1.2. O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy
hayoti
O’rta Osiyoda hududida yashagan xalыlar o’tmishini davrlar silsilasidan holi
chegaralangan ko’rinishda kechgan deb tasavvur qilish mumkin emas. Tarixiy
jarayonlarni o’rganishdagi yondashuvlar keyingi yillarda sifat jihatidan yangi
nazariya – ijtimoiy tuzumni qaytadan tasniflash masalasini ham taqozo etmoqda.
O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti masalasida, XIX asr 80 yillaridan
buyon qator tadqiqotchilar tomonidan turli xil fikrlar aytilgan. Ushbu tadqiqotlar
natijasida, ko’chmanchilar jamiyati tuzilishida kuchli sosial- iqtisodiy
differensasiya mavjud bo’lib, ular jamiyati urug’ qabila tuzumining yuqori
cho’qqisi - harbiy demokratiya ko’rinishida bo’lganligi, quldorlik tuzumi miloddan
avvalgi V asrdan boshlangani, keyingi davrdagi jamiyat tuzilishi harbiy
demokratiya yoki ilk feodal-patriarxal ko’rinishida bo’lganligi kabi xulosalar
chiqarilgan
14
. Biroq, hanuz ushbu masalalarda yagona, o’z tasdig’ini to’liq topgan
ilmiy fikrga kelinmagan.
B.A. Litvinskiy ko’pgina sak qabilalari sinfiylik belgilari mavjud bo’lgan
jamiyatda yashaganligini takidlaydi
15
. G.Ye. Markov, O’rta Osiyoliklar jamiyatida
mulkiy tabaqalanish mavjud bo’lsada, tabaqaviy va sinfiy differensasiyaning sust
rivojlanganligi, chorvaga nisbatan xususiy mulkchilik saqlangan holda, yer –
yaylovlar umum jamoa, qabilaga tegishli bo’lgani, boy chorvadorlarning yollanma
mehnatdan foydalangani, bir nechta qabilalarning harbiy ittifoqlarga birlashib,
ularning o’z qo’shini mavjudligi, dashtning ma’lum qismini nazoratda tutadigan
qabilaviy tashkilot faoliyati, jamiyatning asosi esa urug’chilik an’analariga
tayanishi kabi qator xususiyatlarni sanab ko’rsatadi. Ularga asoslanib muallif,
O’rta Osiyoliklarda kuchli mulkiy va ijtimoiy differensiya jarayoni va sinflar
tashkil topishi, ya’ni sinfiylik jamiyati mukammal tugallanmagan ko’rinishda
bo’lgan degan xulosaga keladi. S.P.Tolstov Xorazm bilan kuchli aloqada bo’lgan
14
Мамбетуллаев М.М. Кочевники Приаралья и их этнокультурные связи с Хорезмом // Культура номадов
Централной Азии. – Самарканд: 2008. – С.130., Хазанов А.М.Социальная история скифов. –М.: 1975. –С.
265.
15
Литвинский Б.А. Древние кочевники «Крыши мира»… –С. 194.
20
massaget qabilalarida sekinlik bilan davlatchilik shakllanganligini ta’kidlagan
16
.
Biroq, keyinchalik, bu fikrini tasdiqlaydigan materiallarning kamligi tufayli unga
turlicha e’tirozlar bildirilgan.
Gerodot, skiflarning o’z podshosi borligi, Plutarx ularning podsholaridan,
Idanfirs, Ateya haqida, Strabon esa ko’chmanchi skiflar podshosi Sirm haqida
ma’lumot berib, ularning oddiy odamlar ekanligini ta’kidlaydi. Sak va usunlarning
o’troq hayot tarzi bilan bog’liqligi haqidagi ma’lumotlar, ularda ijtimoiy
munosabatlar rivojlanganligini ko’rsatadi.
Shunday bo’lsada, O’rta Osiyo xalqlarining jamiyati miloddan avvalgi II asrdan
milodning VIII-IX asrlarigacha quldorlik bosqichi (jamiyati) ni bosib o’tganligi va
bu jamiyat harbiy quldorlik demokratiyasi shaklida rivojlanganligini, milodiy
eramizdan avvalgi I ming yilliklardagi ilk ular jamiyatini davlatchilikkacha bo’lgan
ittifoq, o’rta asr ko’chmanchilari jamiyatini esa davlatchilik ko’rinishiga ega
bo’lgan siyosiy tuzilma sifatida e’tirof etish mumkin. O’rta Osiyoliklar jamiyatida
sharq despotizmi deb atalgan holat ham o’troq dehqonchilikdagi kabi rivojlangan
shaklda bo’lmagan.
Milodiy eramizdan avvalgi I-ming yillik boshlariga kelib dastlabki davlat
konfederasiyalariga asos solinadi. “Avesto”da ular “turlar” deb nomlanadi. Antik
manbalarda Sirdaryo havzasi sak qabilalari konfederasiyasi tashkil topgan
hududlardan biri bo’lib, bu saklarning kamonda jang qiluvchi va undan bexato
otuvchi, mergan Yaksart saklari – saka-xaumavarkalar ekanligi ta’kidlanadi
17
. K.A.
Abdullayev ba’zi tadqiqotlarda saka-xaumovargalarni saka amyurgiyalar bilan
chalkashtirish hanuz davom etayotganligini uqtirib, ko’plab yozma manbalar tahlili
asosida, “xaoma iste’mol qiluvchi xaumovargalarning yashash joyi Sirdaryo o’rta
oqimida bo’lgan”,- deb ta’kidlaydi
18
.
O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi davlatchilikning asosiy xususiyatlari
Qang’ davrida shakllanadi. Qang’ to’g’risidagi ilk ma’lumotlar «Avesto»da
16
Тольстов С.П. Древний Хорезм. Опыт историко-археологического исследования. –М.: МГУ, 1948. -С.54.
17
Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая. Типографи Рис. Уязск. ., 1979 512
с.
18
Абдуллаев К.А. Культ хаомы в древней Центральной Азии.. –Самарканд.: Международны Институт
Центральноазиатских исследований. 2009. –С. 20-26.
21
uchraydi, bu manbada u Qangxa deb nomlanadi. Qang’ davlati asoschilari sak
qabilalari bo’lib, ular Jetiasar madaniyati vakillari bilan kuchli aloqada bo’lgan.
Miloddan avvalgi II va milodiy II asrlarda bu davlat tarkibiga Suse (Kesh-
Shahrisabz), Fumu (Zarafshon vodiysi), Yuyni (Toshkent vohasi), Gi (Buxoro
vohasi), Yuyegyan (Urganch shahri va atrofi) zabt etilganligi, unga qarashli Kan,
Mi, Sao, Unage, Mu kabi dehqonchilik viloyatlar bo’lganligi eslatiladi. Miloddan
avvalgi II-I asrlarda Orol dengizining shimoliy-g’arbiy va Kaspiy dengizining
shimolidagi Yan va Yansay yerlari ham Qang’ davlatiga qaram bo’lgan.
O’rta Osiyodagi davlatlar vaqtinchalik ahamiyat kasb etuvchi qabila ittifoqlari
tarzida mavjud bo’lgan. Bu qabila ittifoqlari ayrim vaqtlari tarqalib va yana
vaziyatga qarab qaytadan tashkil etilavergan. Bu siyosiy birlashmalarda xalq
yig’ini muhim rol o’ynagan. Xalq yig’inida barcha qurolli aholi qatnashib, unda
urush yoki sulh masalalari hal qilingan
19
. Ittifoqqa kiruvchi qabila boshliqlari
ishtirok etadigan qurultoy, muqaddas joyda, istehkomga yaqin yerda chaqirilib,
unda eski odat bo’yicha dasht podshohligiga nomzod saylangan, hukmron
unvonidan tashqari yangi davlat yoki ittifoq uchun nom ham qo’yilgan.
Ko’chmanchilarda esa qabila oqsoqollarining ma’qullashi bilan taxt odatda
otadan o’g’ilga emas,balki ushbu sulola (xonadonning) yoshi katta (birinchi avlod)
vakiliga, xususan, akadan ukaga, amakidan jiyanga meros qolar edi. Bu tartib bitta
oila qo’lida davlat boshqaruvining saqlanib qolmasligini ta’minlagan. Hokimiyatni
hukmron sulola qo’lida jamlash prinsipi Markaziy Osiyoning ko’chmanchi
davlatlarida boshqaruvning an’anaviy usuli bo’lib, u ikki yoqlama samara berardi.
Ya’ni bir tomondan, ko’chmanchi chorvachilik hukmron bo’lgan sharoitlarda
boshqaruvning va mudofaaning barqarorligi ta’minlansa, ikkinchidan, sulolaning
o’z ichida ham nisbatan osoyishtalik ta’minlanar edi.
Antik davrning yirik siyosiy birlashmasi – Qang’ davlatida o’lkalar viloyatlarga
bo’linib, chorvador qabilalarga qarashli hududlar jabg’ular tomonidan
19
Шайдуллаев Ш., Омонтурдиев Ш. Ўрта Осиё кўчманчи халқларининг сиёсий бирлашмалари //Марказий
Осиё деҳқончилик ва дашт цивилизациясининг ўзаро муносабатлари илмий назарий анжуман материаллари
–Самарқанд: 2011. –Б. 88.
22
boshqarilgan. Jabg’ular odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan tayinlangan
20
. O’troq
aholi yashaydigan viloyatlarni boshqarish esa mahalliy hokimliklar tasarrufida
qoldirilib, ular hoqon tayinlagan tudanlar nazoratida markaziy hokimiyatga
muntazam soliq to’lab turgan.
.
Xitoy manbalarida Qang’uy podsholari mamlakatni oqsoqollar kengashiga
tayanib boshqarganligi eslatiladi. Bu kengashda qabila boshliqlari, harbiy
sarkardalar faol qatnashib davlat hokimiyatiga molik masalalar hal etilgan. Podsho
hokimiyati maslahat majlisi bilan hamkorlikda ish yuritgan. Bu boshqaruv usuli
tarixda harbiy demokratiya prinsiplari asosida tashkil topgan davlat tizimi, deb
nom olgan
21
. Davlatni boshqarishda avvalo, hukmron sulola a’zolari hamda ular
tomonidan barpo etilgan boshqaruv tizimi yordam berar edi.
Manbalarning ma’lumot berishicha, u to’rtga bo’lingan. Ya’ni, qarindoshlar:
hoqonga ittifoqdosh bo’lgan qabila va halqlar; hoqonning o’ng tomonida o’tiruvchi
amaldorlar va ma’muriy hodimlar; hoqonning chap tomonida o’tiruvchi amaldorlar
va xodimlar
22
. Ko’chmanchilarda davlat vujudga kelishi, qo’shni qabilalarni ham
buysundira olgan jasur, barcha ishlarda tadbirkor va omadli sardor boshqaruvidagi
bir qabilaning kuchayishi bilan ham bog’liq bo’lgan.
Antik davrning oxirlariga kelib yangi (navbatdagi guruh – xioniy, kidariy,
eftaliy kabi) qabilalarning kirib kelishi bilan, hokimliklar avval mahalliy sulolalar
tomonidan boshqarilgan bo’lsa, keyinchalik ular turkiy sulolalar qo’liga o’tadi
23
.
Antik davrda O’rta Osiyoga ko’chmanchilarning kirib kelishi bilan oldindan
shakllanib kelayotgan turkiy udumlar asosidagi ko’pgina davlat boshqaruv
tartiblari (Qang’ davrida), aniq qiyofa kasb etib, sayqal topgan. Bu holat
ko’chmanchilarning keyingi (turklar) kirib kelish bosqichlarida ancha aniq
namoyon bo’ladi.
O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy tizimi qanchalik puxta va mukammal
bo’lmasin siyosiy jipslikka tobora rahna tushardi. Bu jarayon, xukumat umumxalq
manfaatini ko’zlagan takdirda ham o’z mevasini bermasdan qolmas edi. Ushbu
20
Шониёзов К.Ш. Қанғ давлати ва қанғлилар. – Тошкент: Фан, 2000. –Б.98.
21
Асқаров А.А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. – Тошкент: Университет, 2007. –Б.167.
22
Эшов Б. Ўзбекистон давлатчилик тарихи. – Тошкент: Маърифаат, 2009. –Б. 198.
23
А.Асқаров. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи… –Б.236.
23
o’ziga xoslik zaminida ishlab chiqarish darajasining pastligi hamda urug’chilik
turmush tarzining saqlanishi yotardi.
O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy tuzumini feodal munosabatlar vujudga
kelishining ilk ko’rinishi deyish mumkin.
Gerodot, skiflar podshosi vafot etsa, u bilan birga ellik nafargacha xizmatkori,
qo’riqchilari va ko’plab sara otlari qo’shib dafn etilganini yozadi
24
. Boy
chorvadorning xo’jaligida yollanma xizmatkorlar va qullar ham bo’lgan. Ammo
ko’chmanchi xo’jaliklarda qullarning qochib ketmaganligidan
25
unga munosabat
yomon bo’lmaganligi va uning ahvoli ham og’ir bo’lmaganligini ko’rsatadi.
Xullas, antik davrda O’rta Osiyo xalqlari jamiyatida ijtimoiy munosabatlar
jadallashgan. Bu davrda ko’chmanchilarning kirib kelishi, o’zbek davlatchiligiga
xos ijtimoiy-siyosiy munosabatlar yanada sayqal topishida muhim ahamiyat kasb
etgan. Bu an’analar asosidagi boshqaruv tartiblari ulkan hududlarni yagona tizimga
keltirib, tarqoq ellarni birlashtirishga xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |