113
Juz’iy
tasdiq
xukm
I
Ba’zi S–R
S - R
x(S(x)
P(x)) -
S
R
Juz’iy
inkor
xukm
O
Ba’zi S–R
emas
S - R
x(S(x)
)
)
(
x
P
-
+ S
R
Predikatning mazmuniga ko’ra oddiy xukm turlari.
Ular quyidagilardan iborat: atributiv
xukmlar, mavju’dlik xukmlari va munosabat xukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) xukmlarda
biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko’rsatiladi. Shuning
uchun atributiv xukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi)
yoki kirmasligi
(mansub emasligi) xaqidagi xukm deb ta’riflasa Bo’ladi.
Masalan: «Xamma daraxtlar o’simliklardir» va «Xech bir o’simlik xayvon emas».
Birinchi xukmda daraxtlarning o’simliklar sinfiga kirishi xaqida fikr bildirilsa,
ikkinchi
xukmda o’simliklar va xayvonlar sinfining o’zaro xech qanday umumiylikka ega
emasligi xaqida fikr bildirilgan.
Ikkita, uchta va xokazo predmetlar o’rtasida muayyan munosabatlarning Bulishi yoki
Bulmasligini ifodalagan xukmlarga munosabat xukmlari deyiladi. Masalan: «Butun
Bulakdan katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi xukmda «kattalik»
munosabati
butun va Bulak o’rtasida Bulishi tasdiqlansa, ikkinchi
xukmda uch soni bilan ikki
sonining munosabati xaqidagi fikr tasdiqlangan.
Munosabat xukmlari sifatiga ko’ra tasdiq yoki inkor xukm turlariga Bulinadi.
Tasdiqlovchi munosabat xukmlarida predmetlar o’zaro muayyan munosabatda ekanliklari
xaqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat xukmlarida esa predmetlar o’rtasidagi
muayyan munosabatlarning mavjud emasligi xaqida fikr bildiriladi.
Munosabat xukmlari miqdoriga ko’ra xam turlarga Bulinadi. Xususan, ikki o’rinli
munosabat xukmlari miqdoriga ko’ra yakka-yakka,
umumiy-umumiy, xususiy-xususiy,
yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga Bulinadi.
Masalan: «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Gruppamizning
xar bir studenti
fakultetimizdagi xamma o’kituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Gruppamizdagi
ba’zi talabalar ba’zi xind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy). «Tarix
o’kituvchisi gruppamizdagi xar bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do’stim
ba’zi masalalarni echa oladi» (yakka-juz’iy); «Gruppamizdagi xamma talabalar ingliz
tilini o’rganadilar» (umumiy-yakka); «Gruppamizdagi ba’zi
talabalar frantsuz tilini
o’rganadilar» (juz’iy-yakka); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining
xar bir o’yinchisini biladilar» (juz’iy-umumiy).
Uch o’rinli, to’rt o’rinli va xokazo munosabat xukmlari xam yuqoridagi kabi turlarga
Bulinadilar.
Atributiv va munosabat xukmlaridan boshqa yana mavjudlik xukmlari (Kutubxonada
mantiq darsligi bor), ayniyat xukmlari («A-B» ko’rinishda Bo’lgan) va modal xukmlar
(extimol yomgir yogadi) ni ko’rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qat’iy xukm
turlari sifatida talqin qilinadi. Biz bu xukm turlarini aloxida ko’rib
chiqmaymiz, chunki
mavjudlik xukmlarini ko’pincha atributiv xukmlar ko’rinishida, ayniyat xukmlarini munosabat
xukmlari ko’rinishida talqin qilish mumkin.
Shuningdek, oddiy xukm turlari sifatida ajratib ko’rsatuvchi
va istisno kiluvchi
xukmlar xam farqlanadi. «Gruppamiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada
114
qatnashadi». Bu ajratib ko’rsatuvchi xukmdir. «Mantiq tarixi»
kursidan boshqa xamma
o’qitiladigan fanlardan darsliklar etarli». Bu istisno qiluvchi xukmdir.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: