parta va doskalar yasadi. U o’z maktablari uchun 4 qismdan iborat:
1. «Adabiyot yoxud milliy she`rlar» (1912y)
2. «Birinchi muallim» (1912y)
3. «Turkiy guliston yohud axloq» (1913y)
4. «Ikkinchi muallim» (1915y)
5. «Maktab gulistoni» (1917y)
Kabi darslik va o’qtish kitoblari yaratdi. A. Avloniyning pedagogikaga oid asarlari orasida
«Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o’rganish
sohasida katta ahamiyatga moliqdir.
O’zbek pedagogikasi tarixida A. Avloniy birnchi marta pedagogika «Peologiya», ya`ni bola
tarbiyasining fani demakdir» deb ta`rif berdi. Bunday ta`rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi
bilganligidan dalolat beradi. U bola tarbiyasini nisbiy ravishda qo’yidagi to’rt bo’limga ajratadi:
1. «Tarbiyaning zamoni»
2. «Badan tarbiyasi»
3. «Fikr tarbiyasi»
4. «Axloq tarbiyasi»
«Tarbiyaning zamoni» bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani:
ota- ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta`kidlaydi. A. Avloniy badan
tarbiyasi masalasida bolani sog’lom qilib o’stirishda ota- onalarga murojaat qilsa, bolani fikr
tomondan tarbiyalashda o’qituvchilarning faoliyatlariga alohida e`tibor beradi.
Bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug’ullanish benihoya
zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning «diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga
yuklangan muqaddas bir fazifadir...Negaki fikrning quvvati ziynati, kengligiga, muallimning
tarbiyasiga bog’liqdir».
Buyuk rus pedagogi K. D. Ushinskiy ham o’qituvchining mehnatini va uning tarbiyalanuvchi
shaxsga ta`sirini yuqori baholadi. Ushinskiy Rossiyada o’qituvchilar tayyorlash tizimini birinchi bor
ishlab chiqdi.
Ushinskiy pedagogning ishi boshqa ishlarga qaraganda ko’proq doimo g’ayratlanish va
zavqlanishni talab qiladi: bu ish tashqi tomonidan bir turda bo’lib ko’rinadi, uning tezda ko’zga
ko’rinmaydi. Bu yoshda katta xavf bor, yil sayin bir xil narsadan ta`lim beraverish natijasida «
o’rganib qolib, ta`limni mexanik suratda olib borishi mumkin». Ushinskiy o’qituvchini bu xavfdan
ehtiyot bo’lishga va hamisha ilgariga qarab siljishga chaqirdi. Tashqaridan qaraganda maktab
o’qituvchisining roli oddiy va sodda, biroq u o’z mehnatining yuksak ijtimoiy roli oddiy va sodda,
biroq u o’z mehnatining yuksak ijtimoiy ahamiyatini tushunishi lozim. Ushinskiy jamiyatdan
o’qituvchilarga zo’r hurmat va g’amxo’rlik bilan qarashni, hamisha e`tibor berishni talab qiladi.
O’qituvchi biror fanning o’qituvchisigina bo’lmasdan, balki tarbiyachi ham bo’lishi kerak:
o’z kasbini sevishi, tarbiya, ishiga zo’r ma`suliyat tuyg’usi bilan qarashi; u ma`lumotli kishi
bo’lishi, pedagogika bilan psixologiyani bilishi, pedagogik mahoratga, pedagogik odobga ega
bo’lishi lozim.
A.S.Makarenko o’z bilim, talant va jo’shqin faoliyati bilan pedagogika tarixida chuqur iz
qoldirdi. U bir necha pedagogik va publitsistik asarlar yozdi. Uning «Pedagogik poema»,
«Minoradagi bayroqlari», «O’ttizinchi yillar marshi», «Ota- onalar kitobi», «Bolalar tarbiyasi
to’g’risida lektsiyalar», «Ta`lim- tarbiya», tajribasidan ba`zi xulosalar kabi asarlari uni o’ziga xos
tarbiya maktabi yaratgan mahoratli pedagog va adib sifatida tanitdi.
O’qituvchining pedagogik- psixologik xususiyatlari va shaxsiy fazilatlarini chuqur o’rganish
ishlari XX asrning 30-40 yillarida keng yo’lga qo’yila boshlandi.
XX asrning 70-80 yillarida pedagogika va psixologiya fanlarida o’qituvchining kasbiy
tayyorgarligiga, layoqatiga, shuningdek, shaxsiy sifatlarini shakllantirish masalasiga oid tadqiqot
ishlarining ko’lami keskin ravishda ortdi. O’qituvchining xarakter xislatlari , pedagogik
qobiliyatlari, uning ixtisosiy ko’nikma va malakalari, unda tarbiyachilik mahoratini tarkib toptirish
shartlari o’rganilmoqda. Kasbiy tayyorgarlikka oid tadqiqotlarda o’qituvchilarda o’qituvchilik
kasbiga qiziqishning uyg’onishi, o’quvchi va talabalarda pedagogik yo’nalishini tarkib toptirish,
tarbiya jaroyoning ilmiy- nazariy muammolari, o’qituvchilik mahoratini egallashning psixologik
manbalari, pedagogik qobiliyatlarni rivojlanish xususiyatlari, o’qituvchi bilan o’quvchining
hamkorlik faoliyati, pedagogik muloqotning psixologik asoslari ochib berilmoqda.
Bu sohaning yirik tadqiqiotchilari qatoriga I.V.Straxov, N.V.Kuz’mina, I.A. SHcherbakov,
F.I.Gonobolin, V.A.Slastenin, S.R.Rajabov, M.O.Ochilov, M.G.Davletshin, R.Z.Gaynutdinov, va
boshqalarni kiritish mumkin.
Rus psixologii I.V.Straxov «Pedagogik takt psixologiyasi» nomli asarida o’qituvchining odobi
masalasini tadqiq qilib bergan.
Rus olimasi N.V.Kuz’mina o’qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning roli va ularni
tarkib toptirishga oid qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. A.I.SHcherbakov pedagogik
faoliyatida mahorat juda muhim o’rin egallashini ta`kidlab, o’qituvchining shaxsiy fazilatlari, uning
bilimlari, amaliy ko’nikma va malakalari o’zaro birlashib pedagogik mahoratini vujudga keltiradi,
deydi. Pedagogik mahoratinining shakllanishi o’qituvchi shaxsini takomillashish jaroyoni bilan
uzviy bog’liqdir.
Yirik o’zbek olimi S.R. Rajabov butun umr va faoliyatini o’qituvchi shaxsini tadqiq qilishga,
o’qituvchilar tayyorlashni takomillashtirishga bo’lg’usi muallimlarni sharqona tarbiyalashga
bag’ishlangan.
O’zbek olimi M.O. Ochilovning ko’p yillik tadqiqoti ichida o’qituvchi shaxsini shakllantirish
markaziy o’rinni egallaydi.
O’qituvchining faoliyati. O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan
talablar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta`lim
tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta`minlash, ta`lim muassasalarida faoliyat olib
borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma`naviy qiyofasi hamda kasbiy
mahoratlariga ham bog’liqdir.
SHaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu
faoliyatga jamiyatning etuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning
tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim
ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma`naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda
kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. CHunonchi, bu borada O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun,
boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma`rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar,
haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga
javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak»
1
.
YUqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan
talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi zarur?
O’qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus
ma`lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta`lim muassasalarida
faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonunining 5-moddasi 3-bandiga
muvofiq ta`lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishlariga
yo’l qo’yilmaydi.
Bizning nazarimizda, zamonaviy o’qituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon
bo’la olishi kerak (so’z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o’qituvchi-bakalavr tomonidan amalga
oshirilishi zarur bo’lgan vazifa, burch va mas`uliyatlarini ifodalaydi):
1. O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan
ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli
ma`lumotlarni bera olishi lozim.
2.Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan
xabardor bo’lishi talab etiladi.
3.O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida
tinimsiz izlanishi lozim.
4.O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta`lim-tarbiya
jarayonida o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil
etishi kerak.
5.O’qituvchi ta`lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli
foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.
6.O’qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi shart.
7.O’qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati,
pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari
chuqur o’zlashtirib olishga erishishlari lozim.
8.O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida
aks ettira olishi kerak:
a) nutqning to’g’riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
g) nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan holi bo’lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi);
jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar); varvarizm (muayyan millat tilida
bayon etilayotgan nutqda o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi); vul’garizm (haqorat
qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda kontselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy
so’zlardan foydalanish) so’zlardan holi bo’lishi, o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli
bo’lishi kerak;
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi (hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan
o’rinli va samarali foydalana olish).
9. O’qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta`lim-tarbiya jarayonida
o’quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan
foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq
ravishda kiyinishni o’zlashtirishga erishishi.
10. O’qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o’rnak bo’la olishi lozim.
O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o’zida bir qator
sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. CHunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni
to’g’ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur.
O’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to’la bayon
etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni salbiy
holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o’quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning
muvaffaqiyatlarini e`tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha
olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o’qituvchining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan
xayrihohlik, samimiylik, do’stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko’tarinki
kayfiyatda bo’lishi zarur.
O’qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar,
hamkasblar hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e`tibor qozonishini ta`minlaydi.
Pedagogik qobiliyatlar, deb ataladigan qobiliyatlar shaxsning aqliy tomonini ham, emotsional-
irodaviy tomonini ham xarakterlab beradi. Bu sifatlarning hammasi biri- biri bilan hosil qiladi.
Psixologiyada qobiliyatlarga shunday ta`rif beriladi:
Qobiliyatlar- shaxsning mazkur faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti
hisoblangan va buning uchun zarur bilim, ko’nikma va malakalarni egallash dinamikasida
yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individiual- psixologik xususiyatdir.
Pedagogik psixologiyada o’qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning tutgan o’rnini
ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib boriladi.
Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta`kidlab o’tganidek, pedagogik jaroyon o’qituvchi-
tarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning
o’quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishga yoki aksincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog’liq.
Bola shaxsning rivojlanishida o’qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta`lim va tarbiya
jaroyoning tashkilotchisi vazifasini bajaradi. SHu bois, hozirgi sharoitda o’qituvchining
tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo’yiladi, shuning uchun ijtimoiy- tarixiy
tajribalarning boyligi ehtiyojlar ko’lamini ortishiga bevosita bog’liq.
70-80 yillarda o’qituvchining xarakter xislatlari, pedagogik qobiliyatlari, unda tarbiyachilik
mahoratini tarkib toptirish shartlari chuqur o’rganildi.
Jumladan, rus olimasi N.V.Kuz’mina o’qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlarning
o’rni va ularni tarkib toptirishga oid qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan. U o’z tadqiqotlarida
pedagogik qobiliyatlarni.
Gnostik (bilishga oid)
Proektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan)
Konstruktiv, tashkiliy va kommunikativ turlarga ajratib ularning, har biriga chuqur psixologik
tasnif bildiradi. N.V.Kuz’mina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga
kuzatuvchanlikni ham kiritadi, o’qituvchining bu hislari o’quvchining ichki kechinmalari, his-
tuyg’ulari kabi omillarni aniqlashga xizmat qiladi.
O’qituvchida kuzatuvchanlikning paydo bo’lishi natijasida u diagnostik sifatni vujudga
keltiradi.
Tadqiqotchi A.I. SHcherbakov fikriga ko’ra, pedagogik faoliyat- bu o’qituvchi oldiga jiddiy
talablar qo’yadigan murakkab psixologik aktdir. Pedagogik faoliyat o’qituvchini chuqur va puxta
bilimga, pedagogik qobiliyatiga, mustahkam xarakterga, yuksak ma`naviyatga ega bo’lishini taqazo
qiladi. I.A.SHcherbakov o’qituvchi shaxsi 6 ta kasbiy- tarkibiy qismdan iborat ekanligini
ta`kidlaydi:
1.YUksak saviyadagi bilim va madaniyat
2.Yo’nalishning aniq ifodalanganligi.
3.YUksak axloqiy hislarning mavjudligi.
4.YUqori darajada yuzaga keluvchi faollik va barqaror mustaqillik.
5.Qat`iy va silliq xarakter.
6.Pedagogik qobiliyatlar.
Yirik olim F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi:
1.Didaktik qobiliyatlar.
2.Akademik qobiliyatlar.
3.Pertseptiv qobiliyatlar.
4.Nutq qobiliyatlari.
5.Tashkilotchilik qobiliyati.
6.Avtoritar qobiliyatlar.
7.Kommunikativ qobiliyatlar.
8.Pedagogik xayolot.
9.Diqqatni taqsimlash qobiliyati.
F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlarni tarkib toptirish bosqchilari, xususiyatlari va xossalari
to’g’risida mukammal ma`lumotlar beradi. Ta`lim va tarbiya jaroyonini takomillashtirishda
pedagogik qobiliyatlarning roli tajriba materiallariga asoslanib sharhlab beriladi.
Yirik o’zbek olimi S.R. Rajabov va uning yuzlab shogirdlarning ishlari ham o’qituvchining
pedagogik va psixologik xususiyatlarini o’rganishiga.
Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha,
o’qituvchining pedagogik qobiliyatlarini qo’yidagicha klassifikatsiya qilish mumkin.
1. Didaktik qobiliyat- bu oson yo’l bilan murakkab bilimlarni o’quvchilarga tushuntira
olishdir.. Bunda o’qituvchining o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, mavzu
yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berishi, o’quvchilarda mustaqil ravishda faol
fikrlashga qiziqish uyg’ota olishi ko’zda tutiladi. O’qituvchi zarurat tug’ilgan hollarda o’quv
materialini o’zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tushunarsiz,
noaniq narsani tushunarli qila oladi.
2. Akademik qobiliyat- barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo’lishlik. Bunday
qobiliyatlarga ega bo’lgan o’qituvchi o’z fanini o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va
chukurroq biladi, o’z fani sohasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Fan- texnika, ijtimoiy- siyosiy
hayotga doir qiziqishlari bilan ko’p narsalarni o’rganib boradi.
3. Pertseptiv qobiliyat- qisqa daqiqalarda o’quvchilar holatini idrok qila olish fazilati, bu
o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini va uning
vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’liq bo’lgan psixologik
kuzatuvchanlikdir. Bunday o’qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo’lmagan tashki
belgilar asosida o’quvchi ruhiyatdagi ko’z ilg’amas o’zgarishlarni ham fahmlab oladi.
4. Nutqiy qobiliyat- ixcham, ma`noli, oxangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega
bo’lgan nutq; shuningdek, o’qituvchi nutqining jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg’uga rioya
qilishi . Qobiliyatli o’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi.
O’qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan,
ma`qullayotgan yoki qoralayotgan bo’lsa ham uning nutqi hamisha o’zining ichki kuchi, ishonchi,
o’zi gapirayotgan narsaga karatilganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o’quvchi uchun aniq,
soda, tushunarli bo’ladi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati- sinf- guruhi yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish
iste`dodi. Tashkilotchilik o’quvchilarni xilma- xil faoliyat turiga jalb qilish uchun asos hisoblanadi.
Bu qobiliyat, birinchidan o’quvchilar jamoasini uyushtirish, muhim vazifalarni hal etishga
ruhlantirish bo’lsa,ikkinchidan, o’z shaxsiy ishini to’g’ri uyushtirish qobiliyatidir.
6. Obro’ga ega bo’lishlik qobiliyati- o’zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-
farosatli, mustahkam irodasi bilan obro’ orttirish uquvchanligi. Fanda bu qobiliyat turi- avtoritar
qobiliyat, deb ham yuritiladi. Obro’ga ega bo’lish o’qituvchi shaxsiy sifatlarning butun bir
kompleksiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga ( dadililigi, chidamliligi, qat`iyligi, talab
talabchaligi va xakazo) shuningdek, o’quvchilarga ta`lim hamda tarbiya berish ma`suliyatini his
etishga, bu ishonchni o’quvchilarga ham etkaza olishiga bog’liq bo’ladi.
Qaysi o’qituvchi hurmatga sazovar?
1. O’qituvchimizning zo’rlamas – 1. O’zi yaxshi odam-u lekin
Juda yumshoq-da, uni
Dan va baqirmasdan talab kila aldash xech gap emas.
Olishdek ajoyib xislati bor.
2.Biz uni qattiqo’l va talabchan 2. Uning qanday odam
Bo’lganligi uchun juda yaxshi ko’ramiz, u ekanligini tushunib bo’l
maydi: bir qarasang qatti qqo’l, bir qarasang hech Hamisha osoyishtalik va muloyimlik
narsa talab qilmaydi. Bilan talab qiladi, biroq
3. Biz P.I ning ketganidan Juda xursandmiz.U bizni Baqirib-chaqirib, buyruk Berishlar bilan
qo’lga olmoqchi SHunday ta`sir etadiki, unga edi, ammo unga majburan quloq solmay ilojing
yo’q. CHidayotganimizni bilmasdi.
3.Ximiya o’qituvchimiz hamisha
Xotirjam o’zini tutgan odam va
SHu xislati bilan butun sinfga
qattiq ta`sir ko’rsatadi.
4.Biologiya o’qituvchisining obro’yini
saqlamay ko’r-chi
Har qanday sharoitda ham u o’z
Obro’sining saqlanishiga
Erishadi.
7. Kommunikativ qobiliyatlar- muomala va mulokot o’rnata olish, bolalarga arlashish
qobiliyati, o’quvchilarga to’g’ri yondoshish yo’lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqati nazardan
samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi.
8. Psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati- isnonning kelajagini oqilona tasavvur
qilishdan iborat bashorati. Bu o’z harakatlarning oqibatlarini oldindan ko’rishda, o’quvchining
kelgusida qanday odam bo’lishi xakidagi tasavvur bilan bog’liq bo’lgan shaxsni tarbiyalab
etishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarning taraqqiy etishini oldindan aytib bera olishda
ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizga tarbiyaning qudratiga, odamga
ishonish bog’liq bo’ladi.
9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati- bir necha ob`ektlarga bir davrning o’zida o’z
munosabatini bildirish. O’quvchi, o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari- xajmi, uning
kuchi, ko’chuvchanligi, idora qilina olishi va ishga solinishning taraqqiy etgan bo’lishi muhimdir.
Qobiliyatli, tajribali o’qituvchini materialni bayon qilish mazmunini va shaklini, o’z fikrini
( yoki o’quvchi fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o’quvchilarni o’z diqqat-e`tiborida
tutadi, toliqish, e`tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatib boradi, barcha
intizom buzilish hollarini e`tibordan qochirmaydi, nihoyat o’z shaxsiy xatti- xaraktlarini ( mimikasi,
pantomimikasi, yurish- turishni) ham kuzatib boradi.
Tajribasiz o’qituvchi ko’pincha mavzuni bayon etilishga berilib ketib shu vaqt ichida
o’quvchilarni e`tibordan chetda qoldiradi, nazorat qilmay qo’yadi, bordi-yu, o’quvchilarni diqqat
bilan kuzatishga harakat qilsa, bayon qilish kalavasini yo’qotib qo’yadi.
10. Konstruktiv qobiliyat- o’quv- tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan
aytish qobiliyati. Bu qobiliyat o’quvchi shaxsning rivojini loyihalashga, o’quv- tarbiya mazmunini,
shuningdek, o’quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi.
11. Gnostik qobiliyat- tadqiqotga layoqatlilik bo’lib, o’z faoliyatini, bu faoliyat jaroyonini
va uning natijalarini tekshirish hamda o’rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish
qobiliyatidir.
12. iliyat o’quvchi shaxsning rivojini loyihalashga, o’quv- tarbiya mazmunini,
shuningdek, o’quvchilar bilan ishlash metodlarini tanlab olishga imkon beradi.
13. Gnostik qobiliyat- tadqiqotga layoqatlilik bo’lib, o’z faoliyatini, bu faoliyat jaroyonini
va uning natijalarini tekshirish hamda o’rganish natijalariga muvofiq faoliyatni qayta qurish
qobiliyatidir.
SHuningdek zamonaviy o’qituvchi o’zida aqli donishlik qobiliyati, iymon- e`tiqodga,
faol hayotiy pozitsiyaga yo’naltirish qobiliyati va tashabbusga, ijodga ilhomlantirish kabi
qobiliyatlari bo’lishi zarurligi ko’zda tutilmoqda.
Pedagogik qobiliyatlarni har tomonlama o’rganish qobiliyatlar shaxsning aql-idroki, his-
tuyg’usi va iroda sifatlarning namoyon bo’lishidan iborat ekanligini ko’rsatadi.
Pedagogik qobiliyatlar umumiy qobiliyat: masalan, adabiy va ilmiy ijod qilish, loyihalash,
qobiliyatlari bilan bog’langan. Ular o’qituvchi faoliyatining samaradorligini oshiradi. Bunday
o’qituvchilar o’z o’quvchilarini (talabalarni) ana shu faoliyatga jalb qila borib, ularga ta`lim va
tarbiya berishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Pedagogik qobiliyatlar xarakter xislatlari bilan bog’langan. Uyushqoqlik, qat`iylik,
haqqoniylik pedagogik faoliyat darajasining ortirishga olib keladi, aksincha, uyushmaganlik,
ko’ngilchanlik, adolatsizlik pedagog faoliyati natiajalarini pasaytiradi.
Har bir o’qituvchi o’ziga xos individiual- psixologik xislatlarga ega bo’ladilar. Ulardan
ba`zilari harakatchanroq, boshqalari sustkashroq, ba`zilari qattiqo’lroq, boshqalari yumshoqroq
bo’ladilar. Bu xususiyatlarning hammasi juda yaxshi xususiyatlar bo’lib, ulardan foydalanishning
ahamiyati katta. Bundan o’qituvchiga his- tuyg’ular, emotsiyalar yot narsa bo’lishi kerak, degan
ma`no kelib chiqmaydi, aksincha u quvonishni ham, g’azablanishi ham, qayg’uga tushishi ham,
xafa bo’lishi ham mumkin va lozim. Bu erda gap o’qituvchining qandaydir bir anjozadagi
(qolipdagi) shaxsga barovlashtirish zarurligi to’g’risida emas, balki uning o’z individual sifatlaridan
ustalik bilan foydalanishi, o’zida shaxsning zarur xislatlarni tarkib toptirishi, o’z kamchiliklariga
barham berishi to’g’risida boradi.
Pedagogik mahoratni egallash yo’llari. O’qituvchi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida
ishtirok etar ekan, nafaqat ma`naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o’rnak bo’lishi, shu
bilan birga, pedagogik mahoratini namoyon eta olishi, etuk pedagog sifatida malakali kadrlarni
tayyorlash ishiga o’zining munosib hissasini qo’shishi zarur.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta`lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy
yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo’llay olish qobiliyati bo’lib, u doimiy ravishda pedagogik
bilimlarni oshirib borish, yangiliklardan xabardor bo’lish, ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish
asosida tarkib topadi. YOsh, shuningdek, ta`lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega
bo’lgan o’qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo’lishlari o’zini kasbiy jihatdan
takomillashtirish yo’lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga ta`minlanadi. Ular quyidagilardan
iborat:
1. Mustaqil o’qib-o’rganish (pedagogika fanida ro’y berayotgan yangiliklar haqida
ma`lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, vaqtli matbuot sahifalarida chop
etilayotgan ma`lumotlar, shuningdek, ilg’or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari
surilayotgan g’oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).
2. Hamkasb tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish (ta`lim muassasasidan chetga
chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt, shuningdek, iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi.
Tajribali o’qituvchilar faoliyatini o’rganish ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg’ulotlarni
kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish
asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).
3. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurs (institut)larida kasbiy
malakalarini oshirish.
4. Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferentsiya hamda seminarlar,
pedagogik o’qish hamda treninglar)da faol ishtirok etish.
5. Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning etakchi ta`lim muassasalarida
ularning ish tajribalarini o’rganish (stajirovka).
Ayni vaqtda respublikada «Ustoz» jamg’armasining homiyligida ta`lim muassasalarining
o’qituvchilar rivojlangan xorijiy mamlakatlarda bo’lib, ularning ta`lim tizimi va ish tajribalarni
o’rganmoqdalar.
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar
beradi. Binobarin, bunday muhitda o’zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar
tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to’g’riligi, haqqoniyligiga ishonch
hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni
barataraf etish yo’llarini topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo’lish ta`lim-tarbiya samaradorligini ta`minlash garovi bo’libgina
qolmay, ayni vaqtda o’qituvchining jamoadagi obro’-e`tiborini ham oshiradi, o’quvchilarga unga
nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo’l
qo’yilgan yoki qo’yilayotgan xatolardan holi bo’lish, o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar
bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
O’z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy,
YAn Amos Komenskiy, Lev Tolstoy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy va boshqalar
o’z asarlarida o’qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o’qituvchi shaxsida aks etishi
zarur bo’lgan sifatlar xususidagi qarashlarni yoritish orqali o’zlari ham pedagogik madaniyatga ega
ekanliklarini namoyon etganlar. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga
nisbatan chuqur hurmatda bo’lmagan shaxs ta`lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini
ta`minlovchi fikrga ega bo’lmaydi. Ularning pedagogik madaniyatlari negizini bolani tushuna olish,
unga insbatan insonparvar munosabatda bo’lish, vaziyatni to’g’ri baholash, yuzaga kelish ehtimoli
bo’lgan ziddiyatlarni o’z vaqtida bartaraf etish, pedagogik faoliyatning haqligi, jamiyat taraqqiyoti
hamda pedagogik jarayonda o’quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g’oyalarning hayot
mavjudligini ta`minlashda qudratli omil (vosita) ekanligiga ishonch kabilar tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida malakali (mahoratli) o’qituvchilarni qo’llab-
quvvatlash, ularning tajribalarini ommalashtirishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Mahoratli
o’qituvchilarni aniqlash maqsadida turli ko’rik, tanlovlar tashkil etilmoqda. Xususan, «Yil
o’qituvchisi» Respublika ko’rik-tanlovi ta`lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
o’qituvchilarga pedagogik mahoratlarini individaul ravishda namoyish etish imkoniyatini
berayotgan bo’lsa, «Yil maktabi» Respublika ko’rik-tanlovi o’qituvchilarga jamoa asosida ta`lim
muassasasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlarni ommaga ko’rsata olishlari uchun sharoit yaratmoqda.
SHuningdek, respublika miqyosida pedagogik faoliyatda ulkan yutuqlarni qo’lga kirita olgan
o’qituvchilar ta`lim sohasida nufuzli sanaluvchi davlat mukofoti – O’zbekiston Respublikasi Xalq
o’qituvchisi ko’krak nishoniga sazovor bo’lmoqdalar.
Xulosa o’rnida shuni qayd etish joizki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O’zbekiston
respublikasida ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohalar mazmunini o’zida aks ettirgan
muhim yuridik hujjat bo’lib, istiqbol uchun yo’llanmadir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta`kidlangan milliy model O’zbekiston
Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg’or fan, texnika va
texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va etuk mutaxassis
qiyofasini o’zida to’laqonli aks ettiruvchi namunadir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarining amaliyotga tadbiq etilishi O’zbekiston
Respublikasining ijtimoiy hayoti uchun muhim sanalgan bir qator holatlarning qaror topishiga olib
keladi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» g’oyalarini amalga oshirish jarayonida o’qituvchi kadrlar muhim rol o’ynaydilar.
Komil inson va etuk malakali mutaxassis
1
maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida
tarbiyalanar ekan, ushbu jarayonda o’qituvchilarning o’rni beqiyosdir. SHu bois ularning shaxsida
bir qator ijobiy ma`naviy-axloqiy sifatlar namoyon bo’la olishi maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi va o’quvchilarning ta`lim jarayonidagi faoliyatlari. O’qituvchi faoliyatining
vazifasi va tuzilishi. Ta`lim muassasasi (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta`lim
muassasalari)da tashkil etiluvchi ta`lim jarayonida o’quvchining faoliyati o’qituvchi rahbarligi
ostida kechadi. O’qituvchi faoliyatining vazifasi o’quvchilarning ijtimoiy borliqni ongli va faol
idrok etishga yo’naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan iboratdir.
Ta`lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
1) rejalashtirish;
2) tashkil etish;
3) boshqarish (rag’batlantirish);
4) nazorat;
5) natijalarni baholash va tahlil qilish.
O’qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish
bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash
kerak bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o’quv imkoniyatlari,
moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o’rganib chiqishi, o’quv materiali mazmunini
tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o’ylab chiqishi kerak bo’ladi.
O’quvchilar faoliyatini tashkil etish o’quvchilar oldiga o’quv masalalarini qo’yishni va uni
bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo’ladi.
O’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabati xarakteriga ko’ra muammoli ta`limni shartli
ravishda 4 darajaga ajratish mumkin:
Muammoli
ta`lim
darajalari
O’qituvchi va o’quvchi faoliyati
Mustaqil
bo’lmagan
(odatdagi) faollik darajasi
O’qituvchi tushuntirganini o’quvchi tomonidan idrok
etilishi muammoli vaziyatlar sharoitida aqliy mehnat
YArim
mustaqil
faollik darajasi
Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llash va
o’quvchilarning
o’qituvchi
tomonidan
qo’yilgan
o’quv
muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish
Mustaqil
faollik
darajasi
Reproduktiv – izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda
darslik matni bilan o’quvchining o’zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini
yangi
vaziyatda
qo’llanadi,
konstruktsiyaaydi,
o’rtacha
murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko’magi
bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.
Ijodiy faollik darajasi
Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va
o’ylab topishni, o’quv muammolarini echishning yangi usullarini
kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va
umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni
talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish
Didaktik jarayonni tashkil etishda o’qituvchi o’quv-bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini
(5-element) ham ta`lim mazmuniga mos holda tanlay olishi kerak. PTni loyihalash shartlaridan biri
ham “tashkiliy shakllar“ni to’g’ri tashkil etish sanaladi. Pedagogikada o’qitishning tashkiliy shakli
deganda o’quvchi(talaba)lar o’qitish jarayonida qo’yilgan tashqi shart-sharoitlar yig’indisi
tushuniladi.
Ma`lumki, ta`lim tizimida bilish faoliyati auditoriyada (ma`ruza, semenar, laboratoriya, o’quv
maslahati, sinov, imtihon) va auditoridan tashqarida (uyda, kutubxonada tayyorgarlik, loyihalash,
tadqiqotchilik, to’garak va boshqa) tashkil etiladi.
Pedagog o’quv faoliyati shakllarini tanlashda quyidagi savollarga javob topishi kerak:
didaktik jarayon ishtirokchisi kim (o’quvchi, talaba, tinglovchi) va u qanday boshqarilishi kerak
(o’quv faoliyatini o’qituvchi boshqaradi, avtomatlashgan sinf yordamida yoki boshqa texnik
vositalar yordamida: kino-diafil’m, komp’yuter, modelli ta`lim va hakazo).
Didaktik jarayon u yoki bu texnik vositalardan ta`lim mazmuniga mos holda uzluksiz
qo’llashni taqoza etadi. Bu yo’nalish PTning mavjudlik shartlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |