O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi namangan viloyati pedagog kadrlarni qayta



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.09.2019
Hajmi0,77 Mb.
#22159
1   2   3
Bog'liq
voyaga yetmaganlar ortasida jinoyatchilikning oldini olish muammolari


 

 

 

 

 

 

 

 

12 



II-bob.   Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olish tushunchasi va 

mohiyati 

Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  individual  oldini  olish  tushunchasini  va 

mohiyatini  yoritib  beradigan  kriminolog  olimlarning  fikrlari  xususida  bir  necha 

qarashlar 

mavjud. 

Jumladan, 

G.A.Avanesov, 

A.I.Dolgova, 

Z.S.Zaripov, 

K.E.Igoshev,  I.Ismailov,  Y.Karaketov,  A.G.Lekar,  M.Usmonaliev,  V.S.Ustinov, 

O.V.Filimonov,  A.M.Yakovlevlarning

7

  jinoyatlarni  individual  oldini  olish  masalalari 



yuzasidan  fikrlari  qayd  etilgan.  Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  individual  oldini 

olishni  maxsus  sub’ektlarning  alohida  faoliyati  degan  fikrlarga  qo’shilgan  holda 

muallif voyaga yetmaganlar jinoyatlarini individual oldini olishga maxsus sub’ektlar 

hamda  jamoatchilikning  huquqbuzarlik  sodir  etishga  moyil  shaxslarni  aniqlash, 

o’rganish, ularning jinoyatlarning sodir etilish sabablari va ularga imkon bergan aniq 

sharoitlar  bartaraf  etish  maqsadida  ularga  tarbiya,  ijtimoiy  nazorat  vositalari  orqali 

oldini olish ta’sir choralarini qo’llashdan iborat alohida faoliyati deb ta’rif beradi. 

Shuningdek  voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  oldini  olishning  o’ziga  xos 

xususiyatlari  ham  tahlil  qilingan.  Bu  xususiyatlarni  voyaga  yetmagan  shaxs 

psixologiyasi  bilan  bog’liq  o’ziga  xos  xususiyatlar,  voyaga  yetmagan  o’sib-

ulg’ayotgan muhit bilan bog’liq o’ziga xos xususiyatlar (ijtimoiy mikromuxit), voyaga 

yetmagan  shaxsga  ta’sir  qiluvchi  kuchlarning  maqsadi  bilan  bog’liq  o’ziga  xos 

xususiyatlar,  voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  oldini  olish  sub’ektlari  faoliyati  bilan 

bog’liq  o’ziga  xos  xususiyatlar,  axborot  almashish,  demografik  va  migratsiya 

jarayonlar bilan bog’liq xususiyatlarga ajratgan. 

Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarining  sodir  etilish  sabablari  va  ularga  imkon 

bergan sharoitlar uch guruhga ajratilgan. Birinchi guruhga iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi 

omillar,  ya’ni bozor munosabatlarining  takomillashuvi, pulning  qadrsizlanishi,  aholi 

o’rtasida  tabaqalanishning  yuzaga  kelishi,  yashash  darajasinining  pasayishi, 

ishsizlik  muammolari,  giyohvandlikning  o’sib  borishi.  2005  yilda  hech  qaerda 

o’qimaydigan  va  ishlamaydigan  voyaga  yetmaganlar  tomonidan  sodir  etilgan 

                                                 

7

 Ismoilov N. T. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish muammolari // Xalq 



ta’limi. - 1998. 

 

 

13 



jinoyatlar 44,8%ni tashkil etgan. Bu ko’rsatkich Toshkent shahrida 46,6%ni, Toshkent 

viloyatida 54,8%ni, Andijon viloyatida 57,7%ni tashkil etgan. Voyaga yetmaganlar va 

yoshlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlarning uchdan bir qismi 16 yoshdan yuqori 

bo’lgan  bosqinchilik,  talonchilik  va  shaxsiy  mulkni  o’g’irlash  jinoyatlari  bo’yicha 

ko’rsatkich 50 %ni tashkil qiladi. 2005 yilda Respublika bo’yicha IIO VEOHOOB 

xizmat xonalariga 10884 nafar o’qimaydigan va ishlamaydigan voyaga yetmaganlar 

olib  keltirilgan,  bu  esa,  jami  olib  keltirilganlar  voyaga  yetmaganlarning23,5  %ni 

ko’rsatadi

8



Ikkinchi guruhga ma’naviy-ruhiy omillar, jamiyatda adolatsizlikning mavjudligi, 



yoshlar  tarbiyasidagi  muammolar,  yoshlar  tafakkuridagi  loqaydlik,  boqimandalik, 

tekinxo’rlik  kabi  xislatlarining  keng  tarqalishi,  shuningdek,  ularning  muayyan  qismi 

o’rtasida g’arazgo’ylik, xislatlarining o’sib borishi, yoshlarni  turli xil g’oyaviy ta’sir 

ostiga  tushib  qolish  holatlarining  o’sib  borishi,  farzandlari  tarbiyasiga  salbiy  ta’sir 

ko’rsatuvchi  ota-onalar  sonining  ortib  borishi,  yoshlar  huquqiy  ongining  yetarli 

darajada  emasligi.  2004  yilda  2513  nafar  farzandlarining  tarbiyasiga  salbiy  ta’sir 

ko’rsatgan ota-ona va ularning o’rnini bosuvchilar profilaktik hisobga olingan, 2005 

yilda  esa  bu  ko’rsatikich  2699  ni  tashkil  qilgan.  2005  yilda  respublika  oliy  ta’lim 

o’quv yurtlari talabalari tomonidan 247 ta jinoyat sodir etilgan, jinoyatlar   turlari 

bo’yicha 

o’zgalar 

mulkini 


o’g’irlash, 

bezorilik 

jinoyalar 

soni  8%  ortgan

9

.   


Uchinchi guruh tashkiliy-boshqaruv sohasidagi omillarni tashkil qiladi. Bularga 

hokimiyat institutlarining samarasizligi, voyaga yetmaganlar jinoyatlarini oldini olish 

faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  sub’ektlarning  faoliyatidagi  kamchiliklar,  voyaga 

yetmaganlar  jinoyatlarini  oldini  olishga  qaratilgan  ijtimoiy-huquqiy  nazoratni  tashkil 

etish  va  amalga  oshirishni  tartibga  soluvchi  huquqiy  asoslarning  yetarli  emasligi 

hamda  huquqiy  tizimning  takomillashmaganligi,  voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini 

                                                 

8

  Ismoilov  N.  T.  Voyaga  yetmaganlar  tomonidan  sodir  etiladigan  jinoyatlarning  oldini  olish  muammolari  //  Xalq 



ta’limi. - 1998. 

9

  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining  1998yil  28-dekabr,  1999  yil  30-aprel,  va  1999  yil  4-may    Plenumi 



qarorlari. //- T.: 1999 yil 

 


 

 

14 



oldini  olishning  bevosita  sub’ektlari  bilan  jamoat  tuzilmalari  o’rtasidagi  o’zaro 

hamkorlikning  yetarli  darajada  emasligi.  O’tkazilgan  malakaviy  ishdarga 

qaraganda Ichki ishlar organlari VEOHOOB (guruh)larda xizmat qilib borayotgan 

hodimlarning  jami  97  %  oliy  ma’lumotlilar,  62,  8%  pedagogik  ma’lumotga  ega 

bo’lganlar, boshqa ma’lumotga 20%ni, atigi 10%ni yuridik ma’lumotga ega bo’lgan 

xodimlar tashkil qiladi

10

. Fikrimizcha, ushbu xizmatga ko’proq huquqshunos-pedagog 



kadrlar qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir. 

Jinoyatchilikning oldini olish tushunchasi va printsiplari quyidagilar: 

1.  Jinoyatchilikning 

oldini 


olish 

jinoyatchilik 

va 

ayrim 


turdagi 

jinoyatlarning  sabablari  va  shart-sharoitlarini  aniqlash,  ularni  bartaraf  qilish, 

susaytirish  va  neytrallashtirish  shuningdek,  hayot  tarzi  yoki  xulqi  jinoyat  sodir 

etishi  mumkinligidan  dalolat  berib  turgan  shaxslarni  bunday  yo’ldan  qaytarishga 

qaratilgan  davlat  va  jamoatchilik  tomonidan  amalga  oshiriladigan  choralar 

tizimidir. 

2.  Jinoyatchilik  profilaktikasi  qonuniylik,  demokratizm,  insonparvarlik, 

odillik va ilmiylik printsiplariga mos ravishda amalga oshirilmog’i lozim. 

3.  Jinoyatchilikning  oldini  olishga  qaratilgan  faoliyatning  qonuniyligi 

deyilganda, profilaktikaning vazifalari, usullari va shakllari, bu vazifalarni amalga 

oshiruvchi  sub’ektlarning  huquq  va  majburiyatlari  va  h.k.ning  qonun  va  boshqa 

normativ hujjatlar bilan yetarlicha huquqiy tartibga solinganligi tushiniladi. 

4.  Jinoyatchilik 

profilaktikasining 

demokratizm 

printsipi 

ushbu 

faoliyatning:  



- tegishli darajadagi vakillik hokimiyati organlarning nazorati ostida; 

- jamoat tashkilotlarining bevosita ishtirokida va nazorati ostida; 

- jamoatchilik  fikrining  monitoringini  doimiy  ravishda  hisobga  olgan  holda 

amalga oshirishini nazarda tutadi. 

5.  Profilaktik faoliyatning insonparvarlik va odillik printsipi: 

                                                 

10

 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudining  1998yil  28-dekabr,  1999  yil  30-aprel,  va  1999  yil  4-may    Plenumi 



qarorlari. //- T.: 1999 yil 

 


 

 

15 



- ushbu  faoliyat  olib  borilayotgan  shaxslarga  nisbatan  huquqsiz  ob’ektlar 

emas,  balki  profilaktika  organlari  bilan  bo’ladigan  munosabatlarning  sub’ektlari 

sifatida qaralishini; 

- shaxs,  jamiyat  va  davlatga  yetkaziladigan  zararni  kamaytirish  uchun 

kriminogen  jarayonlarning  yanada  rivojlanishini  ertaroq  aniqlash  va  oldini  olish 

vazifasini;  profilaktik  ta’sir  eng  yumshoq  choralardan  boshlanishi  lozimligini 

nazarda tutadi. 

Profilaktikaning ilmiylik printsipi: 

1)  jinoyatchilikning  oldini  olishga  qaratilgan  faoliyatni  huquqiy  tartibga 

solish,  shuningdek,  bevosita  profilaktika  choralarini  amalda  qo’llashning  jinoyat-

chilikning  oldini  olish  faoliyatining  qonuniyatlarini,  uning  ijtimoiy  tizimdagi 

o’rnini bilishga asoslangan ilmiy kontseptsiyani ishlab chiqilishini; 

2)  profilaktik  faoliyatning    barcha  darajalari,  bosqichlari,  yo’nalishlari  va 

turlarining ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlanishini. 

Voyaga  yetmaganlar  jinoyatchiligi  14  yoshdan  18  yoshga  qadar  bo’lgan 

shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning yig’indisidir. Voyaga yetmaganlar 

jinoyatchiligi  ham  umuman  jinoyatchilikni  vujudga  keltiruvchi  omillar  ta’sirida 

rivojlanadi. Shu sababdan ham voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini tadqiq etishda 

kriminologiyaga  oid  bo’lgan  umumiy  tavsiflar,  ko’rsatkichlar  va  usullardan 

foydalaniladi. Shu bidan birga voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining tahlili aynan 

voyaga  yetmaganlar  jinoyatchiligiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  omillar  va  shart-

sharoitlarni aniqlashga qaratilishi lozim.  

Voyaga  yetmaganlar  jinoyatchiligining  oldini  olishni  jinoyat  huquqiy 

choralar  vositasida  ta’sir  ko’rsatish  bilan  qo’shib  olib  borish  o’sib  kelayotgan 

avlodni ma’naviy sog’lig’ini muhofaza qilishning sharti hisoblanadi.  

 Voyaga  yetmaganlar  jinoyatchiligi  respublikamizda  so’nggi  2010  yillarda 

umumiy jinoyatchilikning 3,4%ni tashkil qilib kelmoqda. Ushbu ko’rsatkich  2011 

yilda 4,5%ni tashkil etdi. 


 

 

16 



 Jinoyatchilarning  anchagina  qismi  latent  bo’lib  qolmoqda,  chunki 

atrofdagilar  ko’pincha  ularning  jinoyatlarini  yoshi  bilan  bog’liq  bo’lgan  sho’xlik 

deb  hisoblaydilar  va  bu  haqda  huquqni  muhofaza  qilish  organlariga  xabar 

bermaydilar.  



Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi quyidagi xususiyatlarga egadir: 

a)  voyaga  yetmaganlar  tomonidan  solir  etilgan  og’ir  zo’rlik  ishlatib  va 

tamagirlik  ular  jinoyatchiligining  8%ni  tashkil  etadi  va  bu  ko’rsatkich  anchagina 

barqarordir. 

b)  voyaga  yetmaganlar  tomonidan  ko’proq  o’g’irlik,  talonchilik,  bezorilik 

sodir etiladi. 

c)  voyaga  yetmaganlar  tomonidan  guruh  bo’lib  sodir  etilayotgan  jinoyatlar 

miqdori ko’paymoqda. 

Voyaga  yetmaganlar  jinoyatchiligi  tuzilishida  jinoyat  huquqiy  retsedivning 

hissasi  kattalarnikiga  nisbatan  pastroqdir.  Ekspetlar  xulosasiga  ko’ra  voyaga 

yetmaganlarga jinoiy jazo o’rniga boshqa jazo choralari qo’llanilgandan keyin ular 

tomonidan qayta jinoyat qilish hollari ko’proq uchraydi. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

17 



III-bob.  Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar shaxsining kriminologik tavsifi. 

Mazkur  bobda  jinoyat  sodir  etgan  voyaga  yetmaganlar  shaxsiga  mavjud 

kriminologik  tushunchalar,  fikrlar  xususida  to’xtalib,  muallif  2009  yilda  Toshkent 

tarbiya  koloniyasi,    2010  yilda  Zangiota  tarbiya  koloniyalarida  jazoni  o’tayotgan 

voyaga  yetmagan  mahkumlar  o’rtasida  o’tkazilgan  anketa  so’rovlari  hamda 

O’zbekiston  Respublikasi  IIV  Huquqbuzarliklarning  oldini  olish  bosh 

boshqarmasidan  olingan  statistik  ma’lumotlarni  umumlashtirib  jinoyat  sodir  etgan 

yoki  sodir  etishga  moyil  voyaga  yetmaganlar  shaxsining  ijtimoiy-demografik, 

jinoiy-huquqiy belgilari tahlil qilinib, xulosalar qilingan. 

Voyaga 


yetmaganlar 

tomonidan 

jinoyat 

sodir 


etilishini 

jazoni 


yengillashtiruvchi shart-sharoitlar safiga qo’shilishini bir qator sabablar bilan, shu 

bilan  birga  mahalliy  qonunlarimizning  insonparvarligi  bilan  izohlash  mumkin. 

Voyaga yetmagan inson shaxsiyati hali to’liq shakllanib bo’lmaganligi bilan ajralib 

turadi.  U  o’zi  sodir  etgan  noqonuniy  qilmishning  mohiyatini  ko’p  hollarda  to’liq 

anglab yetmaydi ham. Bundan tashqari, yoshga bog’liq bo’lgan qiziqqonlik, o’zini 

tuta  olmaslik  kabi  boshqa  xususiyatlar  tufayli  ham  o’spirin  noqonuniy  harakatga 

katta  yoshli  insonga  nisbatan  tezroq  qo’l  urishi  mumkin.  Shu  bilan  birga,  voyaga 

yetmaganlarga  nisbatan  jazo  maqsadlariga  davlat  tomonidan  qo’llanadigan  qat’iy 

choralarni  qo’llamay  turib  ham  erishish  mumkin.  Shuning  uchun,  teng  sharoitda 

voyaga  yetmagan  jinoyatchiga  xuddi  ana  shu  jinoyatga  qo’l  urgan  katta  yoshli 

shaxsga nisbatan yengilroq jazo tayinlanishi kerak. 

JKning 


43-moddasida 

jinoyat 


sodir 

etgan 


shaxslarga 

nisbatan 

qo’llaniladigan jazolarning tizimi va qat’iy ro’yxati berilgan. 

Jazo  tizimi  deganda,  jinoyat  qonuni  bilan  o’rnatilgan  va  sudlar  uchun 

majburiy hisoblangan va ma’lum tartib asosida ularning yengilidan og’iriga qarab 

joylashtirilgan jazolar ro’yxati tushuniladi. Jazo tizimi tushunchasi o’zida bir qator 

belgilarni  nazarda  tutadi.  Jumladan  jazo  tizimida  nazarda  tutilmagan  birorta 

majburlov  chorasi  jinoiy  jazo  sifatida  tayinlanishi  mumkin  emas,  jazolarning 

turlari  qo’llanilishi  tartibi  va  asoslari  faqat  jinoyat      qonunlaridagina      belgilanib   

bo’lib   jazo tizimidagi jazolarning ruyxati sudlar uchun majburiy hisoblanadi. 



 

 

18 



Jazo  tizimida  nazarda  tutilgan  jazolarning  aksariyati  ozodlikdan  mahrum 

qilish bilan bog’liq bo’lmagan jazolardir. 

Jarima  jazosi  asosiy  jazo  sifatida  faqat  qonunda  belgilangan  xollardagina 

qo’llanishi mumkin. 

Jinoyat  qonuni  jarimaning  miqdoridan  chetga  chiqib,  ko’proq  yoki  kamroq 

belgilanishiga yo’l qo’ymaydi. 

Jinoiy  jazo  sifatida  qo’llaniladigan  jarima  ma’muriy  jazo  tariqasida 

qo’llaniladigan jarimadan farq qiladi. Jinoiy jazo tariqasidagi jarima faqat jinoyat 

qonunida  nazarda  tutilgan  xollarda  jinoyat  sodir  qilinganida  sud  tomonidan 

qo’llanilishi  mumkin.  Ma’muriy  jazo  tariqasidagi  jarima  esa  ma’muriy  organlar 

tomonidan qo’llaniladi. 

Muayyan  huquqdan  mahrum  qilish  jazosi  o’z  mohiyatiga  ko’ra  jinoyat 

ayblanuvchi  shaxsning  mansabi  yoki  kasbi  bilan  bog’liq  holatlarda  sodir 

qilinganida yana shunday shunday jinoyat takrorlanishining oldini olish maqsadida 

qo’llaniladi. 

Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosini asosiy jazo sifatida faqat qonun 

sanktsiyasi  nazarda  tutilgan  holatlardagina  (JKning  57-moddasi  yengilroq  jazo 

tayinlash bundan mustasno) qo’llanishi mumkin. 

Axloq  tuzatish  ishlari  berish  jazosi  amaldagi  JK  Maxsus  qismi 

normalarining aksariyat moddalarining sanktsiyalarida nazarda tutilgan. Bu jazoda 

mahkumni  axloqan  tuzatish  yoki  tashkilotlarning  mehnat  jamoasi  ma’muriyatiga 

yuklatiladi  va  ular  mahkumlarning  ishlarni  tashkil  qiladilar,  tarbiyaviy  ishlarni 

belgilaydilar, nazoratni amalga oshiradilar. 

Qamoq  shaxsni  erkin  xayotdan  batamom  ajratgan  sharoitda  saqlashdan 

iborat  bo’lib  18  yoshdan  oshgan  shaxslarga  nisbatan  bir  oydan  olti  oygacha 

muddatga, jinoyat sodir qilish paytida 18 yoshga tulmagan shaxslarga nisbatan esa 

bir oyda uch oygacha muddatga tayinlanadi. 

Qamoq  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosidan  farq  qilib,  JKning  48-moddasi 

mazmuniga ko’ra mahkum jamiyatdan batamom ajratilgan holda saqlanadi. Demak 

mahkum  mehnatga  jalb  qilinmaydi,  qarindoshlari  bilan  diydor  ko’rishuvga, 



 

 

19 



yo’qlovlar  olishga  ruxsat  olinmaydi,  mahkum  jazo  muddati  davomida  maxsus 

saqlash  joyida  (kamerada)  saqlanadi,  qamoq  joyida  erkin  harakat  qilib  yurishga 

yo’l qo’yilmaydi. 

Intizomiy qismga jo’natish jazosi JKning 49-moddasiga binoan faqat asosiy 

jazo tariqasida uch oydan bir yilgacha muddatga qo’llaniladi. Bu jazo aynan qonun 

sanksiyasida  ko’rsatilgan  taqdirdagina  qo’llaniladi.  Lekin  sub’ektning  qilmishi 

kvalifikatsiya qilingan moddaning sanksiyasida intizomiy qismga jo’natish nazarda 

tutilmagan  xollarda  ham  mahkumga  uch  yilgacha  muddatga  ozodlikdan  mahrum 

qilish  jazosi  o’rniga  shu  muddatni  intizomiy  qismga  jo’natish  jazosi  qo’llanish 

mumkin. 


Agar  shaxs  ilgari  ozodlikdan  mahrum  qilingan  bo’lsa,  yangi  sodir  qilingan 

jinoyati  uchun  tayinlantan  ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosini  intizomiy  qismga 

yuborilish bilan almashtirilishi mumkin emas. 

Ozodlikdan  mahrum  qilish  jazosi  jinoiy  jazo  tizimida  eng  og’ir  jazolardan 

biri  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  sudlar  shaxsga  og’ir  yoki  o’ta  og’ir  jinoyat 

sodir  qilganlarida ularni qayta  tarbiyalash  jamiyatdan  ajratilmagan  holda  mumkin 

emas  va  ularga  nisbatan  maxsus  tabiyaviy  choralarni  qo’llash  orqali  tarbiyalash 

mumkin degan xulosaga kelgandagina qo’llaydilar. 

Ozodlikdan      mahrum  qilish  JK  50-moddasiga  muvofiq  olti  oydan  yigirma 

yilgacha  muddatga,  bir  nechta  jazolarni  qo’shish  yo’li  bilan  jazo  tayinlashda  esa 

yigirma besh yilgacha belgilanishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan 

esa  olti  oydan  o’n  yilgacha  tayinlanishi  mumkin.  Ozodlikdan  mahrum  qilingan 

mahkumlarga  nisbatan  koloniyaning  turi  O’zbekiston  Respublikasi  jinoyat 

qonuniga  nisbatan  belgilanadi.  Sodir  qilingan  jinoyatning  ijtimoiy  xavfliligini 

jinoyatchi shaxsning ijtimoiy xavfliligiga ko’ra jazoni turma qamog’ida o’tash ham 

belgilanishi  mumkin,  qonunga  muvofiq  ozodlikdan  mahrum  qilingan  voyaga 

yetgan  mahkumlarga  jazoni  turma  qamog’ida  o’tashga  jazoning  faqat  muayyan 

qismigina,  lekin  besh  yildan  ko’p  bo’lmagan  muddatga:  a)  o’ta  xavfli 

retsidivistlarga  b) og’ir  yoki o’ta  og’ir  jinoyati uchun besh  yildan  ortiq  muddatga 


 

 

20 



ozodlikdan  mahrum  etishga  hukm  qilingan  shaxslarga  nisbatan  tayinlanishi 

mumkin. 


Umrbod  ozodlikdan  mahrum  qilish  favqulodda  jazo  chorasi  bo’lib, 

mahkumni  maxsus  tartibli  jazoni  ijro  etish  koloniyasiga  joylashtirish  orqali 

jamiyatdan muddatsiz ajratib qo’yishdan iboratdir. 

Umrbod 


ozodlikdan 

mahrum 


qilish 

jazosi 


faqat 

javobgarlikni 

og’irlashtiradigan  xolatlarda  qasddan  odam  o’ldirish  (97-moddaning  2-qismi)  va 

terrorizm (155-moddaning 3-qismi) uchun belgilanadi. 

Umrbod ozodlik mahrum qilish jazosi ayolga, 18 yoshga to’lmasdan jinoyat 

sodir etgan shaxsga va 60 yoshdan oshgan erkakka nisbatan tayinlanishini mumkin 

emas.  

Jinoyatni sodir  etishda  aybdor deb topilgan  shaxsning voyaga  yetmaganligi 



tufayli  jazoni  qay  darajada  yengillashtirish  uning  yoshiga  bog’liq  ravishda  hal 

etilishi shart. Bunda, hukmda shaxsning voyaga yetmaganligi faktining o’zi emas, 

balki  uning  aniq  yoshi,  masalan  14  yosh  va  9  oy,  16  yosh  va  2  oy  va  hakazo 

ko’rsatiladi

11



Shu bilan birga, ushbu holat sud tomonidan hamma vaqt, qilmishning og’ir-



engilligidan  qat’i  nazar  hisobga  olib  borilishi  shart.  Qonunda  bu  nuqtai  nazardan 

hech qanday cheklovlar belgilanmagan 



 

 

 

 

 

 

                                                 

11

 

Zaripov Z., Ismoilov I. Kriminologiya. T., 1996.201-bet. 



 

 

 

21 



IV-bob.  Voyaga yetmaganlar jinoyatlarini indnvidual oldini olishni huquqiy 

ta’minlash  va uni takomillashtirish. 

Amaldagi  qonun  hujjatlarini  takomilashtirish  yuzasidan  takliflar  ishlab 

chiqilgan.  Unda  voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  oldini  olishda  qo’llaniladigan 

profilaktik  ta’sir  choralarning  huquqiy  tabiatiga  aniqlik  kiritilgan.  Bular  orasida 

huquqiy  ta’sir  choralarning  qo’llanilishini  tartibga  soluvchi  qonun  hujjatlari  tahlil 

qilingan.  Voyaga  yetmaganlar  jinoyatlarini  individual  oldini  olishda  qo’llaniladigan 

huquqiy  ta’sir  choralari  tizimida  ijtimoiy  (jamoatchilik)  ta’sir  choralarining  o’rni  va 

ahamiyati  ochib  berilgan.  Jumladan,  ijtimoiy  ta’sir  choralari  boshqa  majburlov 

choralardan  ta’sir  doirasi,  o’ziga  xos  xususiyatlari,  javobgarlikni  qo’llovchi   

sub’ektlari      bilan      farq      qiladi.      Unchalik      ijtimoiy      xavf  tug’dirmaydigan 

huquqqa  hilof  harakatlar  uchun  jamoatchilik  ta’sir  choralarining  qo’llanilishi  ko’p 

hollarda  yaxshi  samara  berishi  mumkin.  Chunki  davlatning  boshqa  majburlov 

choralarining  (jinoiy,  ma’muriy,  intizomiy,  moddiy)  ta’siri  ko’p  hollarda  unchalik 

samarali  bo’lmasligi  mumkin.  Bugungi  kunda  ayniqsa  O’zbekiston  Respublikasida 

jazo  tizimining  liberallashtirilishi  munosabati  bilan  jamoatchilik  ta’sir  choralari 

ahamiyati ortib bormoqda. 

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’llaniladigan jamoatchilik ta’sir choralari 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000  yil  21  sentyabrida  qabul 

qilingan 

"Voyaga 


yetmaganlar 

ishlari 


bo’yicha 

komissiyalar 

faoliyatini 

takomillashtirish  haqida"gi  qarorida

12

  belgilangan.  Bularga  jamoatchilik  izzasi, 



ogohlantirib  qo’yish,  voyaga  yetmaganga  jabrlanuvchidan  uzr  so’rash  majburiyatini 

yuklash to’g’risida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish choralarini aytib o’tish 

mumkin.  Statistik  ma’lumotlarga  qaraganda,  jamoat  izzasi  berish  ta’sir  chorasi 

respublika  bo’yicha  2003  yilda  123  ta,  2004  yilning  10  oyida  esa,  97  ta  qo’llanilgan 

yoki ogohlantirib qo’yish  chorasi 2003 yil  176  ta,  2004  yilning  10  oyida  112  tani 

tashkil etgan

13



                                                 



12

 O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami. — 2006. — № 6. — 99-m. 

13

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorlarining to’plami.1991-1997. // - T.: 1997 yil. 



 

 

22 



Voyaga yetmaganlar javobgarligining o’ziga xos xususiyati shundaki, ularga 

jazo  tayinlashda  xar  doim  javobgarlikni  yengillashtiruvchi  xolat  hisoblanadi  (JK 

55-modda «j» bandi). Bundan tashqari ularning jazosi yengillashtiruvchi tomonga 

jiddiy qisqartirilgan. 

Sud  voyaga  yetmaganlarga  jazo  tayinlashda  ularniig  aqliy  va  jismoniy 

rivojlanganlik  darajasini  hisobga  oladi.  JK.  87-moddasining  3-qismida 

belgilanishicha,  voyaga yetmagan shaxs  rivojlanishda o’z yoshiga nisbatan ancha 

orqada qolgan bo’lsa va sodir etgan qilmshning ahamiyatini to’la ravishda anglab 

yetmasa, sud jazo o’rniga majburlov chorasini qo’llaydi. 

JKning  86-moddasida  ozodlikdan  mahrum  qilishning  hamda  bir  necha 

jinoyatlar hamda bir necha hukmlar yuzasidan tayinlanadigan jazolarning eng ko’p 

miqdorini kattalarga nisbatan ancha past belgilanadi. 

O’zbekiston Respublikasi JKning 81-moddasida ko’rsatilgan jazolar voyaga 

yetmaganlarga  nisbatan  tayinlanishi  mumkin  bo’lgan  jazo  turlarining  qat’iy 

ro’yxatidir. 

O’zbekiston  Respublikasining  1994  yil  Jinoyat  Kodeksining  85-moddasiga 

muvofiq  ozodlikdan  mahrum  qilish  jinoyat  sodir  etgan  paytda  13  yoshdan  16 

yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan: 

1. Uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun -uch yilgacha. 

2. Og’ir jinoyat uchun - olti yilgacha. 

3. O’ta og’ir jinoyat uchun - o’n yilgacha muddat tayinlanadi. 

 Ozodlikdan  mahrum  qilish  jinoyat  sodir  qilish  paytida  16  yoshdan  18 

yoshgacha bo’lgan shaxslarga nisbatan: 

1. Uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun - to’rt yilgacha. 

2. Og’ir jinoyat uchun - yetti yilgacha.  

3. O’ta og’ir jinoyat uchun - o’n yilgacha muddatga tayinlanadi. 

Shakllanish jarayonida bo’lgan shaxslarning dunyoqarashi shakllangan, 

og’ir jinoyatlarni sodir qilgan, shaxsning buzilish darajasi chuqurlashib ketgan 

                                                                                                                                                             

 


 

 

23 



mahkumlar bilan bir xilda jazo tayinlanishi va jazoni ular bilan birgalikda o’tashi 

ular shaxsning g’oyat tez fursat ichida buzilib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. 

JK 87-moddasining  mazmuniga  ko’ra  voyaga  yetmaganlarga  majburlov 

chorasini qo’llagan holda javobgarlikdan ozod qilish uchun: 

1.  Majburlov  chorasini  qo’llash  masalasi  xal  qilinayotgan  vaqtda  aybdor 

voyaga yetmagan bo’lishi. 

2. Sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi katta bo’lmasligi 

3. Shaxs birinchi marta jinoyat sodir ettan bo’lishi kerak 

Ana  shu  uchta  shartning  barchasi  birdaniga  mavjud  bo’lsagina  majburlov 

choralarini qo’llab javobgarlikdan ozod qilish mumkin. 

JKning  88-moddasida  voyaga  yetmaganlarga  nisbatan  quyidagi  majburlov 

choralarini qo’llash nazarda tutilgan: 

1.  Sud  belgilaydigan  shaklda  jabrlanuvchidan  uzr  so’rash  majburiyatini 

yuklash 


2. O’n olti yoshga to’lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o’z mablag’i 

xisobidan  yoki  mehnati  bilan  to’lash  yoki  bartaraf  qilish  majburiyatini  yuklash. 

Ushbu  chora  agar  yetkazilgan  zarar  belgilangan  eng  kam  oylik  ish  xaqining  o’n 

baravaridan  oshib  ketmagan  bo’lsa  qo’llaniladi.  Boshqa  xollarda        yetkazilgan 

zarar fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida undiriladi. 

3.Voyaga yetmaganni maxsus o’quv tarbiya muassasasiga joylashtirish. 

Jazoni  o’tashdan  muddatidan  ilgari  shartili  ravishda  ozod  qilish  tarbiya 

kolonniyasi  ma’muriyati  va  voyata  yetmaganlar  ishlari  bilan  shug’ullanuvchi 

komissiyaning  birgalikda  bergan  taqdimnomasiga  binoan  voyaga  yetmagan 

shaxsga  nisbatan  sud  tomonidan  tayinlangan  dastlabki  jazoni  u  to’la  o’tab 

bo’lmasdan, jazoning qolgan qismini o’tashdan ozod qilishdan iborat. 

JK  89-moddasining  mazmuniga  ko’ra  voyaga  yetmaganni  jazoni  o’tashdan 

muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish uchun quyidagi asos bo’ladi: 

1. Jazoni o’tash tartib qoidalarini (rejimni) bajarganligi. 

2. Mehnga halol munosabatda bo`lish. 

3. O’qishga halol munosabat. 



 

 

24 



4. Jazoning qonunda ko’rsatilgan qismini o’tab bo’lganligi. 

Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish hukm bo’yicha tayinlangan jazo 

turining qolgan qismini yengilroq turdagi jazo bilan almashtirib jazodan ozod 

qilishdan iborat. 

JKning 81-moddasida belgilanishicha, o’n sakkiz yoshga to’lmasdan jinoyat 

sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazo turlari qo’llanadi: 

1. Jarima. 

2. Axloq tuzatish ishlari. 

3. Qamoq. 

4. Ozodlikdan mahrum qilish. 



Jazoning o’talmagan qismini yengilrog’i bilan almashtirish: 

1. Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun 

tayinlangan jazo muddatining to’rtdan bir qismi; 

2.  Og’ir  jinoyat  uchun  tayinlangan  jazo  muddatining  kamida  uchdan  bir 

qismi; 

3. O’ta og’ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, 



agar    shaxs    ilgari  qasddan    sodir    qilgan  jinoyati  uchun    ozodlikdan  mahrum 

qilishga hukm etilib tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini xaqiqatda o’tab 

bo’lganidan keyin qo’llanilishi mumkin. 

JKning  55-moddasiga  asosan  quyidagi  xolatlar  jazoni  yengillashtiruvchi 

xolatlar deb topiladi; 

•  aybni  buyniga  olish  to’g’risida  arz  qilish,  chin  ko’ngildan  pushaymon 

bo’lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish; 

•   yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish; 

•  og’ir  shaxsiy,  oilaviy  sharoitlar  oqibatida  yoki  boshqa  mushkul  ahvolda 

jinoyat sodir etish; 

•  majburlash  yoki  moddiy  tomondan,  xizmat  jihatidan  yoxud  boshqa 

jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish; 



 

 

25 



•  jabrlanuvchining  zo’rlik,  og’ir  xaqorat  yoki  boshqacha  g’ayriqonuniy 

xarakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruxiy xayajonlanish xolatida jinoyat sodir 

qilish; 

•  zaruriy mudofaaning oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib 

jinoyat  sodir  etish,  ijtimoiy  xavfli  qilmishni  sodir  etgan  shaxsni  ushlashda,  kasb 

yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq bo’lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish; 

• voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi; 

• xomilador ayolning jinoyat sodir etishi; 

• jabrlanuvchining g’ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida 

jinoyat sodir etish; 



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish