O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 182,3 Kb.
bet16/19
Sana29.12.2021
Hajmi182,3 Kb.
#86611
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid-fayllar.org

POMPEY TROG VA YUSTIN 

 

Qadim So’g’diyona tasviri va Urta Osiyoning antik davrlarida ruy bergan 



voqyealar Pompey Trog va Yustin asarlarida alohida mahorat bilan chizib bernladi. 

Bu ikkala ulug’ adib ijodining biri ikkinchisining davomidir. Ya’ni Pompey Trog 

ijodining davomini Yustin ijodida ko’ramiz. 

Pompey Trogni biz Yustin ijodi orqali taniymiz. Uning 44 kitobdan iborat 

«Filipp tarixi» asari turli xil sabablarga ko’ra keyinchalik yo’qolib ketgan. Pompey 

Trog bu asarini eramizning 7-yillarida yozdi. Uning hayotiga oid juda kam 

ma’lumotga egamiz. Pompey Trog Narbon viloyatining Galli elida yashab o’tadi. 

Uning bobosi Sertori jangida jasorat ko’rsatganligi tufayli imperator Gney Pompey 

tomonidan Rimning grajdanlik huquqiga ega bo’lgan edi. Uning amakisi 

Mitridatov jangida Gney Pompey sarkardaligidagi otliq qo’shinning bir qismiga 

boshliq qi-lib tayinlanadi. Uning otasi imperator Yuliy Sezar davrida kotib va 

tarjimon bo’lib ishlaydi. 

Pompey Trogning «Filipp tarixi» asarida asosan Filipp va Aleksandr 

Makedonskiy davrida yuz bergan voqyealar tasvirlanadi. Muximi shundaki, asarda 

faqat Makedoniya tarixi o’z ifodasini topib qolmasdan, o’sha davrda va undan 

keyin yashab o’tgan shohlar hayoti haqida ham qiziqarli voqyealar tasviri beriladi. 

Shuningdek, asardan Filipp II hayoti va uning harbiy yurishlari, Aleksandr 

Makedonskiyning Osiyodagi tarixiy sarguzashtlarga boy xayoti keng o’rin olgan. 

Hatto o’z zamonasi, Avgust asri bilan bog’liq bo’lgan voqyealar ham qalamga 

olnnadi. 

Pompey Trogning «Filipp tarixi» asari syujeti bilan ham biz asosan Yustin 

asari orqali tanishamiz

54

. Muximi shundaki, Yustin asarining ham ko’p sahifalari 



yo’qolib ketgan. Keyinchalik boshqa bir noma’lum tadqiqotchi bu asarning kam-

chiliklarini, yo’kolib ketgan sahifalari o’rnini to’ldirishga harakat qilgan. Shu bilan 

                                                 

54


 Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 206-211с 


 

58



Yustinning nomini jahonga tanitgan Pompey Trogning «Filipp tarixi» asaridir. 

Pompey Trogni jahonga tanitgan esa Yustinning «Pompey Trog epitomi» nomli 

asa- ridir. Pompey Trog haqida qisqagina ma’lumot bergan Yustin o’zi haqida 

lom-lim demaydi. Shu tufayli biz Yustin haqida juda' kiska ma’lumotga egamiz. 

Uning Avgust asridan keyin eramizning I—II asrlarida Rimda yashab o’tganligi 

ma’lum, holos. 

Bu ikki adib o’z zamonasida unchalik katta obro’-e’tibor topmagan bo’lsa 

ham, Urta asrlar va Renessans davrlariga kelib, nomlari ko’pchilikka tanish bo’lib 

qoldi. Yustin hayotining ko’p qismi Avgust asri va undan keyingi davrlar adabiyoti 

va san’atining rivoji bilan bog’liqdir. Ma’lumki, eramizdan avvalgi 31 yilda o’ziga 

«Avgust» degan muqaddas nomni olgan Rim imperatori Oktavian adabiyot va 

san’atning ravnaq topishi va gullab-yashnashiga aloxida e’tibor bilan qaragan. 

Imperator zamonasining ulug adiblari va buyuk san’atkorlarini o’z qoshiga 

chorlab, adabiyot kechalari va san’at anjumanlari o’tkazib turardi. Jaxrn 

adabiyotiga Vergiliy, Gorasiy, Ovidiy kabi buyuk so’z san’atkorlarini yetkazib 

bergan Avgust asri yana o’zining son-sanoqsiz katta-kichik ijodkorlari bilan 

e’tiborga loyiq

55


Yustin o’z zamonasining adabiyot va madaniyat ahllari bilan yaqin aloqada 

bo’lgan. Uning «Pompey Trog epitomi» ni varaqlab chiqsak, muallifning katta 

iste’dod va ilm-ma’rifat egasi bo’lganligini anglaymiz. Uning Pompey Trog 

ijodiga alohida hurmat bilan qaraganligining o’zi fikrimizning isbotidir. 

Yustin tarixni juda yaxshi bilgan, ayni paytda, mahoratli yozuvchi edi. 

Tarixchi sifatida Pompey Trog hikoya qilingan tarixiy voqyealarning asoslarini 

puxta o’rgangan va ularga o’zining munosabatini bildirgan bo’lsa, yozuvchi 

sifatida Pompey Trog asaridagi badiiy tasvirlarning davomchisi sifatida ko’zga 

tashlanadn. Chunki, asardan yo’qolib ketgan ko’pgina sa-hifalarning badiiy 

xususiyatlarini va ifoda vositalarini tiklashga harakat qilgan. 

                                                 

55

 Юстин. Эпитома Помпей Трога, 212-215 




 

59



U Pompey Trog asaridagi badiiy epizodlarni o’zining mustahkam g’oyaviy 

pozisiyasida turib tahlil etadi. Mana shu belgi va xususiyat Yustin 

dunyoqarashining kengligidan, bi-limining chuqurligidan darak beradi. Aks holda, 

unga Pompey Trogning tarixiy romanini o’rganish va unga badiiy jilo berish nasib 

etmagan bo’lardi. Muximi shundaki, Yustin o’z sa-lafining romanini qayta kashf 

etadi, kerakli o’rinlarda unga badiiy jilo beradi. Hatto Pompey Trog asaridagi 

ayrim xom, maromiga yetmagan epizodlar Yustin ijodxonasida pishib yetiladi, 

yozuvchining tasvir uslubida yoritiladi. 

 Yustin Pompey Trogning dardiga sherik bo’lganligini, ayrim lavha-larni 

hamdard bo’lib, u bilan birgalikda bitganligini ko’ra-miz. Yana shunisi 

xarakterliki, Yustin o’ziga yoqmagan ayrim lavhalarni o’z salaflarining asaridan 

olib tashlagan. yoki boshqa o’rinlarda bunday badiiy lavhalarga qaytadan ishlov 

bergan. Ba’zi bir o’rinlarda boshqacha holatga duch kelishimiz ham mumkin. 

Romandagi katta-katta badiiy lavhalarni, tarixiy voqyealar tasvirini o’zi yaratadi. 

Shuning uchun ham Yustinning xizmati Pompey Trog mehnatidan qolishmaydi. 

Shu tufayli bo’lsa kerak, Yustin nomi jahon adabiyotida katta hurmat bilan tilga 

olinadi. Chunki, Yustinning «Pompey Trog epitomi» asari o’ziga xos badiiy 

asardir. Hatto u g’oyaviy yuksakligi va badiiy go’zalligi jixatidan ayrim grek va 

Rim romanlaridan ustun turadi. Shuningdek, bu asar ilmiy xarakterga ega. Unda 

xalqlar tarixiga oid muhim ma’lumotlar bor. 

Biz uchun e’tiborli tomoni shundaki, So’g’diyona tarixi va O’rta Osiyoning 

antik davrlariga oid ayrim epizodlar romanda saqlanib qolingan. Albatta, badiiy 

lavhalarning hammasi emas, bu davrga tegishli bo’lgan ayrim sahifalar yo’qolgan. 

Shunday bo’lsa ham, biz saqlanib qolgan epizodlar yuzasidan ham ona 

yurtimizning tarixiga oid tegishli xulosalarni chiqarib olishimiz kerak. 

Pompey Trog va Yustin haqida qo’lga kiritilgan manbala-rimiz asosan 

shundan iborat. Bu ikkala adib hayoti va ijodi haqida yirik tadqiqot ishlari olib 

borgan atoqli rus olimi K. K. Zelin o’zining «Pompey Trog va uning,«Filipp tari-

xi»1 asarida bir qator muhim fikrlarni aytib o’tgan. Lekin tarixiy kundaliklar 


 

60



Makedoniyalik shoh Filipp II davridayoq muhim hujjatlarni saqlaydigan maxsus 

arxiv mavjud edi. 

Bu arxivda Filippning shaxsiy hayotiga oid va uning sal-tanatnga tegishli 

muhim hujjatlar qattiq nazorat ostida saqlanardi. Bu davlat ahamiyatiga ega 

bo’lgan xujjatlar orasida Filippning harbiy taktikasini belgilovchi, og’ir janglar 

tarixini o’rganuvchi va bo’lajak janglar rejasini ifodaloz-chi ma’lumotlar ham 

mavjud edi. Shuningdek, bu arxivda Yevro-padagi va Osiyodagi ko’pgina katta-

kichik mamlakatlarning joylashuz xaritasi, jugrofiy xarakterdagi boshka sxemalar, 

harbiy bo’linmalarning joylashuv holati mahorat bilan ishlab chiqilgan edi. Bu 

xujjatlar bilan tanishgan kishi Filippning katta harbiy kuchga ega ekanligiga, uning 

harbiy taktikasiga hayrat bilan qaramasdan iloji yo’q. Saqlanadigan hujjatlarning 

tuzilishi, saqlanish tartibi yosh Aleksandrii lol qoldiradi. 

 U barcha ilmlar singari janglar tarixi bilan ham yaqindan tanishishga 

kiziqadi. Janglar taktikasining nazariy asoslarini o’rganishga alohida diqqat kiladi. 

Bunday jang tasvirlari aksariyat hollarda badiiy ifodalardan iborat edi. Jang 

tafsilotlari qiziq-qiziq badiiy epizodlarda hikoya qilingan. Aleksandr bunday lavha-

larnp yoshligida berilnb o’qiydi. 12—13 yoshlar chamasida'gi Aleksandr katta 

qo’shinga qo’mondonlik qilib, dushman bilan bo’lgan jangda zafar qozonadi. 

Bo’lib o’tgan jang haqida otasp Filippga to’lib toshib hikoya kiladi. Shubhasiz, 

bunday g’alabaga erishishda otasi Filippning arxividagi janglar tarixiga oid 

xujjatlar muhim ahamnyatga ega bo’lgan. 

Arxivda Osiyoning fors va arab mamlakatlariga oid ma’lumotlar juda ko’p. 

Bunday ma’lumotlar grek—Rim adabiyotida xam istagancha topiladn. Chunki 

Gresiya xam, Rim xam bu mamlakatlar bilan deyarli qo’shni joylashgandn. 

Aleksandr davridan avval xam bu mamlakatlar o’rtasida o’zaro turli xil aloqalar 

mavjud bo’lgan. 

 

 




 

61



Download 182,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish