42-dars MUSTAHKAMLASH Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad — o'quvchilarni ismlarning munosabat shakllari bo'yicha
olgan bilimlarini mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad — o'quvchilarning ihn-fanga muhabbat tuyg'usini
o'stirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad — o'quvchilarning fikrini yozma bayon qilish
malakasini rivojlantirish.Qiyoslash orqali tafakkurni shakllantirish.
Darsning jihozi: mavjud texnika vositalari, tarqatma material.
Darsning rejasi: 1. Mashq ishlash.
2. 2—3-topshiriqda berilgan matn yuzasidan bahs o'tkazish.
Uy vazifasi o'qitib tekshiriladi. So'ngra 1-topshiriqda berilgan matndagi
nuqtalar o'rniga mos kelishik qo'shimchalari qo'yib ko'chiriladi. Namuna: —
Ehtimol, ustozfling ishlari ko'pdir, lekin nayga havasi tushib qoldi. 2-topshiriqda
kelishiklar xato qo'llangan bo'lib, o'quvchilar ularni to'g'rilab, rivoyat yuzasidan
bahs-munozara o'tkazadilar. Namuna:
Mening ona diyorim . 3-topshiriqni
bajarishda so'zlarga kelishik qo'shimchalaridan qo'yib ko'chiriladi. Namuna:
Aqllining suhbatidan jon olur so’z. 4-topshiriq uyga vazifa sifatida beriladi.