Hissiy rivojlanish bosqichida bola:
«men» konsepsiyasini anglashi;
o`zgalar va o`z hislarini anglashi lozim.
Nutq, o`qish va savodga tayyorgarlik yo`nalishi
Mazkur yo`nalishda rivojlanish jarayoni quyidagi bosqichlar orqali kechadi:
nutq — bunda bola so`zlashuv tiliga zarur darajada ta`sirlanadi, so`zlarni tushuna boshlaydi va
atrofdagilar bilan muloqotga kirishadi;
o`qish va savodga tayyorgarlik — bunda bolada bosma materiallar, yozuv belgilari va harflarga
bo`lgan qiziqish rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |