go’daklar  uyi  bolalari  og’irlashgan  biologik 
va    ijtimoiy  anamnezga  egalar,  ularning  rivojlanishi  va  sog’ligi  ko’rsatkichlari  ham 
doimo optimal emas. Bu jihatlar ham markaziy nerv tizimi ishchanligini tushiradi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar funksional tizimning  ko’pgina tarkibiy qismlarining 
xomligi  xarakterli  bo’lib,  bu  ularda  adaptatsion  mexanizmlar  tizimida  qizg’inlik 
holatlarini tez paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Go’daklar uylari bolalari esa ruhiy stress 
holatiga juda oson tushishadi. 
Adaptatsiyaning  barcha  shakllarini  o’rganish  bolaning  yangi  muhit  sharoitlariga 
ko’nikishi  bosqichlarini,  shuningdek  adaptatsion  bosqichning  murakkabligi  darajasini 
belgilovchi omillarni aniqlash imkonini berdi. 
Ko’nikish bosqichlari: 


 
238 
1.  Keskin  davr  yoki  dezadaptatsiya  bosqichi.  Bu  bosqichda  yangi  mikroijtimoiy  muhit 
talablari  va  odatiy  yurish-turish  stereotiplpri  o’rtasida  kelishmovchilik  mavjud  bo’ladi. 
Bu vaqtda ayniqsa yurish-turish parametrlarida-kattalar bilan munosabatlar, nutq faolligi, 
o’yinlarda  o’zgarishlar  ko’p  bo’ladi.  SHuningdek,  tana  og’irligining  kamayishi, 
infeksiyalarga qarshilik ko’rsatishning pasayishi kabi hodisalar ham kuzatiladi. 
2.  Adaptatsiyaning  o’zi.  Bunda  bola  yangi  muhitni  faol  o’zlashtirib  unga  mos  keluvchi 
yurish-turish shakllarini ishlab chiqadi. Bu davrda turli tizimlardagi chetga chiqishlarning 
kamayishi kuzatiladi. Hammadan tez ishtaha (15 kun) normallashadi, uyqu va emotsional 
holat vaqti cho’ziladi. O’yin va nutq faoliyati esa hammasidan keyin o’z o’rniga qaytadi 
(60 kungacha). 
3. Kompensatsiya davri. Bunda organizm faoliyati to’liq normallashadi. 
Birinchi  va  ikkinchi  bosqichlarning  xarakter  va  xususiyatlariadaptatsiyani  murakkabligi 
bo’yicha tasniflash imkonini beradi. 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   342




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish