200
mumkin bo’lgan hislatlar kiradi. YAkuniy maqsad shundaki shaxsning axloqiy
shakllanishi umuminsoniy qadriyatlar bilan birga kechishi kerak.
O’zbek xalqiga o’ziga xos etnik muhit xosdir. Bunday muhitda bolalar yoshligidan
o’z ona (milliy) tillarining va unda aksini topgan ertaklar, afsonalar, rivoyatlar, maqollar,
ashulalar, ideallarning ta’siriga duchor bo’ladilar. Bolalar asta-sekin milliy an’analar, urf-
odatlarning aniq me’yorlariga ko’nikishadi. O’quvchilarda milliy tarixni, adabiyotni
o’rganisha va ona tillarida turli ma’lumotlar olish orqali o’smirlik yoshida o’z
mansubligini va etnik umummiylikni anglash ro’y beradi..
Etnomadaniy sharoitlarning ijtimoiylashuviga ta’lim mentalitet (bu tushuncha XX
asr boshida fransuz olimi L.Levi Bryul tomonidan fanga kiritilgan) darajasida namoyon
bo’ladi. Mentalitetning tarqalishi xalq tushunchasidan xoli bo’lmaydi. Etnos-bu tarixan
bir hududda shakllangan, til, madaniyat, ruhiyatning umumiy, nisbatan barqaror
xususiyatlariga ega, shuningdek esa boshqa shunaqa tuzilmalardan o’z-o’zini anglashi
bilan ajralib turuvchi odamlar majmuasidir. Etnos (xalq)ga mansublik tug’ilishdanoq
bo’lmay, ijtimoiylashuv, shaxsning muayyan madaniy sohadagi shakllanishi, bolaning
axloqiy steriotiplarni o’zlashtirish darajasiga qarab bo’ladi. Etnosning muhim
hususiyatlaridan biri etnik o’z-o’zini anglashning mavjudligidir. Psixologiya nuqtai
nazaridan etnosni boshqa etnoslardan ajratib turuvchi xususiyatlar orasida (til, qadriyat,
me’yor, din, ilmiy xarakter, san’at)ni shu etnosning a’zosi deb hisoblanadigan
kishilarning mavjudligi bo’yicha aniqlasa bo’ladi.
Etnos insonlarning ijtimoiy-pedagogik birligi sifatida har bir inson uchun muhim
vazifalarni bajarishi mumkin: himoya qilish, nafaqat ijtimoiy, balki jismoniy o’zini his
qilishi uchun. Etnik jamiyat vaqtda muqimdir, uning tarkibi barqarordir. Inson etnik
maqomga ega va uni etnosdan ajratib bo’lmaydi. SHu xususiyatlar uchun etnos inson
uchun qo’llab-quvvatlash guruhi hisoblanadi.
Mentallik insonning olam, o’zining bu olamda tutgan o’rni haqidagi tasavvurlari
asosida yetgan obrazlar tizimidir, ya’ni mentallik etnik guruhga u yoki bu davrga xos
bo’lgan o’ziga yarasha dunyoqarashdir.
“Mentalitet” kategoriyasi gumanitar fanlarda an’analar va madaniyat orqali aniqlab
beriluvchi ommaviy dunyoqarashning tarkiblarini ifodalash uchun ishlatilmoqda.
Mentalitetning turli ta’riflari mavjud. Mentalitet bu anglanmagan darajadagi jamoa
tasavvurlari majmuasi bo’lib, muayyan tabiiy-iqlimiy va tarixiy- madaniy sharoitlarda
shakllangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: