53-dars
MUSTAHKAMLASH
Darslikda berilgan savollarga javob olish bilan boshlanadi. So'ng 1-topshiriq
bajariladi. Ko'makchilarni topib, ularning ishlatilish o'rniga e'tibor qaratiladi.
Namuna
: To'g'ri so'z egasini najot sari yetaklaydi.
Sari sof ko'makchi, najot
so'zini yetaklaydi so'ziga to-belashtirib bog'lamoqda. 2-topshiriq ko'makchilarni
sof va vazifadosh ko'makchilarga ajratib, ular ishtirokida gaplar tuziladi. Namuna:
Sof ko’makchilar:
qadar, kabi, singari, uchun, bilan.
Vazifadosh ko’makchilar:
yonida, ostida, qoshidan, qaraganda
. 3-topshiriqni bajarishda matnni ko'chirib,
ko'makchilarni topib izohlaydilar. Uning g'oyasi haqida bahs-munozara
o'tkaziladi. 4-topshiriqda berilgan vazifadosh ko'makchilarni ko'makchi va
mustaqil so'z ma'nosida qo'llab gap tuzadilar. 5-topshiriqni bajarishda nuqtalar
o'rniga berilgan ko'makchilardan mosini qo'yib ko'chiriladi. Namuna:
Aql inson
uchun eng oily ne'matlardan biridir.
Uyga vazifa. Ko'makchi ishtirok etgan 4 ta gap yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |