Darsning jihozi: filmoskop, jadval.
Darsning rejasi: 1. Ayrim mustaqil so'zlarning ko'makchi vazifasida qo’llanilishi
2. Vazifadosh ko'makchilarning o'ziga xos xususiyatlari.
3. Vazifadosh ko'makchilarning qo'llanilishi.
1-topshiriq talabiga ko'ra ostiga ehizilgan ko'makchi va mustaqil so'zlar
ustida ishlanadi.
1) Gap futbol o'yini ustida ketardi. 2) Qoziq ustida qor tunnas. (Maqol). Ikki marta qo'llangan
ustida so'zini mustaqil so'z yoki ko'makchi
ekanligini aniqlash kerak. Ust so'zi shu turishida shu gap tarkibida boshqa kelishik
qo'shimchasini olsa mustaqil, olmasa ko'makchi so'z deb hukm chiqariladi.
167-mashqda berilgan so'zlarni avval ko'makchi vazifasida, so'ng mustaqil
so'z vazifasida qo'llab gap tuziladi. Namuna:
uy ichida, bir oy ichida. 168-mashqda berilgan so'zlar jadvalning tegishli katagiga yoziladi.
169-mashq mustaqil bajariladi. Savol va topshiriqlar asosida bugungi mavzu
mustahkamlanadi.
170-mashq uyga vazifa qilib beriladi.