11 - mavzu: XIII asrda mugul davlati va uning istilolari.
( 2 soat ma’ruza).
Asosiy savollar:
Mugul kabilalarining xayoti va ijtimoiy tuzumi.
Chingizxonning tatar-mugul kabilalarining birlashtirilishi va davlatni idora kilishi.
Mugullarning Chingizxon vafotidan keyingi istilolarining Yevropa va Osiyodagi axamiyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Mugul, kushxona, kure, noyonlar, bagaturlar, navkar, xarachu, urug ittifoki, xon, «xarbiy demokratiya», xiroj, «kuchmanchi feodalizm», zodagon, rezerv, Timuchin, votchina, mingboshi, Moraviya, vengr koroli, lennik, «imperiya», bek, sirkulyar, xristian, ulus, «Darband darasi», ekspluatasiya, poloves, aillar, kuren.
Asosiy savol :
Mugul kabilalarining xayoti va ijtimoiy tuzumi.
Maksad: Mugul kabilalarining xayoti xakida aytib berish, ularning ijtimoiy tuzumini ochib berish va mugullarning urta asrlarda tutgan urniga baxo berish.
Identiv ukuv maksadlari:
Mugul davlatining tashkil topishi xakida biladi.
Mugul kabilalarining xayoti juda katta axamiyatga ega ekanligini tushunadi.
Ularning ijtimoiy tuzumini aniklaydi.
Mugullarning urta asrlarda tutgan urniga baxo beradi.
1 – asosiy savolning bayoni:
XII asrda xozirgi Mongoliya, Manjuriya territoriyasida va Sharkiy Sibirning Janubiy kismida mugullarning kup sonli kabilalari istikomat kilar edilar. Mugullarning kupchilik kismi dashti-biyobonda yashab, chorvachilik, yilki, koramol va kuy-echki bokish bilan shugullanar edi. Mugullarning bir kismi urmonlarda yashab, muynali xayvonlar ovlar va balikchilik kilar edi. Dasht mugullari kuprok sonni tashkil kilib, ancha rivojlangan edi. Ular urmonlarda yashovchi mugullar ustidan xukmronlik kilib ulardan majburiy suratda muyna soligi olardilar.
XII asrdagi mugullarning ijtimoiy tuzumida urugchilik tuzumining xususiyatlari xali juda kurinib turardi. Kuchmanchi mugullar urug-urug bulib yashardilar. Kuchmanchi mugullarning manzillari kuren (kushxona)dan, ya’ni urug boshligi – oksokol utovi tevaragida gurux-gurux bulib joylashgan bir necha unlab yoki xatto yuzlab utovlar yigindisidan iborat bulardi. Urugchilik kasosi mugullar xayotida juda katta axamiyatga ega edi. Ularning dinida avlod-ajdodlar ruxiga siginish katta urin tutardi. Xar bir urugning izzat-xurmat kiladigan uz xudolari – eng shuxrat kozongan urugdoshlari orasidan chikkan ajdodlari bulardi.
Birok XII asrning ikkinchi yarmida – XIII asr boshlarida mugullarning ijtimoiy tuzumida urugchilik munosabatlari sezilarli darajada yemirila boshlaganligi kurinadi. Kuchmanchilarning urugchilik kureni urniga yakka-yakka xoldagi kuchmanchi xujalik – aillar tobora kupaydi; odatda ail uzining kuy-echki podasi va yilkisiga ega bulgan katta patriarxal oiladan iborat bular edi. Urugchilik yemirila borishi natijasida boylar, ya’ni n o y o n l a r va b a g a t u r l a r n i n g dongdor oilalari ajralib chikadi. Noyonlarda ma’lum mikdorda kul (xarachu)lari bulardi. Noyonlar tevaragida drujinachilari -–navkarlari bulardi. Noyonlar bilan bagaturlar urdaga (uruglar ittifoki) boshchilik kilardilar. Urdalar uz navbatida ancha yirik kabila ittifoklari uyushgan edilar. Bu yirik kabila ittifoklari tepasida x o n l a r turardilar. Xonlar va ularning tevaragida xarbiy – kabila zodagonlari buysundirilgan kabilalardan xiroj olardilar. Mugullarda davlatning varvarlik formasi ana shu tarika vujudga keldi. Bu davlat boshda «xarbiy demokratiya» xususiyatlariga ega bulib, bu uziga xos mugul feodalizmi («kuchmanchi feodalizm») yanada rivojlana borishi bilan xarbiy demokratiya asta-sekin buziladi va axamiyatini yukotadi. Ittifokchi kabilalarning zodagonlari vakti-vakti bilan aloxida syezdlarga, ya’ni kurultoylarga yigilardilar. Kurultoylarda xonlarni saylardilar, dushman kabilalar va xalklar bilan urush va yarash masalasini xal kilar edilar. Ba’zan gunoxkor deb topilgan ayrim noyonlar va xatto xonlarning uzlarini sud kilardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |