Fikr yuritib bayon qilish metodi. Birinchi variant – о‘qituvchi muammoli vaziyat yaratib, bor materialni tahlil qiladi, xulosalar chiqaradi, fikrlarni umumlashtiradi. Ikkinchi variant – о‘qituvchi mavzuni bayon etishi borasida darsni suhbat – ma’ruza shaklida olib boradi. Bunda bilim orttirish jarayonining mantiqiy asosida fikr yuritib, ilmiy izlanishning sun’iy mantiqini yaratadi.
Dialogli bayon metodi. Bunda о‘qituvchi guruhdagi о‘quvchilar bilan muloqotda bо‘ladi. O‘qituvchi о‘zi yaratgan muammoli vaziyatda muammoni о‘zi qо‘yadi va uni о‘quvchilar yordamida yechadi. O‘quvchilar muammoni qо‘yishda, taxminlarni oldinga surishda va gipotezalarni isbot etishda faol qatnashadi. Dars izlanishli suhbat, bayon shaklida olib boriladi. O‘quvchilar faoliyatida о‘qitishning reproduktiv va qisman-izlanish metodlari majmui mavjud bо‘ladi.
Evristik topshiriqlar metodi. Bunda yangi qonuniyatlar, qoidalar о‘qituvchi tomonidan, о‘quvchilarning ishtirokida ham emas, balki о‘quvchilar tomonidan о‘qituvchi rahbarligida ochiladi. Bu metod evristik suhbat borasida muammoli masala va topshiriqlarni yechish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Tadqiqotli topshiriqlar metodi. O‘qituvchi о‘quvchilar oldiga yuqori darajada muammoli nazariy va amaliy tadqiqot topshiriqlarini qо‘yadi. O‘quvchi mustaqil mantiqiy fikr yuritib, yangi tushuncha va yangicha yondashish usulining mohiyatini ochadi. Tadqiqot ishlarini tashkil etish shakllari turlicha bо‘lishi mumkin: tajriba, faktlarni yig‘ish, ma’ruza tayyorlash, modullash.
Dasturlashtirilgan topshiriqlar metodi. Bunda о‘quvchilar maxsus tayyorlangan didaktik vositalar yordamida yangi bilimlar oladi.
Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (о‘quvchilar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yо‘nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo о‘quvchiga noma’lum bо‘lgan о‘quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma’lum bо‘ladi, shunda о‘quvchilar о‘zlaridagi avval egallangan bilim va kо‘nikmalarga asoslanib kutilgan natija yoki yechilish yо‘lini izlashga tushadi.
Shunday qilib, о‘quvchilar biladigan vazifa va uni mustaqil hal kilinish usuli о‘quv muammosi bо‘la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham о‘quv muammosi bо‘la olmaydi.
O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
yangi bilimlarni shaklantirishga olib keladigan noma’lumning qо‘yilishi;
о‘quvchilarda noma’lumni topish yо‘lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bо‘lgan muayyan bilim zahirasining bо‘lishi.
O‘quv muammosini yechish jarayonida о‘quvchilar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini о‘ylab topish yoki gipoteza qо‘yish hamda gipotezani asoslashdir.
O‘quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bо‘lib xizmat qiladi.
Muammoli о‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish va о‘tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda о‘qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bо‘lishi talab qilinadi. O‘qituvchi hyech qachon о‘quvchilarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga, bilimlarni olishga turtki berishi, mashg‘ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bо‘lgan axborot, voqyea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bо‘ladi.
Ayrim hollarda о‘qituvchi о‘quvchilarda nafaqat qiziqish uyg‘otishi kerak, balki о‘quv muammosini о‘zi hal qilib qо‘ymasligi va boshqa hollarda о‘quvchilarning, о‘quv muammosini yechishdagi mustaqil ishlariga rahbarlik qilishi lozim, natijada о‘quvchilarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda gipoteza qо‘yish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topadi hamda bilimlarni bir muammodan boshqasiga kо‘chirish kо‘nikmasini hosil qiladi, diqqat va tasavvurlari rivojlanadi.
Shunday qilib, muammoli о‘qitishning vazifasi, о‘quvchilar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali о‘zlashtirishga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qо‘llash malakasini hosil qilish, bilish mustaqilligi hamda о‘quv va tarbiya muammolarini hal qilishdir.
Muammoli о‘qitishning shartlari:
о‘quv axborotlarining takomillashib borish tizimi;
axborotning о‘quv vazifasiga о‘tkazilishi vaqtida muammoni yechish usulini tanlash;
ta’lim oluvchining subektiv mavqyei, bilish maqsadlarini anglab yetishi va qaror qabul qilishi;
masalani hal qilish va natijani qо‘lga kiritish uchun о‘zining ixtiyorida bо‘lgan vositalarni baholay bilishidir.
Muammoli о‘qitishga asoslangan о‘quv mashg‘ulotlarini о‘tkazish metodikasida ijodiy, qisman-ijodiy yoki evristik, axborotlarni muammoli bayon qilish, axborotni muammoli boshlash orqali bayon qilish asosiy metodlar hisoblanadi.
Muammoli vaziyatni tashkil qilishda quyidagi didaktik maqsadlarni hisobga olish zarur: о‘quv materialiga о‘quvchilar diqqatini jalb qilish, ularning bilishga bо‘lgan qiziqishini uyg‘otish, о‘quvchilarning bilish faoliyatini jonlantirish, ularni intellektual zо‘riqish mashaqqatlariga olib kelish, о‘quvchilar tomonidan egallangan hozirgi bilim, malaka va kо‘nikmalar kelajakda yuzaga keladigan bilishga bо‘lgan talablarini qondira olmasligini kо‘rsata bilish hamda о‘quvchilarga о‘quv muammolarini tahlil qilishga, uning yechilishidagi eng rasional yо‘llarni aniqlashda yordam berish kerak.
Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi kо‘p uchraydigan usullari qayd qilinadi:
hodisalar, о‘rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qо‘yish;
olingan bilimlarning amaliy tatbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qо‘yish;
muammo hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;
ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiqaradigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;
о‘quvchilarni fakt, hodisa, xatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, qiyoslashga undash;
о‘quvchilarni gо‘yo tushunib bо‘lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qо‘yilishiga sabab bо‘lgan faktlar bilan tanishtirish.
Muammoning murakkabligi, о‘quvchilarni bilim saviyasi va malakasi, ularning ijodiy faoliyati kо‘nikmalari, didaktik maqsadga yо‘nalganligiga qarab muammoli о‘qitishda о‘quvchi va о‘qituvchi о‘zaro munosabatlarining turli variantlari bо‘lishi mumkin, ya’ni muammolilikning turli darajalari amalda bо‘lishi mumkin.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda asosan muammolilikning uch darajasi haqida fikr yuritiladi:
Birinchi darajada о‘qituvchi о‘zi muammoni qо‘yadi, uni shakllantiradi va muammo mustaqil ravishda uning yechilish yо‘lini qidirishga yо‘naltiradi.
Ikkinchi darajada о‘qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, о‘quvchilar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar.
Uchinchi daraja - oliy daraja bо‘lib, unda о‘qituvchi shunday qoidani kо‘zda tutadi: muayyan muammoni kо‘rsatib bermaydi, balki unga muammoni «rо‘barо‘» qiladi hamda ularni mustaqil ijodiy faoliyatga yо‘naltiradi, ularni boshqaradi va natijani baholaydi. O‘quvchilar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar.
Muammoli о‘qitish yetarli darajada samarali bо‘lishi uchun u yaxlit о‘quv-tarbiya jarayonining uzviy qismi bо‘lishi kerak.
Muammoli ma’ruzalar о‘tkazish jarayonida о‘quvchilarda ijodiy faoliyatga zarur bо‘lgan motivlar, qimmatli yо‘l-yо‘riqlar va yо‘llanmalarning shakllanganligi muhim о‘rin egallaydi. Ma’ruzani о‘tkazish uchun shunday tayyorgarlik kо‘rish kerakki, о‘quvchilar tayyor bilimlarni chaqqonlik bilan harakat usullariga aylantira olsin. Bu didaktik maqsadga erishish uchun о‘quvchilarni yechimlarni qanday shakllantirishlariga, tushunchalar yechimining qanday usullari borligiga, u yoki bu ifoda qaysi talablar asosida qoniqtirilayotganiga, dastlabki omil, argumentlar hamda xulosalarga diqqatni jalb qilish lozim.
Muammoli о‘qitishning talablar darajasidagi sifatini ta’minlash, о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirilgan axborotlar bо‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida seminarlar о‘tkazish mumkin.
Fikrlash usullarini rivojlantirishga qaratilgan seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik kо‘rishda о‘qituvchi quyidagi masalalarni qamrab olgan va jiddiy о‘ylangan ssenariysini ishlab chiqadi:
о‘quvchilarning muammoni yechishda qatnashishi uchun yetarli bо‘lgan bilimlarini yuzaga chiqarish qobiliyatini hamda bilimlarni yuzaga chiqarish uchun zarur bо‘lgan vazifalarni tavsiflash;
о‘quvchilardagi bilimlarni yuzaga chiqarish asosida muammoga va muammoni ifodalashga kirishish;
muammoni tо‘g‘ri hal qilishning sо‘nggi xulosasi (qarori) - natijasini shakllantirish;
masalani tо‘laligicha yechishni ta’minlaydigan muammoni shakllantirish;
muammo tarkibidagi muammolarga javoblardan iborat oraliq xulosalarni shakllantirish;
muammo tarkibidagi muammolarning yechilishida tо‘g‘ri javoblarni ta’minlovchi muammo savollarini shakllantirish.
Seminar avvalida о‘qituvchi tayyorlab kelgan savollari yoki vazifalaridan foydalangan holda, о‘quvchilarda seminarda qatnashish uchun yetarli bо‘lgan bilimlarni yuzaga chiqaradi.
Avval boshdanoq qо‘yilgan muammoning о‘quvchilar tomonidan qabul qilinishini ta’minlash uchun muammoni qо‘yishda uni yechish uchun urinib kо‘rishni tashkil etish tavsiya etiladi. Bu bilan о‘qituvchi kutilayotgan yechimni о‘quvchilar bilan tahlil qiladi, ularda kо‘ringan qiyinchiliklarni aniqlaydi. Muammoni yechishdagi dastlabki urinish natijasida о‘quvchilar uni yengilgina yechish mumkin emasligini aniqlaydilar. Bunda muammoli vaziyat о‘quvchilar uchun muammoni yechish usullarining keyingi izlanishini avj oldirish zarurligining ichki ruhiy asoslanishi bо‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchi muammoli savol qо‘yib, unga javob olishi bilanoq tо‘g‘ri va notо‘g‘ri javoblarni baholamasligi, balki о‘quvchilardan savollarga har tomonlama keng javob talab qilishi kerak. Agar о‘quvchi kutilgan muayyan javobni tayinli asoslay olmasa, bu javobga xayrihoh bо‘lgan boshqa о‘quvchilarni ham aniqlab, ularga birgalikda shu javobni asoslashni taklif etadi. Shunday qilib, muammoli savolga javob topishni tashkil etish о‘zida muntazam qо‘yilgan qadamlar modulini birlashtiradi. Ular quyidagilar:
muammoli savolni qо‘yish;
qо‘yilgan savollarga javob topish va asoslash bо‘yicha о‘quvchilarning fikrlashga urinishlarini tashkil etish;
javoblarning tanqidiy tahlilini tashkil etish, ularning kuchli va kuchsiz jihatlarini aniqlash;
kelishilgan pozisiyani ishlab chiqish - eng tо‘g‘ri javobni aniqlash maqsadida javoblarni о‘zaro qiyos qilishni tashkil etish.
keyingi muammoli savolni qо‘yishga о‘tish.
O‘qituvchi tashkil etgan bunday mujassamlangan harakatlarni bajarish jarayonida о‘quvchilarning tafakkurlarida rivojlanish yuz beradi.
Muammoli о‘qitishdan foydalangan holdagina о‘quvchilarda о‘quv muammolari va kasbiy vazifalarini yechishda ilmiy tekshirish jihatdan yondashuvni tarbiyalash, mustaqil bilish malakasi va metodlarini shakllantirish mumkin. Muammoli о‘qitishni qо‘llash, bilishni tushunishni shakllantirishga yordam beradi, pedagogik ijod va kasbiy mahoratni rivojlantirishga psixologik va kasbiy tayyorlikni shakllantiradi.
Shunday qilib, muammoli о‘qitish, о‘quv jarayonini tashkil etishning shunday shakliki, unda о‘qituvchi boshchiligida muammoli vaziyat va bu vaziyatning yechilishidagi о‘quvchilarning samarali mustaqil faoliyati yuzaga keltiriladi.
Muammoli о‘qitishni tashkil etish natijasida о‘quvchilarda kasbiy bilim, malaka va kо‘nikmalar hamda fikrlash qobiliyatlarini о‘stirishning ijodiy imkoniyatlari yuzaga keladi.
Muammoli texnologiyani amalga oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish kerak bо‘ladi:
eng dolzarb, ahamiyatli vazifalarni tanlash;
о‘quv ishlarining barcha turlarida muammoli о‘qitishning о‘ziga xos xususiyatlarini belgilash;
muammoli о‘qitishning eng maqbul tizimini ishlab chiqish, darslik, о‘quv va metodik qо‘llanmalar, tavsiyanomalar yaratish; - shaxsiy yondashuv va о‘qituvchi mahorati.
Qо‘yilgan muammoni yechishning ishchi bosqichlarini quyidagi tahminiy ketma-ketlikda kо‘rsatish mumkin:
Muammoni yechishning umumiy yо‘li va bosqichlarini о‘ylab kо‘ring.
Eng avval kо‘rib chiqilishi lozim bо‘lgan muammo bо‘laklarini (yagona muammoni tahlil etish natijasida aniqlanadigan tarkibiy qismlarni) tanlab oling. Shundan keyin ularni ketma-ket kо‘rib chiqing.
Qanday faktlar vaziyatli masala, topshiriqni yechishda yordam berishi mumkinligini о‘ylab kо‘ring.
Faktlarni olishga qulay bо‘lgan manbalarni tanlab oling. Qanday axborot kerakligini aniqlang, shundan keyin birinchi navbatda tadqiq etish lozim bо‘lgan ma’lumotlarni ajratib oling.
Muammoni yechishga kalit bо‘ladigan turli fikr va g‘oyalarni taklif eting.
Muammoni yechishga kо‘maklashuvchi g‘oya-fikrlarni tanlab oling.
G’oya-fikrlarni tekshirish va amalga oshirishning barcha imkoniyatlarini о‘ylab kо‘ring.
Tekshirishning eng maqbul yо‘llarini tanlab oling. Tekshirishning eng maqbul yо‘llarini tanlaganda, eng avval isbotlab bо‘linganlarini tekshirib olish kerak.
Yechimni amalga oshirishga kо‘maklashuvchi yoki tо‘sqinlik qiluvchi barcha mumkin bо‘lgan tasodifiyliklarni kо‘z oldiga keltiring.
Uzil-kesil yechimni va uni amalga oshirish-bajarish yо‘lini tanlang.
Bilish jarayonida aniq qо‘yilgan savol yoki savollar kompleksi odatda muammo, bilish esa bir savolga topilgan javob yordamida ikkinchi bir savol javobga о‘tish ketma-ketligi deb tushuniladi. Har qanday izlanish esa odatda «muammo», «izlanish», «yechim» kо‘rinishidagi ketma-ketlik orqali ifodalanadi. Bundan kо‘rinadiki, aniq, ravshan qо‘yilgan muammo uni hal etishda muhim ahamiyatga ega.
Muammolarni quyidagi uchta belgi orqali turlarga bо‘lish mumkin :
muammo avvaldan ifodalanganligi;
bu muammoni hal etish uslubining mavjudligi;
yechim haqidagi tasavvurning qanchalik tо‘liqligi.
Keltirilgan belgilarning ma’lum (+) yoki noma’lum (-) ligiga qarab muammolarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |