delfin va alligatorlami uchratish mumkin.
Xo‘jaligi. Islohotlar natijasida XXRning agrar-industrial iqtisodiyoti, dunyodagi eng ilg‘or postindustrial-agrarga o‘zgaradi. YIM hajmi bo‘yicha XXR AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinda (7,3 trln. dollar) turadi. YIMning 53% (2004) sanoat va qurilish sektoriga, 33% xizmat ko‘rsatish sektoriga, 14% qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. XXR toshko‘mir, po‘lat, sement qazib olish hamda ma’danli o‘g‘itlar, televizor, velosiped, paxta va ipak gazlamalari, kiyim-kechak, poyabzal va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.
Elektr quwati, kimyoviy tola, choy ishlab chiqarish bo'yicha 2-o‘rinda turadi. Aholining bandligi (2003) qishloq xo‘jaligida 49% ga, xizmat ko‘rsatish sektorida 29% ga, sanoatga 22 foizga to‘g‘ri keladi. Ishsizlik darajasi: shaharlarda 98%, mamlakat bo‘yicha 20 foizini tashkil etadi. Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan olib borilayotgan kuchli nazorat ostida mamlakat iqtisodiyoti tobora bozor iqtisodiyotiga o‘tayapti, bu esa o‘z navbatida chet el investitsiyalami o‘ziga jalb etadi. Nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaxslaming iqtisodiy ta’siri tobora ortib bormoqda. Yengil sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarida ko’plab kichik korxonalar tashkil topdi, tashqi savdo-sotiq hajmlari va kiritilgan chet el investitsiyalar hajmi o‘sdi. Yetakchi investorlar bu Gongkong, Virgin orollari, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Tayvan, Singapur va Germaniya korxonalari. Sharq va g’arbda joylashgan iqtisodiy erkin hududlarida chet el yirik sanoat korxonalari va transmilliy kompaniyalar, banklar, fond biijalari va xizmat ko’rsatish sektorining zamonaviy muassasalari bаrpо etildi. Mamlakat infratuzilmasi jadal kengayib bormoqda (transport tizimi, energetik tizim, ma’lum bir transport vositalarini modemizatsiyalash, zamonaviy telekommunikatsiya tizimlari ni yaratish darajalari o’sdi). Yuqori texnologiyalar va innovatsiya sektorida ham tez o’sish darajasi kuzatiladi (gen muhandisligi, odam tana a’zolari regeneratsiyasi, axborot texnologiyalari, internet, shaxsiy kompyuterlar, uyali aloqa,
tibbiyotda raqamli videotexnika qo‘llash, elektron optika, yo‘ldoshli aloqa). Yalpi ishlab chiqarish hajmi, sotish hajmi va foydasi bo‘yicha elektron telekommunikatsion sanoat iqtisodiyot tarmoqlari orasida 1-o‘rinda turadi. 2-o‘rinda mashinasozlik turadi (umumiy, og‘ir, transport, harbiy, kemasozlik sanoatlari). Tez sura’tda yuqori texnologik mashinasozlik tarmoqlari, jumladan, avtomobilsozlik sanoati (dunyoda 4-o‘rin) va aerokosmik sanoat rivojlanib bormoqda. Xitoy volfram-surma, qalay, rux, molibden zaxiralari hajmi bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda; qo‘rg‘oshin, simob, nikel zaxirasi bo‘yicha 2-o‘rinda; temir va marganes zaxirasi bo‘yicha 3-o‘rinda; mis bo‘yicha 4-o‘rinda; boksit bo‘yicha esa 5-o‘rinda turadi. Mamlakatda neft, tabiiy gaz, toshko‘mir (yiliga 1,5 mlrd. dan ortiq, dunyoda 1-o‘rin), temir rudalari, qo‘rg‘oshin, boksit, rux, volfram, marganes, surma, fosforit, kaliy tuzlari qazib olinadi. Ш5 (ko‘mirda ishlaydi) elektr quwatining 80% ni, GES 19% ni, 6 ta AES 1% ni ishlab chiqaradi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: qora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, neft-kimyo, kimyo, farmatsevtika, sement, poyabzal, to‘qimachilik, tikuvchilik, chinni, fayans, tamaki, choy, konserva, oziq-ovqat va o‘yinchoqlar ishlab chiqarish.
Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarini dehqonchilik va cho‘chqachilik tashkil etadi. Bug‘doy, gumch, paxta, tamaki, kartoshka, meva, sabzavot, cho‘chqa, qo‘y va parranda miqdorining ahoh jon boshiga nisbati bo‘yicha 1-o‘rinda turadi. XXRda ipakchilik rivojlangan. Dehqonchilikning asosiy yerlari: Sunlyao tekisligi (bug‘doy, makkajo‘xori, soya, yeryong‘oq, gaolyan, qand lavlagi va boshq.). Sichuan chuqurliklarida gumch, bug‘doy, raps, shakarqamish, sitrus mevalar, Szyanxan tekishgida gumch, paxta yetishtiriladi. Gumch yetishtiriladigan asosiy joylar - Sichuan, Xunan, Chjeszyan, Szyansu, Guandup. Kauchuk va sitrus mevalar Xaynan va Lenchjou yarimorolida o‘stiriladi. Olmalar Lyaonin va Shandunda, ananaslar janubda, uzum Sinszyanda yetishtiriladi. Xitoy choyning vatani hisoblanadi (XVI asrdan buyon eksport qilinadi). Choyni Sichuan va janubiy hududlardagi nam tepaliklar yonbag‘irlarida o‘stirishadi. Mamlakatda bundan tashqari 3 mingdan ortiq turdagi madaniy dorivor o‘simliklar ham yetishtiriladi.Go‘sht, tuxum, asal va asalarichilik mahsulotlari, ipak pillasi, cho‘chqa va parranda jon boshiga yetishtirish bo‘yicha Xitoy dunyoda 1-o‘rinni, baliq ovi bo‘yicha 3-o‘rinni egallagan. AhoU gulchilik, asalarichilik va bahqchilik bilan shug‘ullanadi. Mamlakatda mahalliy himarmandchilik ham rivojlangan, jumladan, chinni, fayans buyumlar tayyorlash, kashtachihk, bambukdan turli mahsulotlar to‘qish, yog‘och va suyak o‘ymakorligi ham rivojlangan.
Asosiy eksport mahsulotlari: telekommunikatsion jihozlar, kompyuter va uning qismlari, aloqa vositalari, mashinasozhkning turfa mahsulotlari, harbiy texnika, qurol-yarog`, avtomobillar, kemalar, tibbiyot jihozlari, po`lat, kiyim, poyabzal, o‘yinchoqlar, sport anjomlari, toshko‘mir, kimyoviy o‘g‘itlar, mebel.
Do'stlaringiz bilan baham: |