O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi «jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»


Rivojlangan mamlakatlar, ularning jahon taraqqiyotidagi ahamiyati va o’rni



Download 3,55 Mb.
bet12/172
Sana31.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#213208
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   172
Bog'liq
2 5317052362920036734

Rivojlangan mamlakatlar, ularning jahon taraqqiyotidagi ahamiyati va o’rni. Yer yuzidagi hamma davlatlarni xalqaro xo`jalik tizimi va xalqaro munosabatlardagi o`riniga qarab 3 turga bo`lish mumkin: 1. Iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan davlatlar. 2. Rivojlangan davlatlar. 3. Iqtisodiy zaif rivojlangan yoki BMT nomlashi bo`yicha rivojlanayotgan davlatlar.

1. Iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan davlatlar - tаrkibigа 20 dan ortiq mamlakatlar kirаdi. Bu guruh tаrkibidа sаnоаti rivоjlаngаn yalpi ichki mаhsulоt (YAIM) hаjmi kаttа bo`lgаn iqtisоdiy rivоjlаngаn bоzоr iqtisоdiyoti mаmlаkаtlаri (Katta yettilik) – AQSH, Yaponiya, Gеrmаniya, Itаliya, Buyuk Britаniya, Frаnsiya, Kаnаdа, Yevrоpа Ittifоqi (ЕI) davlatlari – Belgiya, Dаniya, Niderlandiya, Irlаndiya, Ispаniya, Lyuksеmburg, Pоrtugаliya, Shvеtsiya, Finlyandiya, Аvstriya, (Yevrоpа erkin sаvdо аssоtsiаtsiyasi) Islаndiya, Liхtеnshtеyn, Nоrvеgiya, Shvеytsаriya kabi davlatlar mаvjud. Bu davlatlar ning hammasi postindustrial rivojlanish davridan otgan: qishloq xo’jaligining YalMda ulushi juda kam (2-5 foiz), xizmat ko’rsatish ulushi esa 60-70 foiz. Tashqi iqtisodiy aloqalarda diversifikatsiyaga ega. Bu guruhda bir necha o`nlik davlat bo`lishiga qaramay, aholining 1/6 qismi, ishlab chiqarish eksportining 3/5 qismi, mashina va transport eksportining 90 foiz, investitsiyalarni ko`p qismi ular hisobiga to`g’ri keladi. Bu guruh davlatlarda eng yuqori ijtimoiy ko`rsatkich-minimal bo`la olishi, yoshlarning optimal mosligi, daromadning teng taqsimoti, bir darajadagi qashshoqlikning yo’qligi (faqat JARda). Bu davlatlarning hammasi iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik tashkiloti a’zolaridir (Parij klubi). A’zolarning barchasi esa, neytral davlatlardan tashqari, AQSH boshchiligidagi harbiy bloklarga kiradi. Bu turda 3 asosiy guruhni aytib o`tish mumkin. Asosiy davlatlar AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya. Bular eng rivojlangan davlatlar bo`lib, hamma ko`rsatkichlar bo`yicha yuqori o`rinni egallaydi. Rivojlanayotgan davlatlar ta`siri ostida bu davlatlar o`rni bo`shashgan bo’lsa ham 90-yillar hisobiga ishlab chiqarilgan tovarlarning 2/3 qismi to`g’ri kelardi. Aholi industrializatsiya bo’yicha ham ko`rsatkichlar o’sgan (1920-y. 3,4 dan 1998-y. 6,3 gacha). Bu davlatlar bir-biridan tarixiy xususiyatlari bilan, iqtisodiy kuchi, ishlab chiqarish kuchi rivoji bilan farqlanadi. 500 katta moliyaviy korporatsiyalarning ulishi 4/5, sotuvda esa 90 foiz. Katta oltilik kuchli monopolistik kapitalizm bilan ajralib, u faqat ichki emas, balki tashqi savdoda ham ko`rinadi. Bu davlatlarning hammasi ishlab chiqarishda mustaqillikka ega va faqat eksportyor davlatlar. Ular o`zaro doim dunyoviy hukmronlik uchun kurash olib borishadi. Katta oltilik o`z xalqaro siyosiy institutini tashkil qilgan. Ular o’zaro kelishmovchiliklarni yechish uchun yuqori darajali uchrashuvlar uyushtiradilar. Neytral davlat sifatida bu hamkorlikka Kanada taklif etilgan (u AQSH bilan yaqin iqtisodiy munosabatga ega, Britaniya hamkorligiga a’zo va Yaponiya bilan munosabatlarni kengaytirishga qiziqmoqda). Shuning uchun Kanada kuchli oltilik bilan bir qatorga qo`yiladi. Lekin bu davlat tarixiy xususiyatlari, iqtisodiy rivoj kuchi bilan oltilikdan kuchli farq qiladi. Ma’lumotlarga qaraganda Kanada «klub-500» kapital bilan qatnashishda 5 marta Italiyadan, Shvetsiya, Shveytsariya, Avstriya, Janubiy Koreya kabi davlatlardan ortda qolmoqda. Kuchli oltilik orasida AQSH 1-o’rinni egallaydi. 1995-yili dunyoning eng katta 500 korporatsiyasidan 153 tasi shu davlatga tegishli edi. AQSH dunyo xo`jaligi kapitalida muhim rol o`ynaydi. Ammo AQSH 1944 yil ishlab chiqarilgan tovarlaming 54 foizini tashkil etgan bo`lsa, 1998 yil bu ko`rsatkich 20 foizgacha tushdi. Germaniya 70-y. o’rtalariga qadar ikkinchlikni ushlab, keyin Yaponiyaga bo`shatib berdi. Fransiya o’z koloniyalarini yo`qotganidan keyin o’zini tiklab olib, hozirgi kunda dunyo hamjamiyatida 3-o’rinni egallaydi. Bunaqa mavqega kuchli iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramasdan Italiya ham ega. Aytib o’tish lozimki, Britaniyadagi iqtisodiy regressiya uni 60 yil 3-oringa, 70 yil esa oxirgi o`ringa olib keldi. Oxirgi tendensiyalarga muvofiq xalqaro tizim markazi AQSHdan endi Osiyo davlatlariga ko`chmoqda. Chunki bu davlatlarning ta'siri faqatgina Osiyoda emas, balki Amerikada ham sezilmoqda. Bunday siljishni biz II jahon urushidan keyin, bu markazning AQSHga ko’chishida kuzatgan edik. Bu vaqtda Yaponiya harbiy sohaga kam mablag’ sarflab, asosiy mablag’ini ilmiy, texnikaviy sohalarga sarflab kuchli iqtisodiy rivojlangan davlatga aylandi. Uning hisobiga dunyo tadqiqotining 12 foizi to’g’ri keladi. Elektronika ishlab chiqraishda u AQSHdan o’zib, 1-o’ringa chiqdi. Raqobatlar miqdorida Yaponiyaning ulushi 1996 yil dunyoning 60 foizini tashkil etdi. AQSH ham o’z navbatida, Yaponiyadan qolmaslikka harakat qilmoqda. Ammo uning «Yaponiyaga qarshi» (1984-1992) dasturi kutilgan natijani bermadi, «elektron super xeyvey» dasturi esa iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu ikki iqtisodiy kuchli davlatlarning iqtisodiy osish modellari tubdan farq qiladi. AQSH importga qaramli davlatlardan bo’lib, davlat byudjetida savdo balansi defitsiti (40 foizgacha) mavjud. AQSH o`z defitsitini investitsiyalardan kelgan foyda orqali qoplaydi. Keyingi paytlda davlat ichida ham tashqi investitsiyalar ko’paymoqda. Yaponiya esa turg’un savdo balansiga ega. U har xil siyosiy bahonalar bilan o’z davlat ichkarisiga invesititsiya kirishiga qarshilik qilmoqda. 90-yillar boshida xususiy kapital eksporti bo`yicha bu davlat 1-o`rinni egalladi. 1999-yil Yaponiya quvurlari rezervlari bahosi 1 trln.$ ni tashkil etdi. Dunyodagi 20 katta banklardan 7 tasi shu davlatga tegishli. 1998 yil Yaponiyadagi iqtisodiy inqiroz natijasida dunyo moliyaviy tizimida 1-o’rinni egallab turgan «Bank Tokio-Mitsubisi» o`z o’rnini Amerikalik «Sitigrupga» bo’shatib berdi.

Kapitalizmga o’tish davridagi davlatlar. Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Isroil. Dastlabki 4 davlat Buyuk Britaniyaning ko’chgan koloniyaliari. Ular feodalizm bosqichini boshidan kechirmaganlar. AQSHdan farqli tomoni bu davlatlarda hech qanday inqiloblar ro’y bermadi, kapital munosabatlarga ular immigrantlar ta`siri ostida o`tishdi. Dastlabki 4 davlatda yerni bosib olish aborigenlar bilan qurolli to’qnashuv keyin sodir bo’ldi. JARda ko’p sonli qora tanli aholini bo’ysindirish bilan birga sobiq kolonistlar avlodi - burlar bilan kurash olib borishga to’g’ri keldi. Isroil II jahon urushidan keyin immigrantlar bilan paydo bo’lgan davlat. Bu davlatlarning farqli tomoni garchi bu iqtisodiyot rivojlangan bo’lsa ham, qishloq xo’jaligi ham katta ulushni tashkil etadi.

2. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar. Yevropaning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari – Portugaliya, Gretsiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Bolgariya, Ruminiya, Xorvatiya, Serbiya, Turkiya, Osiyoning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari – BAA, Isroil, Koreya Respublikasi, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Ummon, Singapur; Amerika, Afrika va Okeaniyaning rivojlangan davlatlari Argentina, Antigua va Barbuda, Barbados, Ruerto-Riko, Sent-Kits va Nevis, Chili, Mavrikiy va Seyshel orollari. Bu davlatlarning ba`zilari tarixda siyosiy birinchilikka davogar bo`lgan. Hozirgi kunda bu davlatlarning hech biri iqtisodiy mustaqillikka ega emas. II jahon urushidan keyin Belgiya va Niderlandiya o’zining katta koloniyalaridan mahrum bo`ldi. Yig’ilgan katta kapital, malakali ishchilar, geografik joylashuvining qulayligi yordamida bu davlatlar iqtisodiy rivojlanishning yuqori darajasiga ega bo’lishdi. Bu davlatlarning «klub-500»ga kiradigan korporatsiylari o’z ta’sirini dunyo yuziga yoymoqda. Bu davlatlar o’z importining yarmini tashqi savdoga chiqarib, xom ashyoni olib keladi. Bu turdagi davlatlar kishi boshiga yuqori darajali ekspot va import bilan ajralib turishadi. Bu davlatlarning deyarli hammasi ishchi kuchi importlari hisoblanishadi. Dunyo iqtisodiy tizimidagi o’z o'rniga qaramasdan, bu davlatlar rivoji bir tekis emas. Oxirgi yillari Norvegiya o’z ta’sirini kengaytirmoqda. Bunga sabab Shimoliy dengizda neft konlarining topilishi. Finlandiya Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilab o’z iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.

G`arbiy Yevropadagi mitti davlatlar. Lyuksmeburg, Lixteshteyn, Andorra-bu davlatlar o’z maydonining kichikligi, aholi sonining kamligi bilan boshqa davlatlardan farqlanadi. Mehnat taqsimoti bu davlatlarda bir yo’nalishda, xizmat eksporti yil sayin oshmoqda (Lyuksemburg bank depoziti Shveytsariya banki depozitidan 50 marta oshadi). Yana bu davlatlar turizm sohasidagi chiqimlari katta hajmiga ega (10-12 foiz).




Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish