O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Boshqaruv vaqtini boshqarish samarali tashkil etishning asosiy yo’nalishlari



Download 0,55 Mb.
bet4/12
Sana30.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#92130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MalakaQuva37

Boshqaruv vaqtini boshqarish samarali tashkil etishning asosiy yo’nalishlari.

Boshqaruv ishini oqilona tashkil etish boshqaruvda vaqtdan samarali foydalanish san’atini belgilaydi va bu ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Mehnatning ilmiy asoslangan me’yorlari boshqaruv apparatidagi har bir xodim ishini xolisona baholash, moddiy rag’batlantirishdan samarali foydalanish imkonini beradi. Biroq, boshqaruv sohasi, hatto, bitta boshqaruv funksiyasi doirasida o’z ichiga o’ta xilma-xil ish turlarini oladi.

Ayrim mehnat turlarini normallashtirishga yondashish differensiyalanishi lozim. Menejer mehnatining o’ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda, rahbarlar uchun boshqaruvchanlik me’yorini ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Me’yoriy miqdor va boshqaruvchanlik me’yori barcha darajadagi rahbarlar uchun ishlab chiqilishi mumkin. Miqdoriy me’yorlar yordamida boshqaruv funksiyasi bo’yicha xodimlarning umumiy soni aniqlanishi, boshqaruvchanlik me’yori yordamida esa xodimlarni joy-joyiga qo’yish mumkin.

Qulay ish tartibi va sharoiti. Boshqaruv mehnatining unumdorligi to’g’ridan-to’g’ri menejer mehnat qiladigan ish o’rnining holati va sharoitiga bog’liqdir. Ko’rib chiqilayotgan muammo ahamiyati ijtimoiy va iqtisodiy jarayonni boshqarish tizimida muhim sifat o’zgarishlari ro’y berganda bozorga o’xshash yangi tashkilotlar yuzaga kelishi bilan yanada kuchayadi.

Menejerning ish joyini oqilona tashkil etish boshqaruv faoliyatida imkon qadar qulay ish sharoiti tashkil etilishini ta’minlaydi, ish unumdorligini oshiradi. Hozir turli kategoriyadagi ma’muriy boshqaruv xodimlari uchun ish joylarini tashkil etishning besh mingdan ortiq tipovoy loyihalari ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari boshqaruv apparatida ish o’rinlarini tashkil etishda qator iqtisodiy, ergonomik, etik va estetik talablarga rioya etish lozim. Ergonomika aniq faoliyat apparatida inson va mashinaning o’zaro moslashishini o’rganuvchi fandir.

Mehnatning sanitariya-gigienik va estetik jihatdan qulay ish sharoiti.

Binoda kerakli xarorat darajasi saqlanishi, me’yorida yoritilishi, havo namligi, devorlar rangi, mebellar bir-biriga mos tushgan bo’lishi kerak.

Mebellarning qulayligi. Shaxsning xususiyatlarini hisobga olgan holda mebellarni o’lchami va shakliga ko’ra tanlab, ularni qulay joyga qo’yishdan iborat.

Orgtexnika vositalari. Ish joyi tegishli orgtexnika bilan jihozlanishi, shuningdek, undan samarali foydalanish texnologiyasi tashkil qilinishi zarur.

Mehnat va dam olishning oqilona rejimi. Menejerning me’yorga solinmagan ish kuni unga nisbatan ishga chiqishning moslanuvchan jadvalini tuzish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Menejer mehnati har qanday muassasa, tashkilot faoliyatining ajralmas qismi, ishlab chiqarish natijalariga ta’sir qiluvchi va menejment funksiyalarini tezkor bajarishga bog’liq faoliyatdir. Menejer mehnati aqliy va ijodiy xarakterga ega bo’lib, miqdoriy baholash bilan belgilanmaydi. Boshqaruv mehnati ishchilari bevosita moddiy boyliklar ishlab chiqarishmaydi. Boshqaruv mehnati natijasi mehnat jamoasi faoliyatining yakuniy ko’rsatkichlari yordamida baholanadi. Boshqaruv mehnatining aniq o’lchamini aniqlash qiyin,ayniqsa, u ijodiy xarakterga ega bo’lganda. Boshqaruv mehnati ishlab chiqarishning moddiy elementi emas, balki axborot, turli hujjatlar va boshqaruv qarori hisoblanadi. Menejer hamda texnik ijrochilar axborotni olish, qayta tiklash, uzatish va saqlash bilan shug’ullanadi. Ba’zan bir texnik axborotni tayyorlash mobaynida besh va undan ortiq bo’lgan formalashtirish, mehnatga haq to’lash, texnologiyani qayta ishlash, ish sifatini hisoblash, tekshirish bilan bog’liq operasiyalarga duch kelinadi.

Boshqarish – ma’lum maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, eng avvalo, odamlarni boshqarishda namoyon bo’ladi. Inson sotsial-iqtisodiy jarayonlarga ongli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Har qanday jamiyatda u bir vaqtning o’zida boshqarishning ham subyekti, ham obyekti bo’ladi, har qanday inson qanday ishni bajarmasin, baribir u jamiyat va jamiyatning barcha a’zolari tomonidan boshqariladi.

Har qanday pog’onadagi boshqaruvchi o’z xohishi bilan emas, balki xalq manfaati yuzasidan boshqaruvni amalga oshiradi. Huquqiy davlatda har kim jamiyat nazoratidan chetda qolmaydi, hatto yuqori pog’onadagi boshqaruvchi ham. Har qanday jamiyat a’zosi boshqariluvchi shaxs sifatida namoyon bo’ladi, chunki u muayyan bir jamoaga a’zo, shuningdek, boshqa tomondan ham boshqarilayotgan boshqaruv subyekt hisoblanadi. Shuning o’zida har bir jamiyat a’zosi boshqaruvchi bo’lishi ham mumkin. U mulkdorga va haqiqiy ishlab chiqarish egasiga aylangach, iqtisodiyotni, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotni boshqarishda bevosita qatnashadi.

Turli jamoa a’zolarining boshqarishdagi o’rni bir xil emas. Ularning ayrimlari ishga sust yondashishadi va bevosita turli jamoaviy tashkilotlarga a’zo bo’lib ko’rinadi, xolos. Biroq, ishlab chiqarishda yetarli malakaga ega shunday professional menejer-tashkilotchilar mavjudki, ular umumjamoa uchun foydali bo’lgan maxsus boshqaruv mehnati bilan shug’ullanadilar.

Boshqarish jarayonida menejer mehnati insonning aniq faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Boshqaruv sikli maqsad va masalalarni belgilab olishdan

boshlanib, ularni yechish va qo’yilgan maqsadga erishish bilan yakunlanadi. Belgilangan masala qo’yilib, maqsadga erishilgach, boshqaruv sikli yangi maqsad va vazifalarni o’z oldiga qo’yadi hamda shu asnoda davom etadi.

Maqsad – Faoliyat – Natija –uzluksiz boshqaruv siklining sxematik ko’rinishidir. Lekin bunday boshqaruv sikli shunchaki umumiydir (nisbiydir). Haqiqiy (real) boshqarish jarayonida bir-biridan farq qiluvchi birlamchi shakllar mavjud bo’ladi.

Muayyan korporatsiya misolida menejer mehnati quyidagi qator masalalarni yechishga qaratilgan bo’ladi:

- jihozlar, ishlab chiqarish maydonidan unumli foydalanish va ishlab chiqarishni takomillashtirish bilan bog’liq texnik maqsadlar;

- loyihalash, nazorat qilish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bilan bog’liq texnologik masalalar;

- korporatsiya ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatini mukammallashtirish hamda muntazam olib borish bilan bog’liq iqtisodiy masalalar;

- tashkilot boshqaruv tizimini takomillashtirish va ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil etilishi bilan bog’liq tashkiliy masalalar.

Menejer mehnati korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun jamoa kuchi va faoliyatini muvofiqligini muvofiqlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Ma’lum holatlarda, korporatsiyaga yangi tayinlangan direktor yoki tadbirkor amaldagi vaziyatni o’zgartirib, zarar ko’rayotgan korporatsiyani foyda olish holatiga olib o’tadi. Bu esa, o’z navbatida, boshqaruv nazoratining xo’jalik faoliyati natijasiga bo’lgan bevosita ta’sirini ko’rsatadi. Boshqaruv apparati o’ziga katta tashkiliy erkinlik berib, ijodiy tashabbuslarni, uddaburonlikni yo’lga qo’yish va boshqaruv obyektini rivojlantirishning yangi samarali yo’llarini izlaydi.

Zamonaviy boshqaruv xodimining o’ziga xos xususiyatlari: yuqori professionalizm, boshqaruv ilmi asoslarini bilish va zamonaviy iqtisodiy fikrlash, yuqori estetik madaniyat, demokratlilik, ko’pchilik bilan muomala va murosa qilish, shuningdek, insonlar ehtiyojlarini bilish kabi fazilatlar majmuidan iborat. Eng muhimi, boshqaruvchi kelajakni ko’ra bilishi, ijtimoiy muammolarni hal qilishi, jamoani birlashtirishi va yo’naltirib turishi darkor.

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning strategik yo’li iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy muammolarni yechishda yangicha mulkiy munosabatlarni shakllantirish hamda rivojlantirishni talab qiladi. Inson omili ishtirokisiz eng mukammal mashina va mexanizmlar, texnologiyalarni boshqarish ham yetarli samara bermaydi. Bunda asosiy e’tibor butun xo’jalik mexanizmi, menejment tizimi va faoliyat borasidagi islohotlarga ajratilib, ularning samarali amalga oshirilishi ko’p jihatdan boshqaruvchi kadrlar – menejerlarga bog’liq bo’ladi.

Bozor munosabatlariga o’tish bilan ishlab chiqarishdagi sifatli tashkiliy o’zgarishlar, ilmiy-texnik taraqqiyotga erishish, xo’jalik prospektlarining ijtimoiy ahamiyatining ortishi, jamiyatni demokratlashtirish menejer mehnatini murakkablashtiradi va uni tashkillashtirilgan bo’lishini taqozo qiladi.

Xo’jalik mexanizmidagi barcha islohotlar yangi maqsad va vazifalarni to’la anglab yetishni talab etadi. Maqsad va vazifalar belgilab bo’lingach, ularni amalga oshirish ko’p jihatdan boshqaruv apparati kadrlariga bog’liq bo’ladi.

Kadrlarni tanlash – asosiy talablarga muvofiq keluvchi kadrlarni vakolat bo’yicha tanlab olish jarayonidir. Qoida bo’yicha kadrlarni tayinlash ularni taqsimlash bilan birgalikda amalga oshiriladi. Yuqori ishlab chiqaruvchanlik darajasini ta’minlash uchun kadrlar boshqarish apparati bo’limlariga maqsad bo’yicha taqsimlanadi. Jamoani shakllantirishda kadrlarni tanlab olish tartibida ularning bozor sharoitida ishlay olish qobiliyati hisobga olinadi.

Bozor munosabatlari menejerlardan uddaburonlikni va tezkor qaror qabul qila olishni talab qiladi. Hozirda, nafaqat, umumiy islohot prinsiplarini bilish, balki kundalik hayotda ulardan samarali foydalanish, ishlash usul va uslubini takomillashtirish zarurdir. Shuning uchun qat’iy va mas’uliyat bilan ish tutish, yangi imkoniyatlardan foydalana olish lozimdir.

Menejerlar, nafaqat tadqiqotchi, balki strateg ham bo’lishlari lozim. Ishlab chiqariladigan tovarga bozorda talab mavjudligini, bozorga ta’sir etish, talab o’zgarishiga moslashib ish tutish, o’z kelajagini aniq ko’ra bilish, taraqqiyot bosqichidan orqada qolmaslik, samarali xo’jalik yuritish mexanizmi qaror topishi uchun ertangi kunga befarq qaramasliklari zarurdir. Bularni amalga oshirish uchun bozor munosabatlari sharoitida yuqori darajadagi yakuniy natijalarga erisha oladigan kuchli boshqaruv apparati mavjud bo’lishi lozim. 




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish