O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis o’quvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 364,5 Kb.
bet14/16
Sana29.12.2021
Hajmi364,5 Kb.
#81479
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
MEHNAT FAOLIYATI

2007-2011 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi

2011-2013 yy. - Narpay ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji o‘qituvchisi

2013-2017 yy. - Narpay ijtimoiy iqtisodiyot kolleji bo‘lim boshlig‘i

2017-2018 yy. - Narpay tumani 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabi psixologi

2018 y. –h.v. - Narpay tumani 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

So‘ngi marta o‘qigan badiiy kitob yuzasidan “Esse”
Yoshligimda bu asarni bir necha bor o’qiganman. Ba’zi qahramonlarga nafrat, ba’zilariga cheksiz mehr tuyganman. Sababi yoshlikda odam ko’proq his-tuyg’ulariga tayanar ekan. Oradan yillar o’tib, yana bu asarni qo’limga oldim. Bunga sabab esa 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mash’um urush haqidagi filmlar-u ko’rsatuvlar namoyishi bo’ldi. Turli filmlarda urush dahshatlari baholi qudrat ko’rsatib berilgan, lekin o’zbek xalqining urushdan chekkan sitamlarini, azoblarini qo’limdagi asardek tiniq ifodalamasligi aniq, menimcha.

Ushbu qadrdon asar O’tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanidir. Yaqinda qaytadan o’qiganim bu asardan yoshligimdagidan mutlaqo boshqacha taassurotlar uyg’ondi. Urush... Uning dahshatlari, keltirgan ofatlari u tugagandan so’ng ham insonlarni o’z domiga tortishiga guvoh bo’ldim bu safar. Garchi urush tugaganiga 20 yildan oshsa ham uning insonlar taqdiriga, achinarlisi fojiasiga sabab bo’lishini his qildim.

Insonning asl qiyofasi tinch, xotirjam kunlarda emas, tashvishli, sinovli damlarda namoyon bo’ladi. Ushbu asardagi Qora amma, Robiya, Bashoratxon kabi obrazlarda haqiqiy o’zbek ayolining sadoqati, sabri va matonatini ko’rgan bo’lsam, Ra’noning chigal taqdirida birgina xato, gunohning orqasidan butun umri azobga aylangan, sharmandalik tamg’asidan qutulolmay umri g’am bilan o’tgan ayolning holati ko’z o’ngimdan o’tdi. Afsuski, ba’zida kattalarning qilgan gunohlari farzandlari taqdiriga salbiy ta’sir ko’rsatishi bor gap. Xuddi shunday, Ra’noning qilgan xatosi badalini uning o’g’li Muzaffar va u ko’ngil qo’ygan qiz Munavvaraning to’lashi juda ayanchli.

Robiya. Ra’no vayron qilgan oila qo’rg’onini qayta tikladi, Ra’no tirik yetim qilgan go’dakka chin ma’noda onalik qildi. Buning uchun u o’zining sof muhabbatini qalbiga ko’mdi, singan ko’ngillarga malham bo’lishni odamiylik burchi deb bildi. Bir asarda mutlaqo bir-biriga teskari bo’lgan ayollar obrazlari. Aslida hayotda ham shunday, kimdir vayron qiladi, kimdir tuzatadi.

Qora amma. Bu ayol sabr, bardosh uchun yaralgan desak, yanglishmaymiz. Tilab olgan farzandini urushga yuborib, qaytib ko’rmagan. O’z o’g’li jondan ortiq sevgan qizni yolg’iz qolgan ukasiga o’z qo’li bilan turmushga berish uchun qanchalik bardoshga ega bo’lishi kerak ekan-a inson bolasi?!

Romandagi Orif oqsoqol, Husan duma, Kimsan kabi obrazlarda millatimizga xos bo’lgan oriyatlilik, jo’mardlik kabi xislatlar ufurib turadi. Ulardagi soddalik, beg’uborlik, halollik ham bizga begona emas.

Aslida asardagi barcha chigal taqdirlar, fojialarning ildizi bitta - urush. Garchi u yillar oldin tugagan bo’lsa-da, insonlar hayotiga, baxtiga chang solishda davom etadi. Demakki, inson qilgan xatosi, gunohlari uchun yakka o’zi javob bermaydi, bundan avlodlar ham aziyat chekishi mumkinligini yozuvchimiz Muzaffar va Munavvarning fojiasi misolida ko’rsatib beradi.

Insonning dunyoga kelishi va ketishi oralig’i xuddi ikki eshik orasiga o’xshaydi. Biridan kiradi,ikkinchisidan chiqib ketadi. Ammo bu ikki eshik orasida inson farzandi nimalarni boshdan kechirmaydi, deysiz. Kimdir yorug’ yuz bilan, kimdir afsus-nadomat yukini yelkasiga ortib chiqadi bu eshiklar orasidan. Asarni o’qir ekanman, insonga sadoqat, sabr-bardosh, imon,insof kabi tuyg’ularning naqadar zarur ekanligini, bu tuyg’ularsiz odam bolasi hayot mashaqqatlari va sinovlari oldida o’zligini yo’qotib qo’yishi mumkinligini teranroq angladim.


TASDIQLAYMAN”


Download 364,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish