1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
FILOLOGIYA FAKULTETI
O’zbek adabiyoti kafedrasi
REFERATI
Mavzu: A. Oripov sheriyatining badiiy til
xususiyati
O’qituvchi G. Oripova
Qo’qon - 2011 yil
2
Mavzu: A. Oripov sheriyatining badiiy til xususiyati
I bob. Abdulla Oripov - xalq ardog’idagi shoir……………..…………
1.1. Abdulla Oripov ijodiga bir nazar……….…………………………
1.2. Abdulla Oripov she’rlaritining bosh mavzusi: ayol, ona va ona-Vatan
madhi...................................………………………………….……………
II bob. A.Oripov she’riyatining badiiyati va til belgilari…………........
2.1. Abdulla Oripov she’riyatining o’ziga xos til
xususiyatlari .……………..……………………………………
2.2. Abdulla
Oripov
she’riyatining
g’oyaviy-badiiy
talqini..........……………………………………………………
Xulosa…………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………….
3
I bob. Abdulla Oripov – xalq ardog’idagi shoir.
1.1. Abdulla Oripov ijodiga bir nazar.
Abdulla Oripov yigirmanchi asr o’zbek she’riyatida inson qalbidagi
murakkablik, ziddiyatlarni, haq-nohaqliklarni, adolat razolatni teran va
haqqoniy, ayniqsa o’ziga xos betakror kuylayotgan ulkan ajdodlardir.
Abdulla Oripov atoqli o’zbek shoiri va jamoat arbobidir. Abdulla Oripov
yangi bosqich o’zbek adabiyotiga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib
kirdi. Birga shakllanib voyaga yetgan O’zbekistonning shoir va yozuvchilar
avlodi Abdulla Oripov asarlarining kuchli ta’siri ostida o’sdi.
Abdulla Oripov o’z asarlarining tub mohiyati bilan YAssaviy, Navoiy,
Bobur, CHo’lpon, G’ofur G’ulom idodiy an’analarining davomchisidir. Kenja
shoir asarlari ustoz salaflarining zavol bilma adabiy merosi bilan uzviy bir
yaxlitlikda abadiy sari davom etajak o’zbek adabiyotining o’tmishi va
kelajagini bog’lovchi oltin halqadir.
SHoirning butkul ijodi tomirigacha milliy ruhi bilan sug’orilgan. Bu
milliylik mahdudlik, biqiqlik, faqat o’zinigina o’ylab, o’zgalarni mensimaslik
yohud haqorat qilish asosiga qurilgan emas. Bu milliylik zamirida o’zbekona
bag’ri kenglik, tantilik, olijanoblik va mehrparvarlik bilan bari insoniyatni baxt-
saodatga, mehr-muruvvatga bo’lgan kuyunchaklik hissining uyg’unligi yotadi.
Ko’pdan-ko’p she’riy to’plamlar, dostonlar, publisistik va adabiy
maqolalar, tarjima asarlar, qo’shiqlar muallifi Abdulla Oripovning ijod yo’li bir
tekisda kechgani yo’q. Bu yo’lda sho’ro hukumati davrida haqiqatni ayta
olmaslik azoblari-yu, aytilgandagi dashnomlar ham; hukmron mafkura ta’sirida
uning g’oyalarini kuylash va milliy mustaqillik yo’lidagi fidoiy kurashlar ham
bo’ladi.
4
Biroq past-balandliklar, parvoz va qiyinchiliklar, eng asosiysi shoirning
o’z xalqiga, xalqning shoiriga adoqsiz sehr-muhabbatiga bir bahya ham
susaytirgani yo’q. Aksincha izlanishlar xalq va shoirning bir-biriga sadoqatini
yanada mustahkamladi.
Abdulla Oripov 1941 yilning 21-martida, Qashqadaryo viloyati Koson
tumanidagi Neko’z qishlog’ida tug’ildi.
Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o’tdi: qo’y boqdi, suv
tashidi, pichan o’rdi, yantoq chopdi, somon to’pladi. Ayni vaqtda, u
boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, serta’sir, o’ychil, kitobga haddan
tashqari ko’ngil qo’ygan.
Birinchi marta respublika matbuotida «Qushcha» deb atalgan she’ri
chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. SHoirning birinchi she’rlar to’plami
«Mitti yulduz»esa 1965 yilda chop etilgan. Undan keyin «Ko’zlarim yo’lingda»
(1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1969), «O’zbekiston», «Qasida» (1972),
«Xotirot» (1974), «YUrtim shamoli» (1974), «Jannatga yo’l» (1978), «Hayrat»
(1979), «Hakim va ajal» (1980), «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983),
«Haj daftari» (1992), «Saylanma» (1996), «Sohibqiron» (1996), to’rt tomlik
«Tanlangan asarlar» (2000-2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.
1984-yilda nashr etilgan «Yillar armoni»
1
to’plami shoirning deyarli
chorak asr davomida yozgan sara asarlari, sara namunalaridan tuzildi va
ma’lum darajada muallifning armonli yillaridan o’z-o’ziga kichik bir ijodiy
hisoboti tarzida tashkil topdi. Abdulla Oripov o’zbek adabiyotini «Jannatga
yo’l» (1978), «Ranjkom» (1980) kabi bir qator dostonlari bilan ham boyitdi.
SHoir she’rlari el, yurt tomonidan munosib taqdirlanmoqda. SHoir Hamza
nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi
mustaqillikni qo’lga kiritgach, «Munojot» she’riy to’plami uchun u birinchilar
qatorida Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotining sovrindori bo’ldi.
1
Abdulla Oripov. Yillar armoni. G’. G’ulom nashriyoti. Toshkent. 1984.
5
Mustaqillik sharofati tufayli so’nggi yillarda milliy qadriyatlarimizga
munosabat tubdan o’zgardi. Islom dinining insonparvarlik xususiyatlarini
ulug’lash va o’rganishga e’tibor kuchaydi. Hayotdagi bu o’zgarish A. Oripov
ijodida ham o’z aksini topdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy an’analarini
davom ettirish hikmatomuz hadislar talqinida yozilgan qator she’rlarning lirik
qahramonlari misolida yigirmanchi asr oxiridagi o’zbek she’riyatida aks
ettirilgan qahramonlar olami yanada boyidi.
Abdulla Oripov xalqni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan
tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirdi. U Dantening «Ilohiy
komediya», L. Ukrainka, T. SHevchenko, N. Nekrasov, Q. Quliev, R. Hamzatov
singari shoirlarning asarlarini o’zbekchaga o’girgan.
XX asr o’zbek she’riyatining so’nggi 30-35 yillik tarixidan Abdulla
Oripovga qadar tanqidchilik e’tiboriga tushgan shoir kam topiladi. SHu davr
she’riyati haqida fikr yuritilgan biron –bir salmoqli tadqiqot, ilmiy ish, maqola,
sharx, yo’qki, unda Abdulla Oripov asarlariga munosabat bildirilmagan,
she’rlari tahlil etilmagan bo’lsa, uning ijodidan dissertasiyalar yoqlandi. Atoqli
olim Matyoqib Qo’shjonov «Onajonim she’riyati» nomli kitobida shoirning
mo’’jaz ijodiy portretini yaratdi. Bundan o’ttiz besh yilcha avval matbuotda
Abdulla Oripovga ilk bor oq yo’l tilagan, uning kelajagiga katta ishonch
bildirgan va ko’p o’tmay bu ishonch oqlanib, she’rlaridagi mahoratni hassoslik
bilan tahlil qilgan Ozod SHarofiddinov maqollari shoir ijodini o’rganish bilan
birga, tanqidchiligimiz ravnaqida ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Salohiddin Mamajonov, Umarali Normatov, Naim Karimov, Ibrohim
G’afurov, Begali Qosimov, No’’mon Rahimjonov, Ibrohim Haqqul, Mixli
Safarov, Botirxon Akramov, Botir Norboev, Suvon Meliev va boshqalarning
ehtiros bilan yozilgan ishlari shoir asarlarining g’oyaviy va poetik teranligini,
o’ziga xosligini, go’zallik sirlarini ochishga qaratildi.
6
Bu noyob ijod xalqaro miqyosga chiqdi. SHoir asarlari qozoq, turkman,
qirg’iz, tojik, ozarbayjon, tatar, turk, boshqird, uyg’ur, qoraqolpoq, rus, ukrain,
belorus, ingliz, nemis, bulg’or, venger singari yigirmaga yaqin tilga tarjima
qilindi. «Hakim va ajal» dostoni Bayrutda ingliz tiliga tarjima qilindi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi madhiyasi so’zlarining muallifi,
Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotining sovrindori, ulkan
davlat va jamoat arbobi shoir Abdulla Oripov yangi-yangi badiiy asarlar ustida
ishlamoqda.
A. Oripov lirikasi orqali o’zbek she’riyatiga ko’ngil dardlarining
suvratlari, ruhiy iztiroblari manzarasi, armonga aylangan orzular inson
sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she’riyat yuzaga kelgan davrda
shaldiroq so’zlarni qofiyaga solish, bahtiyorlik haqida ko’tarinki satrlar tizish
odat edi. Mavzu she’r emas, balki she’rni mavzu mukarram qiladi deb
hisoblanar, shuning uchun she’rning qanday yozilishidan ko’ra, uning nima
haqda ekanligi muhimroq sanaladi. Abdulla Oripov tuyg’ulari quruqshagan
o’zbek she’riyatiga o’ychil va g’amchil o’y olib kirdi. Bu odam shoirning o’zi
edi. Binobarin, bir odam to’g’risida hayqirish, baqirish noqulay bo’ladi, u haqda
pichirlab she’r o’qish lozim edi. CHunki shovqin, baland tovush odamni o’zga
odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.
O’tgan asrning 60-70 yillarida Abdulla Oripov she’riyati o’zbek millati
tuyg’ularining quruqshab qolishdan saqlab qoldi. SHuning uchun ham shoir
o’zbek she’riyatida o’z davrini yaratdi, deyish mumkin. CHunki chinakam
iste’dodgina davrning to’siqlari, cheklovlarini yengib o’ta oladi. Har qanday
zamon unga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Abdulla Oripov she’rlaridagi beadad samimiyat, tuyg’ular chinligi kishini
beixtiyor o’ziga asir qiladi. SHoir she’rlari kayfiyat va hisiyotning yaxlit
obrazlaridir. U inson tuyg’ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda
eta olganidan butun she’r emas, balki ayrim misralarning zalzila paytidagi ruhiy
7
holatini: «Asablar tuproqqa cho’kkan edi tiz» tarzida beradi. O’zining pokiza
yoshlik davrini esa «Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin
tinglardim faqat», - deya ifodalaydi. O’zbek xalqining yig’ma obrazi: «Sonsiz
Mening orzularim, mening o’ylarim» tarzida umumlashtirildi. SHoirning: «qaro
sochlaringga oppoq alangan» degan tashbihi aniqligi bilan ham, ta’sirchanligi
bilan ham ko’ngilni rom etadi. Uning she’riyatida vatan timsoli «SHabnam
shovullaydi bog’lar qo’ynida, Salqin tuman ichra bo’zarar tonglar, Quyoshning
erinchak yog’dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar» deb tasvirlanadi.
SHoir vatan manzarasini yaltiroq so’zlarsiz, hayqirig’-u da’vatlarsiz
samimiy aks ettiradi. Keltirilgan misralarda sun’iylik yo’qligi, yolg’on
bo’lmagani uchun ham ta’sirchan va yuqumli. Bu satrlar chin insoniy
sezimlarning ishonarli ifodasi ekanligi bilan esda qoladi.
Abdulla Oripov she’riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan
sifatlardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida.
Eng murakkab holatlarni ham ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta’sirli
qilib o’zbekcha ifodalay bilish shoir she’rlarining qimmatini oshiradi. SHoir
deyarli hamisha she’riy ifodaning aniq va tuyg’ularga ta’sir ko’rsata oladigan
bo’lishiga erishadi. Uning: «Oyoqyalang qo’ziday dovdirar elda maysa, Ko’m-
ko’k moviy osmonda kezib yurar oq bulut» kabi satrlarida qo’llanilgan
tashbinlar hayotiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini
hayratga soladi. Elda silkinayotgan qo’zichoqqa o’xshatilishi shoirning xalq
turmushini bilibgina qolmay, uni ichdan tuyishini ham ko’rsatadi. SHu joyning
o’zida ko’klam osmonini ham esda qoladigan qilib suratlantira olish uchun
ulkan iste’dod talab etadi. Abdulla Oripov ko’z oldiga keltirish mushkul,
ifodalash undan –da og’ir bo’lgan sezimlarni, mavhum tuyg’ularni tuyumli qilib
chizish borasida tengsiz mahoratga egadir: «YOrilmagan yaraday sevgi!»
2
-
deydi u. O’ta mavhum tuyg’uni bundan ortiq aniq tasvirlash mumkin emas.
2
9-sinf. “Adabiyot” darsligi. 2007 y
8
A. Oripovning san’atkorligi shundaki, u hodisalarning boshqalar ko’rgan
yoki ko’rgan bo’lsa-da, payqamagan jihatlarini o’ziga xos tarzda aks ettira
oladi. SHoirning iste’dodi nazarining o’tkirligi, tuyg’ularinng nozikligi,
hissiyotining teranligida ko’rinadi. Ko’klamda o’rik g’o’ralarini hamma
ko’rgan, barcha bolalar, ayniqsa, qizlarning unga ishqibozligi azaldan ma’lum.
Ammo faqat chin shoirgina unda hayotni davom ettirish nishonasi borligini
ko’ra biladi: «Dilbar kelinchakning ko’ksida guli, Zardoli shoxiga tashlar ko’z
qirin». Sal e’tibor qilgan o’quvchi yosh kelinchaklarning ko’pincha o’rik
dovuchchasiga boshqorong’i bo’lishini esiga tushiradi. Har qanday hayotiy
lavhada chin san’atga xos belgini ko’ra olish asl shoirlikning belgisidir.
1.2. Abdulla Oripov she’rtining bosh mavzusi: ayol, ona va ona-
Vatan madhi.
Mavzu, g’oya, muammo, lirik qahramon nuqtai nazaridan Abdulla
Oripov she’rlari rang-barangdir. Istiqlol, Vatan, xalq va millat, muhabbat
va armon, tabiat va fazo, ideal inson va manaviy dunyo, Ona va ayol,
tarix va bugun, bashorat va fantaziya, do’stlik va xiyonat, keng
ma’nodagi ona zamin va insoniyat taqdiri, urush va tinchlik, umr
moxiyati va «u dunyo» Abdulla Oripov asarlarining mavzui, mazmunini
tashkil etadi. Bu mavzularga murojaat qilar ekan, shoir ezgu tuyg’ularini
ulug’lash («Ishonch ko’priklari , «Tiriklik», «Inson manzarasi»); vijdon,
maьnaviy go’zallik va insoniy barkamollik («Temir odam», «Malomat
toshlari», «Qo’riqxona», «Xatolaring kerak ularga»); ijtimoiy adolat va
xaqiqat («Imzo yig’ish», «Aytishuv», «Ilg’or io’chi va chaqqon muxbir
qissasi», «Dialektika»,) masalalarini doimo diqqat markazida tutadi. Bular
aslida shoir ijodining bosh motividir.
9
Insoniy barkamollik uchun kurash muammolarini kuylash va talqin
etish Abdulla Oripovning deyarli ilk sheьrlaridan boshlab («Dorboz»,
«Burgut») butun ijodi bo’ylab davom etadi. SHoir talqinidagi
mukammal inson yomonning aksi bo’lgan yaxshi insongina emas, yoki mutlaqo
bekamu ko’st odam ham emas. U ayrim xato va kamchiliklarga ham yo’l
qo’yishi mumkin. Lekin, eng asosiysi, u adolat va haqiqat, ma’naviy poklik
yo’lini tutuvchi, insoniy ideallar, xalq va Vatanning ezgu tilaklari deb
kurashuvchi, hayotdagi razolatga beshafqat insondir.
SHoir asarlarida insonparvarlik g’oyalari doimo xalq dardi, xalq qalbi
bilan chambarchas bog’langan (Ishonch ko’priklari). Xalqqa tayanish, har
qanday mushkulotni uning o’zigina hal qilishiga sobit ishonch Abdulla Oripov
insoniy qarashlarining asosini tashkil etadi va pirovardida, asarlari xalqchilligini
belgilaydi.
Abdulla Oripovning mukarram zotga mehr va shafqat tuyg’usi, muruvvati
nechog’li cheksiz ekani uning, ayniqsa, ayol sha’nini ulug’lashga bag’ishlangan
she’rlarida yorqin ko’rinadi.
«Ayol»nomli she’ri nainki Abdulla Oripov, balki, umuman XX asr
o’zbek sheьriyatidagi bu muqaddas siymo sha’niga bitilgan eng go’zal va
shukuhli she’rlardan biridir.
SHe’r ayol shafiqligi, irdasi, sadoqati va ma’naviy go’zalligi kuylangan
zavol bilmas qo’shiqdek jaranglaydi. Uning mazmuni oddiy va sodda: urushdan
qaytmagan yorga cheksiz sadoqat ko’rsatgan ayol kuta-kuta, hayotdan tanho
o’tadi. SHu pokiza mazmunga shoir kuchli hayotiy ziddiyatlarni, qalb va
vijdonda kechishi mumkin bo’lgan talotumlarni, ularni yengib o’ta oluvchi
irodani jo etadi. Bu oddiylik zamirida Abdulla Oripov o’zi takrorlashni xush
ko’radigan Gyote aytgan haqiqiy san’at asariga xos tarzda soddaligi (oddiylik,
murakkablik va yana oddiylik) yotadi. SHe’rning mohiyati va qimmatini uning
mazmuni emas, shu mazmun qatiga singdirilgan dard va uning poetik talqinidagi
10
mahorat, o’ziga xoslik hamda shulardan nur bo’lib taraluvchi pafos belgilashiga
«Ayol» she’ri yana bir yorqin misoldir.
O’n to’qqiz yoshida beva qolib, sadoqat tufayli, muhabbat tufayli o’z
vijdoniga qarshi borolmay, butun umr tanho yashayotgan Ayol qalbida nimalar
ro’y berishi mumkin? SHoir shu Ayol vujudidagi kesinmalarni ma’naviy
go’zallik, ma’naviy qudrat darajasida yuksaltirib talqin etishga erishadi
3
:
Sevgidan yetumu umrdan yarim,
Qurigan ko’ksida yolg’iz belanchak.
Abadiy firoqni, hayhot, do’stlarim,
Abadiy visol deb bildi kelinchak…
Yillar ham o’tdilar, hamon u yolg’iz,
Mung’ayib termular botuvchi kunga.
Ey, nomard tabiat, bormi senda his,
Qaytadan baxt bersang bo’lmasmi unga?!
Nahot, ishq qismati buncha berahm,
Bunchalar buyuksan vafo shevasi.
Sengadir hurmatim, senga sharafim,
Qahramon jangchining sodiq bevasi.
SHe’rdan maqsad faqat sadoqatli ayol sha’nini ulug’lashgina emas.
SHoir bu masalada ham xayotning achchiq, shafqatsiz haqiqatini
unutmaydi. Muhtarama zotlar ichida barcha birdekmi? Bu nomga dog’ tushirib
yurganlar yo’qmi? SHoir suratu siyratlarini fosh etgan holda bunday ayollarning
ham umumlashma qiyofasini yaratadi. YOri hayotda o’tgan bo’lishiga qaramy,
uning xotirasiga cheksiz sadoqat ko’rsatib kelayotgan bu Ayolga qarama-qarshi
o’laroq atrofimizda o’zini ming bitta bozordan olib – ming bitta bozorga solib
3
Нўмон Раҳимжонов. «Мустақиллик даври шерияти» «Фан». 2007 й
11
yurgan, tirnoq bo’yatish uchun soatlab navbat kutuvchi, biroq yorini bir daqiqa
kutishda besabrlik qiluvchi bevafolar ozmi dunyoda? Bu shoirona qiyos
asarning ta’sir kuchini oshiradi, sodiq beva timsolidagi ayol obraziga
mehrimizni yanada kuchaytiradi.
Badiiy obrazlardagi milliylik va tiniqlik, tuyg’u va ehtiroslar samimiyligi,
ohangdorlikdagi shiddat va hayajon, syujet va kompozitsiyadagi yaxlitlik
«Ayol» she’riga alohida go’zallik bag’ishlaydi.
Ona haqidagi she’rlar va umuman, ona obrazi shoir ijodidagi Ayol
obrazini yanada mukammallashtiradi va konkretlashtiradi, bu timsolni oliy
maqomlarga olib chiqadi. SHoirning «Ko’zlarim yo’lingda», «Onajonim»,
«Ruhim», «YUrtim shamoli», «Yillar armoni», «Ishonch ko’priklari» singari
to’plamlaridagi she’rlar bag’ridan mushtipar Ona ko’zlari bizga doimo termulib
turadi. Bu to’plamlardan «Onamga xat», «Onam vafotiga», «Onajon», «Ona»,
«Alisherning onasi», «Onamni eslab» singari Ona timsoliga maxsus
bag’ishlangan she’rlar o’rin olgan. «Samoviy mehmon, besh donishmand va
farrosh kampir qissasi» nomli fantastik asarda ham Ona va mehr
muammosining o’ziga xos talqiniga duch kelamiz. SHoir she’rlarida yana uch
oliy tushunchaga Ona nisbatini beradi: ona Vatan, ona SHe’riyati, ona Sayyora.
«Onajon» she’ri shoirning mumtoz asarlaridan biri. Bu she’r volidai
muhtaramasi qarshisida bani inson zoti kabi oddiy bir farzand va ayni vaqtda,
elning buyuk san’atkori bo’lgan Abdulla Oripovning Ona haqidagi guhar
tuyg’ulari toshqinidan tizilgan marjondir.
Hayotdan o’tgan ona haqidagi o’tli va armonli hasratlar shoir asarlariga
1966 yili «Bahor» she’rida kirib keldi. SHoirni tuyg’ulari aldamadi. Vaqt yetib
xotirangni kuylarman, deb ona ruhiga berilgan va’da ko’p o’tmay she’r bo’lib
quyilib tushdi. «Bahor»dan so’ng, shu yilning o’zida «Onajon» she’ri maydonga
keldi.
12
Abdulla Oripov bu she’rda mehribon volidaning nurli qiyofasini yaratdi.
SHoir asarda onaga hamdu sano o’qishga, uni ko’klarga ko’tarishga berilmaydi.
Uning asosiy maqsadi umuman ona obrazini emas, o’z onasi timsolini yaratish.
Ona sha’niga, shunchaki qofiyaga solingan shoirona munosabatini bildirish
emas, balki shaxs sifatida faqat o’zigina his etgan, hujayralarida uyg’ongan
farzandlik tuyg’ularini ifodalash. Mana shularga mos ravishda topilgan ona
mehridek ukpar shakl va ohang, samimiyat va hayajon, shiddat va ko’lam o’zaro
birlashib «Onajon»dagi badiiy bir butunlikni vujudga keltiradi. SHu tariqa,
Abdulla Oripovning shaxsiy tuyg’ulari, dard va hayajonlari shaxsiylik
dunyosidan ijod dunyosiga ko’chib, millionlab kitobxonlarning qalb darchalarini
yoritdi, ularning ham tuyg’ularini ifodalovchi sehrli olamga aylandi.
SHe’rda kitobxon bilan asar qahramonlarini birlashtirib turadigan ikki
kuch bor. Biri – asar qahramonlarining o’zaro bir-biriga cheksiz mehri bilan
kitobxonlardagi xuddi shu masalaga bo’lgan munosabat o’rtasidagi
mushtaraklik, ikkinchisi esa, asar qahramonlari bilan kitobxonlarni birlashtirib
turgan she’r pafosidir. Ana shu sabablar bois shaxsiy his-tuyg’u va kechinmalar
asosiga qurilgan.
Garchi fano har kimsaga
Azaliy bir qismatdir.
Lekin, ona, tiriklik ham
Bilsang, yarim hikmatdir.
Tushlarimda, mayli, onajon.
Qolganlarga endi umr
Tilab turgin, onajon
4
, -
Singari falsafiy fikrlar bilan yo’g’rilgan «Onajon» she’ri millionlarning sevimli
asari bo’lib qoldi.
4
Нўмон Раҳимжонов. «Мустақиллик даври шерияти» «Фан». 2007 й
13
Abdulla Oripovning ayol, ona haqidagi she’rlari bilan muhabbat lirikasi
bir butunlikda ajib bir uyg’unlikni tashkil etadi.
Vatan tushunchasi Abdulla Oripov she’rlarida serma’no va rang-barang.
Keng miqyosda qaraganda, shoir va uning lirik qahramoniga «shu buyuk
sayyora – yagona Vatan» bo’lib ko’rinadi («Genetika»). Biroq ona-Vatan
deganda u faqat O’zbekistonni tushunadi. Bu mavzu shoir ijodining eng nurli va
porloq sahifalarini tkashkil etadi. Zero, u suhbatlaridan birida «Sevinch-dardim
barii Vatanim», deyish bejiz emas. SHoir «YUrtim shamoli», «O’zbekistonda
kuz», «Kengilk nuqtasi», «Toshkent sha’niga», «Quyosh shahri», «Momo
oftob» kabi o’nlab she’rlarida ona-Vatanning zavol bilmas qiyofasini yaratdi.
Vatan haqida gap borar ekan, Abdulla Orpov shoirning burchini faqat
madhiyabozlikdan, yurtni faqat ulug’lushu ko’klarga ko’tarishdan iborat, deb
tushunmaydi. To’g’ri, u Vatan dardlarini go’zalligini, iqbolini kuylaydi, biroq
uning sermashaqqat tarixi va taqdirini haqqoniy gavdalantirish maqsadida
ko’proq Vatan dardlarini kuylaydi, bir fidoyi farzand kabi uning dardlariga
malham bo’lgisi keladi. Bu Vatan tarixda ko’pdan-ko’p buyuk farzandlarga,
ulug’ kashfiyotlarga, insonparvar g’oyalarga doya bo’lganini dunyoga ko’z-
ko’z qiladi, hozir ham uning o’shal tarixga munosib bo’lishini istab, o’zini
tug’yonlar bag’riga uradi.
Abdulla
Oripovning
Vatan
timsolini yaratishga bag’ishlangan
she’rlaridagi poetik obrazlar, ayniqsa, falsafiy, xalqchil va ohorli bo’lib, bu
yo’nalishdagi she’rlar ichida «Men nechun sevaman O’zbekistonni»hamda
«o’zbekiston» alohida ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |