Tayanch soz va iboralar: tipologiya, davlatshunoslik, davlat turi, iqtisodiy faol
aholi, yalpi ichki mahsulot, geografik o`rin.
Dunyo mamlakatlarini turli belgilariga ko’ra guruhlashtirish. Tipolo- giyaning mazmuni va ahamiyati. Hozirgi kunda dunyoda o`z-o`zini boshqaradigan mustaqil odamlar jamiyati, aniq hududga ega bo`lgan va xalqaro huquqda de-yuro va de-fato subyektlari deb tan olingan 230 ga yaqin mamlakat mavjud. Ulardan 195 tasi BMT a’zolari (2 tasi Vatikan va Falastin davlati kuzatuvchi maqomiga ega) hisoblanishadi. Bu yer makrokosmosining birinchi tarkibiy qismlari - maydoni, aholi soni, etnik va milliy tarkibi, iqtisodiy va madaniy taraqqiyot darajasi, xalqaro mehnat taqsimot va umuman xalqaro munosabatlardagi o`rni bo`yicha farqlanadi.
Hech bir ilm yo’nalishi oz izlanish obyektlarini har tomonlama o`rganib, uning qismlari orasida aloqa va bog`liqlikni o`tnatmaguncha ilmiy darajaga yeta olmaydi. Eski davrlardan beri ma’lum zoologiya va botanika ilmi faqatgina Karl Linneyning hayvonot va o’simlik olamidagi hamma bilimlarni umumlashtirib va tizimlashtirganidan keyingina ilm darajasiga ko’tarildi. Alkimyo fani ham haqiqiy kimyo ilmi darajasiga Mendeleyevning davriy jadvalni kashf etgandan keyin yetdi.
Davlatshunoslik - qadimiy fanlardan biri, u yer sharida davlatlaming paydo bo`lishi va rivojlanishi, ulaming ichki tuzumi qonuniyatlarini, odamlarning tabiat bilan aloqasi haqida ulkan materiallarni ancha davrdan beri to`plab kelmoqda. Ko’pgina davlatshunos-geograflar, iqtisodchilar, siyosatshunoslar necha yillardan beri dunyo davlatlarini tizmlashtirish ustida ish olib borishmoqda. Ammo tan olish kerakki, shu paytgacha davlatshunoslik fani haligacha dunyo davlatlarini tizimlashda aniq bir, hamma tomondan tan olingan “tur" tarkibi yo`q. Bu orqada qolishni quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin: 1) biz o`rganayotgan fanning obyekti boshqa jonli va jonsiz tabiat obyektlariga qaraganda ancha o`zgaruvchan va jamiyat faoliyatining mevasidir. 2) bu xildagi o zgarishlar “nima yaxshi va nima yomon” savoliga javob berish uchun izlanishlami qiyinlashtiradi.
Davlatshunoslar ishlayotgan davlatda partiya, g’oyalar almashishi davlatlarni guruhlarga bo`lishda subyektiv qismlarni qo’sha olmaydi va albatta ularning bahsli bo`lishi boshqa go`ya izdoshlari uchun nomaqul. O’ylash mumkinki, davlat tiplogiyasida aniq bir tizimning yo`q bo`lish muammosi tez kunda yechiladi. Hamma mavjud bo`lgan subyektiv va albatta konyuktiv yo`nalishlar o`rqali dunyo davlatlari tipologiyasida aniq bir obyektiv tizim paydo boladi.
Davlat turlari - dunyo tarixining shu bosqichida uning roli va o`rnini aniqlaydigan nisbiy-turgan kompleks. Davlat turlari - davlatning ko`rsatkichlari yig`indisi bo`lib, uning boshqa davlatlar bilan o’xshash yoki farqli tomonlarini aniqlab beradi. Davlat turlarining mavjudligi kapitalizmning notekis rivojidan dalolat beradi. Kapitalizm rivojlangan davlatda har xil tezlik va uslubda o`tadi. Tur paydo bo`lish jarayoni millat shakllanishi bilan bir vaqtda boradi. Davlat turi haqida faqat kapitalizm yuqori cho`qqiga yetib, hukmron iqtisodiy tizim paydo bo`lgandan keyingina gapirish mumkin. Davlat turi o`zgarishi bu uning dunyoviy rivojidagi bosqichining o`zgarish mevasi yoki ichki revolyutsiyalar ta`siri. Chunki ular ishlab chiqarish usuli va mulkchilik turlari o zgarishiga olib keladi. Ba`zilar davlat turi faqat bir mezon asosida-kapitalizm rivojiga asoslanib ayirish kerak deb o`ylashadi.
Davlat turi - bu davlatning darajalar jadvalidagi tutgan o`rni emas, shuningdek ikkinchi darajali guruh, masalan - jon boshiga Yalpi ichki mahsulotning ko`rsatkichi ham emas (davlatni bunday darajalashtirish YUNKTAD va Jahon banki doirasida qabul qilingan). Ma`lum bir ko`rsatkich bo`yicha davlatlarni darajalashtirish bevosita o`ziga xos ma’noga ega va qiziqish uyg`otadi. Nisbatan ko`proq yoki ozroq tamoyili bo`yicha har qanday statistik holatni guruhlarga ajratish, tabiiyki, subyektiv va ishonarsiz bo`ladi. (500 $ atrofida - bir guruh va 500 $dan yuqori).
Davlatlarni darajalashtirishda ko`rsatkichlarnmg integratsiya yo`li bilan mukammal- lashtirish, davlatning o`ziga xos xususiyatlarining yuqolishiga, bir-biriga umuman o`xshamagan davlatlarni bir qatorga tizilishiga olib keladi. Haqiqiy turlashtirish ko`rsatkichlarning maksimum differensiatsiyasini va noyob birikmalarini topishni talab qiladi. Tadqiqotchining vazifasi shu davlatning boshqa davlatlar bilan o`xshash. farqli va solishtirmali tomonlarini izlash, topish va ayirib berish. Bunda faqat namunali belgilar bilan cheklanib qolmasdan. Balki bu belgilar nima evaziga mavjudligini ham isbotlab berish kerak. Masalan, biz yuqori darajali tashqi iqtisodiyoti bilan ajralib turadigan davlatlarni ko`rib chiqsak, bunda biz avvalambor bu ko`rsatkich nima evaziga amalga oshgani, ishlab chiqarish rivoji, keltirilgan xom-ashyoning qayta ishlanishi, tovar reeksporti ishchi kuchi eksporti va h.k. etiborga olinishi lozim. Bu holatda davlatlarni kichik turlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Davlat turidan uning iqtisodiy rivojlanish modelini ayirib bilish кегак. Model yaqin kelajak maqsadlar bilan bog’liq bo`lib, hukmron guruh o`zgarishi bilan u ham o`zgaradi. Model - tur evolyutsiyasini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin, lekin unga bog`liq emas. Hozirgi kunda monetaristik, neoliberal modeli rivojlangan va sobiq Ittifoq davlatlarida qabul qilinmoqda. Davlatlarni turlashtirishda bu biz iqtisodiy modellarga ko`p duch kelamiz, lekin ularni chuqur o`rganib chiqish iqtisodchilar, programmistlar vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |