1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
TARIX FAKULTETI
Umumiy tarix kafedrasi
“Ximoya qilishga ruxsat beraman”
Tarix fakul’teti dekani
«_____»______________2013
5140600-Tarix
MAVZU: O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR TARIXINI
O’RGANISHDA YUNON TARIXCHILARI ASARLARINING
O’RNI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Bajaruvchi:
Mirzayev Sherzod
Ilmiy rahbar:
Toshboyev Furqat
BMI “Umumiy tarixi” kafedrasi yig’ilishining № 10 sonli
qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan.
Kafedra
mudiri
v/b: F.Toshboyev
Jizzax – 2013
2
A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti, tarix
yo’nalishi IV-kurs bitiruvchisi Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari
antik davr tarixini o’rganishda yunon tarixchilari asarlarining o’rni”
mavzusida yozgan bitiruv-malakaviy ishiga
TAQRIZ
Tarixiy voqyeligimiz - ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bulaming
barchasi, o’quvchi va talaba yoshlami tarbiyalashda muhim qadriyatlarimizga
qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. O’rta Osiyo qadimdan
o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo xalqlarini o’ziga rom etib,
kelgan markazlardan biri bo’lgan.
O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat pay do bo’lgan ilk
markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa
arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish,
dunyoda hyech bir xalqdafi kam emasligini anglash imkonini berdi.
Mirzayev Sherzodning “O’rta Osiyo xalqlari antik davr tarixini o’rganishda
yunon tarixchilari asarlarining o’mi” mavzusidagi bitiruv - malakaviy ishi bugungi
kunda o’rganilishi lozim bo’lgan dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Bitiruvchi
mavzuni yoritishda 2 bob, 4 banddan iborat reja tuzgan va ishning yangiligi
sifatida mavzuni o’rganishning zamonaviy usulidan foydalangan. Ishning oxirida
albatta xulosa qismi va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati keltirilgan bo’lib ishning
birinchi bobi “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi tarixshunosligi” deb
nomlangan va uning bandlarida O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi ijtimoiy-
siyosiy tarixi tarixshunosligi va O’rta Osiyo xalqlarining antik davrdagi madaniy
hayoti to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Urta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki
nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor
hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bilan
o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebaho-dir. Axir, bu
yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ulaming qo’li tekkan. Ularda
bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz.
3
Ikkinchi bob “O’rta Osiyo xalqlarining antik davr tarixi haqida manbalar” deb
nomlangan bo’lib, uning bandlari Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari
tarixining yoritilishi, Arrian, Diodor, Strabon, Poliyen, Pompey Trog, va Yustin
asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining tarixi, Kvint Kursiy Ruf, Plutarx asarlarida
O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi haqidagi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni
tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning
tutgan o’miga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali
inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini
yaxshi bilsa, bunday insonlami yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish
mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini
mustahkamlaydi».
Tadqiqotning bosh maqsadi O’rta Osiyo haqida hikoya qiluvchi grek va Rim
adabiyoti namunalarini tahlil qilishdan iborat.
Talabaning mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega ekanligi va mavzuga oid tarixiy-
ilmiy manbalami tahlil qilish va undan o’ziga hos xulosalar chiqara olganligi
diqqatga sazovordir.
Yuqoridagilami hisobga olgan holda men ushbu talabaning mazkur bitiruv
malakaviy ishini ijobiy baholayman.