8
O'qituvchi bahsni shunday xulosalashi mumkin.
Biz ona tilimizni sevamiz, uning go'zal va nafisligidan faxrlana-miz. Sizlar
aytganingizdek, O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni E. Vohidov «Ona
tilim o'lmaydi», sevimli shoirimiz Mirtemirning «Ona tilim» she'riarida ona
tilimiz madhini kuylagan-lar. Alloma bobomiz Alixon to'ra Sog'uniy «Til haqida»
she'rida: «Agar xo'rlasa kishi o'z tilin,Vatan xoinidur, Vatan dushmani. Sut
emganda kirgan
ona tili erur, ona-yu ota haqqi saqla oni»,- deganlar.
Tilning bevosita yuzaga chiqishi nutq ekanligi bayon qilinadi. Hissiyotda
shodlik, quvnoqlik,
xursandlik, jilmayish yoki aksi — darg'azablilik, xafalik,
badjahllik ohanglari nutqda namoyon bo'ladi. Demak, til bilan nutqning farqi bor.
Darslikda mashqlar, asosan, o'quvchilarning ravon so'zla-shiga, kichik matn
tuzishiga, fikrlashiga, lug'at ustida ishlash, so'z boyliklarini oshirishga qaratilgan.
1-mashq shartida matnni o'qish nazarda tutilgan. Matnda
Alisherning bolalik
chog'larida o'zbek shoirlari o'z tilidan ko'ra fors tilida ko'proq ijod
qilayotganliklari aytiladi. Shoir, avvalo, o'z ona tilida ijod qihshi, so'ngra boshqa
tillarda she'rlar yozishini aytgan tog'asi Alisherning qalbiga shu so'zlarni
yetkazmoqchiday. Alisher ulg'ayganda xuddi shunday qildi. U ona tilisi — o'zbek
tilida jahonga mashhur 50 ming misrali «Xamsa»ni yaratdi.
Alisherning tog'asi turkiy xalqlarning viqorli tog'lari, «Navro'z», Iyd hayiti
bayramlari, «Sunbula» singari qo'shiqlari, «Alpomish», «Kuntug'mish»
dostonlari, ko'plab ertaklari borligini, ularni ifodalagan jarangdor, go'zal, nafis tili
borligini Alisherning qulog'iga quyib qo'ydi.
Nutq ikki xil bo'ladi: 1. Ichki nutq. 2. Tashqi nutq. Alisherga tog'asining
aytgan gaplari tashqi nutqdir. Kishi navbatda qila-digan ishlarini ovoz chiqarmay
ichida o'ylagan bo'lsa, bu ichki nutq bo'ladi.
Dunyodagi tillar va ular orasida o'zbek tilining tutgan o'rni
haqida o'quvchilar bahsini shunday yakunlash mumkin. Demak, dunyoda besh
mingdan ortiq til bor. Ba'zi
tillarda bitta qishloq, yoki ming, yoki milliardlab
kishilar gapirishadilar. Turkiy xalqlar orasida usmonli turk tilida 40
milliondan
ortiq, o'zbek tilida 20 milliondan ziyod, qirg'iz tilida 2,5 milliondan,
turkman
tilida 2 milliondan ortiq kishi gaplashadi.
2-mashqni bajarishda o'quvchilar mustaqillikning ulug’ ne’mat ekanligi
haqida fikr yuritadilar va ma’naviyatning yuksak kuch ekanligini gapirib
beradilar.
3-mashqning sharti o'qilgach, O'zbekiston Respublikasining «Davlat till
to'g'risida» Qonuni ko'rsatiladi va undan ba'zi bandlar o'qib eshittiriladi.
Erkin
Vohidov fikrlari sharhlanadi. Til millat bo'lishlikning asosiy belgilaridan bin
ekanligiga urg'u beriladi.
4-mashq uyga vazifa qilib beriladi. Mashq sharti tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: