O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 0,55 Mb.
bet6/12
Sana30.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#92130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MalakaQuva37

Boshqarish ob‘ekti munosabatlardan iborat bo‘lib, tizim xarakteri yoki turidan kelib chiqib inson-tabiat, inson-texnika, inson-inson tarzida bo‘lishi mumkin. Aniqroq qilib aytsak, tizimlar bo‘lishi mumkin: Tabiat, texnika, ijtimoiy. Har uchalasida ham munosabatlar inson bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar aloqa tarzida namoyon bo‘ladi.

Insoniyat tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday jamiyat boshqarishga muhtoj. Jamiyatni boshqarishga ehtiyoj yoki bu jarayonni jadallashtirish uning burilishi davrlarida ayniqsa kuchayadi. Chunonchi, uning inqilobiy davrlarida, ya‘ni bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqasi kelganda boshqarishga ehtiyoj har qachongidan ko‘ra kuchayadi. Buning boisi shuki, yangi ijtimoiy tuzum tezlik bilan ijtimoiy hayotning hamma sohalariga, kishilarning fikr o‘ylariga o‘z ta‘sirini, yangi talablarni tezroq singdirish asosida o‘z hukmronligini iqtisodiy, siyokiy jihatdan mustahkamlashni istaydi.

Bu ehtiyoj jamiyatning hamma lahzalarini yangicha tashkil etish, boshqarishni va muloqat madaniyatini taqozo qiladi. Bunda eskicha boshqarish muloqatining tub mohiyati va mazmuni yo‘nalishini, g‘oyaviy asosini yangi mafkura-eski aqida va metodlarni butunlay inkor qilib, yangi g‘oyaviy asosda jamiyatni boshqarish asoslarini va boshqarishda muloqat madaniyatini tashkil etishni taqazo qiladi. Biz mohiyat e‘tibori bilan hozirgi vaqtda shunday vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz.

Ta’lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan, uziga xos pogonaviylikka asoslangan boshkaruv: raxbar, pedagogik jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. SHunga kura boshkaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pogona - pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pogona - ukuvchilar faoliyatini boshqarish.

Ta’lim menejmentining asosiy maksadi - ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etashda, muassasa oldiga kuyilgan maksadlarga erishish va rakobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bulgan raxbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyatlarini muvofiklashtirish, nazorat kilish xamda samarali boshqarishni tahminlashdan iborat.

Ta’lim menejmenti ta’lim muassasalari raxbarlarining boshkaruv faoliyati, boshkaruv mashuliyati va madaniyati, boshkaruv funktsiyalari va metodlari, boshqarishning konun-koidalari va tamoyillari, raxbar va lider fazilatlari, ta’lim muassasasi raxbarlarining funktsional vazifalari, ta’lim muassasalarini boshqarishda axborot va kommunikatsiya, raxbarlarning innovatsion faoliyatlari, boshkaruvda tarbiyaviy munosabatlar va rax,barlik uslublari, ta’lim muassasalarining tashkiliy tuzilishi, strategik boshkaruv va rejalashtirish, raxbarning ish vakti va undan foydalanish, personalii boshqarish xamda ta’lim muassasalarini boshqarishda motivlashtirish va motivlashtirish nazariyalarini tadkik etadi.

Ta’lim tizimini rivojlantirish yunalishida amalga oshirilayotgan isloxotlar barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan-texnika yutuklariga asoslangan boshkaruvning eng samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni, boshkaruv yunalishida bilim. kunikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab kiladi.

Boshqarish amaliyotidan mahlumki, raxbarlik faoliyati uziga xos murakkab jarayon bulib, u raxbardan nafakat oliy mahlumotga, balki yetarli kasbiy tayyorgarlikka, boshkaruv yunalishida bilim, kunikma va malakalarga, shuningdek, mahlum tajribaga xam ega bulishni talab etadi. Ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida raxbarlarning eng asosiy va muxim axamiyat kasb etuvchi funktsiyalaridan biri - bu karor kabul kilish funktsiyasi bulib, ularning sifati ta’lim muassasasi salox,iyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, xodimlar bilan bir katorda ta’lim muassasasi faoliyatiga uz tahsirini kursatadi.

Menejment fanidan mahlumki, tashkilotlarni boshqarish tizimi ikki mustakil, lekin bevosita bogliklikda bulgan boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlardan iborat bo’ladi. Ta’lim muassasasi raxbarlarining boshkaruv faoliyatini ikkita subhektning, yahni raxbar bilan ta’lim tizimining uzaro boglik faoliyati sifatida karash mumkin. Bunday xolatda raxbarning boshqaruv obhekti boshqarish va uzini-uzi boshqarish kabi zaruriy xususiyatlarga ega bulgan ta’lim tizimi xisoblanadi, turli xil tahsirlar asosida boshqarilayotgan ta’lim muassasasi xam uz uRniDa boshkaruv natijalariga va boshqaruv subektiga tasir ko’rsatadi.

Ta’lim menejmenti boshqarishning maxsus kismi sifatida ana shu ikki tizim orasidagi munosabatlarni, ularning rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari, usul va uslublarini, yahni ta’lim muassasalari raxbarlarining faoliyatlarini tashkil etish, rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, motivlashtirish xamda boshqaruv faoliyatini okilona tashkil etish usullarini urganadi.

Maktabni boshqarish mazmun-moxiyatiga kura ta’limni boshqarishdan fark kiladi, chunki maktabda fakat ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uni boshqarish vazifalari amalga oshirilmaydi, balki ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning uziyok bir qancha vazifalarning bajarilishini, yahni talim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat kilish, taxlil qilish va baxolash, shuningdek, mazkur jarayonni amalga oshirish uchun moddiytexnika bazasini yaratish va mustaxkamlab borish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bilan kurollantirish, yukori malakali mutaxassislar bilan tahminlash kabi qator boshqa vazifalarni xam amalga oshirishni nazarda tutadi.

SHunday ekan, maktabda boshqaruv faoliyatini tashkil etuvchi raxbarlar nafakat pedagogik tajribaga, balki boshkaruv funktsiyalari va ularning vazifalari, boshkaruv metodoari va ulardan foydalanish, boshkaruv algoritmi va uning moxiyati, boshqaruv qarorlari va ularni qabul kilish yullari xamda raxbarlik uslublari va ularni qullash kabi kator tushunchalarga xam ega bulmogi lozim.

Ko’rinib turibdiki, ta’lim muassasalarini boshqarishda ta’lim menejmenti fanining o’rni bekiyos bo’lib, u raxbarlarga menejmentning asosiy tushunchalari va ularning vazifalarini, boshqaruvning maqsadi va vazifalari, zamonaviy maktabning tashkiliy tuzilishi, strategik boshqaruv va rejalashtirish qoidalarini, ’ zamonaviy boshqaruvning usullarini, raxbarlik sanati sirlarini urgatadi. Mazkur fan zamonaviy maktab raxbarlarining boshqaruv faoliyatini tadkik va taxlil kilishda tizimli yondashuv, kompleks yondashuv, tarkibiy yondashuv, vaziyatli yondashuv, iqtisodiy-matematik yondashuv uslublaridan xamda modellashtirish, kuzatish (axborotlar to’plash), tajriba-sinov, kuzatuv(surovnoma, testlar, suxbat) usullaridan f oydalaniladi.

“Ta’lim menejmenti” kursining bosh maksadi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharg-sharoitlarda raxbarlik kila oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash, yahni raxbarlar malasini oshirish kurslari tinglovchilarida zamonaviy fikrni shakllantira oladigan, raҳbarlik sanati sirlarini urgana oladigan darajada nazariy va amaliy bilimlar berishdir.




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish