5
Adabiyot fanidan
Davlat ta’lim standarti
Umumiy o‘rta ta’limning 5-9-sinflarida o‘quvchilar milliy adabiyotning, shuningdek, jahon
adabiyotining eng sara namunalarini o‘qish va tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik
va yomonlik, go‘zallik haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi, ularga ongli va jonli
munosabat bildirishadi, shular asosida o‘zlaridagi axloqiy-ma’naviy fazilatlar majmuining
shakllanishi va rivojiga imkon topishadi. Ularga nisbatan ochiq hayotiy munosabatlarning aks
ettirish zaruriyati esa o‘quvchilarning og‘zaki hamda yozma nutqlarining rivojidagi muhim omil
vazifasini ado etadi.
Yoquvchilar turli davr va mamlakatlarda, turlicha dunyoqarash va e’tiqodlarni aks ettirgan
badiiy asarlarning eng yuksak namunalari bilan tanishib boradilar. Shular asosida ularda olam va
odamlarning rang-barangligi, ularning takrorlanmasligi, ayni paytda olamning, butun
bashariyatning bir butunligi haqidagi tasavvur va qarashlar shakllanib, kengayib,
mustahkamlanib boradi. Eng muhimi, u olam va odamga tegishli bo‘lgan barcha hodisalarga
emotsional (hissiy) munosabat bildira oladigan darajaga ko‘tariladi, qarashlar, dunyoqarashlar,
nuqtai nazarlar xilma-xilligini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.
Ta’limning turli bosqichlarida o‘rganish uchun saralab olingan asarlarga qo‘yiladigan
asosiy mezonlar sifatida ularning yuksak badiiyati, insonparvarlik yo‘nalishi, o‘quvchi
shaxsining yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, uning kamoloti uchun ko‘rsata oladigan
ijobiy ta’siri, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga uyg‘unligi, milliy va jahon adabiyoti tarixida
tutgan o‘rni singari belgilar olinishi mumkin.
O‘quvchilar adabiyot ta’limiga oid quyidagilarni bilishlari kerak:
-
matnni to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish qoidalarini;
-
Prezident asarlaridagi madaniy merosga, adabiyotga, san’atga oid asosiy g‘oyalar
mazmunini;
-
Mamlakatimiz mustaqilligi va bayramlari haqidagi, ona-Vatanga muhabbat uyg‘otuvchi
adabiy asarlar mazmunini anglagan holda so‘zlab berishni;
-
mumtoz adabiyot janrlari bilan zamonaviy adabiyot janrlarini farqlay olishni;
-
badiiy adabiyotning asosiy janrlarini;
-
badiiy asarning asosiy tasvir vositalarini;
-
ularning ifoda imkoniyatlarini;
-
o‘rganilayotgan asar mavzusi, asosiy g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini;
-
berilgan har qanday mavzuda og‘zaki va yozma ravishda mustaqil fikr yurita olishni;
-
o‘qilgan asardan olgan taassurotlarini yorqin ifodalab bera olishni;
-
o‘zga insonning tuyg‘ulari va hissiy kechinmalari xususida fikr yurita olishni;
-
turli mavzularda insho yoza olishni;
-
o‘rganilgan adiblar tabiatiga xos bo‘lgan xislatlarni baholay olishni;
-
adabiy qahramonlarning xatti-harakatlariga munosabat bildira olishni va uni asoslay
bilishni;
-
yuksak didli va aqlan barkamol adabiy qahramonlarning xislatlarini ochib bera olishni;
-
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qilish va uni so‘z bilan
ifodalab berishni;
-
o‘rganilgan asarlarda tasvirlangan badiiy timsollar xususiyatiga xos bo‘lgan xislatlarni
anglab, ularga munosabat bildira olishni;
-
o‘rganilgan asarlardagi adabiy qahramonlar xususiyatiga xos bo‘lgan fazilatlarga
mustaqil fikr bildira olishni;
-
o‘rganilgan badiiy asarlar timsollarining tabiatidagi milliy xususiyatlarni anglay bilishni;
-
adabiyot nazariyasiga doir bilimlarni kitobxonlik amaliyotida mustaqil qo‘llay olishni;
-
adabiy-tarixiy davrlarga va adiblar ijodiga to‘g‘ri baho bera olishni.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |