O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi


Mavzu: № 7. Og‘zaki va yozma nutq haqida-2 soat



Download 1,23 Mb.
bet63/81
Sana04.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#430577
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
Нутк маданияти мажмуа 2019 - 2

Mavzu: № 7. Og‘zaki va yozma nutq haqida-2 soat


Reja:

  1. Nutqning og‘zaki shakli.

  2. Og‘zaki nutqni o‘stiruvchi vositalar.

  3. Dialogik va monologik nutq.

4. Nutqning yozma shakli.
5. Yozma bayon qilish usullari.
6. Yozma nutq texnikasi.
7. Nutqiy faoliyat ko‘rinishlari.


Muammoli savollar
Og‘zaki va yozma nutq
Tayanch iboralar :
1. yozma adabiy til; 2. og‘zakii adabiy til.

Adabiy nutq va u bilan bog‘liq bo‘lgan adabiy til madaniyati — bu avvalo nutqiy ko‘nikma, nutqiy malakadir. Adabiy nutq malakasiga — adabiy til normalarini egallash orqali erishiladi. O‘rta maktab ta'limida nutq, malakasi, nutqiy ko‘nikma, yozma nutq ko‘nikmasi, og‘zakii nutq ko‘nikmasi, nutq madaniyati malakasi singari tushunchalar mavjud. Aslida bu tushunchalarning barchasi adabiy til madaniyatini egallash bilan bog‘liqdir.


Ko‘rinadiki, adabiy til normalarini qayta nshlash, ongli boshharish qanchalik zarur bo‘lsa, bu normalarni amalda sinab ko‘rish va baholash ham shunchalik zarurdir. Mana shunday sababga ko‘ra adabiy til normalarini belgilash, uni qayta ishlash, silliqlash birdan boshlanadigan, birdan hal bo‘ladigan va tezda tugaydigan jarayon emas, balki doimo va muttasil davom etadigan ishdir. Demak, adabiy til doimiy g‘amxo‘rlikka muqtojdir. Shunday qilib, nutq. madaniyatini egallash — nutq madaniyati ko‘nikmasini qosil qilishdir. Bu ko‘nikma o‘zbek adabiy tili, uning og‘zakii va yozma shaqli normalarini o‘rganish va egallash bilan bog‘liqdir. Nutq madaniyati ko‘nikmasi — adabiy til va uning normalarini passiv emas, balki faol egallashdir. Tilni faol egallash — tilni ongli ravishda o‘zlashtirish va undan og‘zakii hamda yozma nutq amaliyotida unumli va xatosiz foydalana olish demakdir. Ba'zi kishilarning o‘zbek tilida nuqsonsiz va ravan yoza olmasligi yoki adabiy tilda erkin so‘zlay olmasligi ularning o‘zbek adabiy tilini faol egallamaganligidan darak beradi.
Adabiy til va uning normativ vositalari, ulardan foydalanish haqidagi qoidalar barcha uchun bir xilda majburiy, yagona va umumxalqiydir. Ularni har kim o‘zicha, o‘zi bilganicha o‘zgartirib qo‘llashi mumkin emas. Masalan, kitob so‘zini ba'zilarning kitop, boshqa birovlarning kitab yoki kutop tarzida noto‘g‘ri yozishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, yo‘q, xol so‘zlarini boshqa birovlarning jo‘q, qol tarzida noto‘gri talaffo‘z qilishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi va b. Demak, til madaniyatiga amal qilish o‘sha tilda yozadigan yoki so‘zlaydi-gan barcha kishilar uchun bir xilda tegishlidir. Shu sababli ham adabiy til normalari shevalar normasidan umumxalqiyligi, umumqo‘llanuvchanligi bilan ajralib turadi. Ammo adabiy normalari qandaydir qotib qolgan (o‘ta konservativ) narsa emas, balki nutqiy faoliyatning, nutqiy ko‘rinishlari, nutqiy uslublarning xususiyatiga ko‘ra muayyan qirralarga ega buluvchi, tovlanuvchi murakkab qodisadir.
Adabiy nutq ko‘pqirrali xususiyatlarga egadir. Bu xususiyat avvalo nutqiy faoliyatnyang o‘zi murakkabligi va ko‘p tomonli ekani bilan izoqlanadi. Avvalo adabiy til va uning vazifaviy shaqlining o‘zi ikki ko‘rinishga ega: 1) yozma adabiy til; 2) og‘zakii adabiy til. Adabiy tilning bu shaqllari nutqiy faoliyat nuqtai nazaridan: yozma nutq va og‘zakii nutq deb ham yuritiladi.
Nutqning bu ikkala shaqli ham yagona adabiy til normalariga tayanib ish ko‘radi. Shu sababli ularda mushtarak luqaviy normalar, umumiy morfologik, sintaktik vosita mavjud. Ammo yozma nutq amal qiladigan imloviy, punktuatsion normalar og‘zakii nutqda, og‘zakii nutq amal qiladigan talaffo‘z normalari, oqangiy (intonatsion) normalar yozma nutqda yo‘q yoki yetakchi rol o‘ynamaydi. Mana shunday farqli tomonlar yozma va og‘zakii nutqning sintaktik qurilishida, so‘z shaqllarining to‘liq va noto‘liq qo‘llanishlarida, imoishora bilan bog‘liq (paralingivistik) vositalarning ishlatilish xususiyatlarida ham ko‘rinadi. Bular yozma va og‘zakii nutq madannyatini egallashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud ekaniga dalildir.
Shu sababli ham nutq madaniyati soqasida yozma nutq maaniyati, og‘zakii nutq madaniyati deyilgan tushunchalar mavjud. Bu tushunchalar o‘zida yozma va og‘zakii nutq shaqllari oldiga qo‘yiladigan nutq madaniyati talablarini ifodataydi.
Og‘zakii nutq dastlab ikki tipga ajraladi: 1) oddiy so‘zlashuv nuttsi; 2) adabiy so‘zlashuv nutqi.
Oddiy so‘zlashuv nutqi o‘zbek tilida tabiiy holda mavjud bo‘lgan og‘zakii nutq ko‘rinishlaridan iborat. Masalan, turli o‘zbek sheva va laqjalari tili, ya'ni dialektal nutq ko‘rinishlari, shevachilik unsurlari ta'sirida bo‘lgan kundalik so‘zlashuvning boshqa xil ko‘rinishlari va b.
Oddiy so‘zlashuv nutqining til bazasini adabiy til tashkil etmaydi. Shu tufayli oddiy so‘zlashuvdan biz talqin qilayotgan ma'nodagi nutq madaniyati talab qilinmaydi. Oddiy so‘zlashuv oldiga qo‘yiluvchi nutqiy talablar aniq laqja va shevalarning tabiiy normalari bilan ko‘proq lisoniy talablar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Adabiy so‘zlashuv nutqi adabiy tilning og‘zakii nutq doirasidagi vazifalaridan yo‘zaga keladi. Boshqacha qilib aytganda adabiy so‘zlashuv nutqi — adabiy til madaniyatiga, ya'ni adabiy til normalariga amal qilgan holda gapirishdir. Ammo adabiy tilda so‘zlash adabiy tilda yozishga nisbatan ancha qiyinchilik bilan erishiladigan jarayondir. Buning bir qator sabablari bor: 1) og‘zakii nutqda shevachilikning ta'siri kuchli bo‘ladi; 2) og‘zakii nutqda yozma nutqdagi kabi o‘ylab ish tutish imkoni kam bo‘ladi. Chunki og‘zakii nutq yozma nutqdan tezkor (avtomatik) jarayon ekani bilan farqlanadi; 3) og‘zakii nutqning o‘ziga xos grammatik to‘zilishi, qurilish tartibi mavjud.
Chunonchi gap bo‘laqlarining tushib qolishn, qisharib ketishi, o‘rin almashishi, aksincha keraksiz unsurlarning, takrorlarning bo‘lishi va b; 4) og‘zakii nutqda talaffo‘z, oqang, imo-ishora vositalari muqim rol o‘ynaydi; 5) og‘zakii nutqning yo‘zaga chiqishi so‘zlovchining kayfiyatiga, nutq so‘zlanayotgan vaziyatga, so‘zlovchi nutqiy a'zolarining normal va soqlomligiga bog‘liq; 6) og‘zakii nutq normalarining barcha xususiyatlarini payqash, yozib olish, o‘rgatish va o‘rganish ancha qiyinchilik bilan kechadi; 7) og‘zakii nutq bir butun qodisa (matn) sifatida cheksiz va son-sanoqsiz shaxsiy (individual) faoliyatdir. Uning ko‘pgina qirralari turli sharoitlarda o‘zicha kechadi va payqalmagan holda beiz yo‘qolib ketadi; 8) og‘zakii nutqning lisoniy xususiyatlari fanda yozma nutqqa nisbatan kam o‘rganilgan; 9) og‘zakii nutqni normalash ishlariga shu kunga qadar fanda niqoyatda kam e'tibor berildi; 10) kishi so‘zlaganda o‘z nutqiga xuddi yozayotgandagi kabi yetarli e'tibor beravermaydi va b. Og‘zakii nutqning quyidagi vazifaviy (funktsional) ko‘rinishlari mavjud: Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi ko‘rinishlari. Bunga adabiy tilda gapiruvchi shaxslarning kundalik so‘zlashuv nutqini kiritish mumkin.
Lektorlar nutqi. Bu ko‘rinishga o‘rta va oliy maktab o‘qituvchilarining, tarqibotchi lektorlarning, olnmlarning ma'ro‘zalari, chiqishlarini kiritish mumkin. Og‘zakii nutqning bu xili asosan, monologik nutq harakterida bo‘ladi.
Radio va telvideniya nutqi (tili). Bu ko‘rinishga radio va telvideniya orqali adabiy tilda so‘zlangan nutqlar kiradi. Radio va telvideniya nutqi asosini diktorlar, radio va telvideniya izoqlovchilari nutqi tashkil qiladi. Radio va telvideniya orqali adabiy tilda olib borilgan eshittirishlar, ko‘rsatuvlar, suqbatlar tili ham radio va telvideniyaning o‘ziga xos talablariga buysunadi va ba'zi o‘ziga xos normativ tomonlarga ega.
Sahna nutqi. Og‘zakii nutqning aloqdda turi sahna nutqidir. Sahna nutqida ijro etilayotgan asarning til xususiyatlarini saqlagan holda, tomoshabinlar uchun umumtushunarli bo‘lgan tilda so‘zlashga intilish mavjud. Sahna nutqining umumtushunarli bo‘lishini ta'minlaydigan asosiy omil adabiy tilda so‘zlashdir. Bunda adabiy talaffo‘z aynnqsa, muqim o‘rin to‘tadi. Sahna nutqi nutqnnng yuqorida qayd qilingan ko‘rinishlaridan dialogik harakterga egaligi bilan ham farqlanadi.
Nutqiy turlarni ba'zan ijtimoiy tabaqalar va guruhlar tili nuqtai nazaridan nomlash ham uchraydi. Chunonchi: o‘qituvchilar nutqi, o‘quvchilar nutqi, yosh-talabalar nutqi, bola nutqi (boqcha bolalari nutqi) kabi.
Nutqning yuqorida keltirilgan xillari ham nutq madaniyatining asosiy talablariga buysunadi. Chunki ularning til asoslari ham adabiy til normalaridir. Shu tufayli ham bu nutqiy ko‘rinishlardan talab qilinuvchi nutq madaniyati haqida ham aloqida gapirish mumkin. Mana shu asosga ko‘ra o‘quvchilarning nutq madaniyati, o‘qituvchilarning nutq madaniyati, sahna nutqi madaniyati, lektor nutqi madaniyati, radio nutqi madaniyati, telvideniya nutqi madaniyati, umuman keng ma'noda og‘zakii nutq madaniyati haqida ham gap yuritish asoslidir. Ammo keltirilgan nutq xillarining asosiy lisoniy xususiyatlari, ular amal qiluvchi adabiy normalar bu nutqlarda yo‘l qo‘yilayotgan ba'zi nuqsonlarning ob'ektiv va sub'ektiv sabablari o‘zbek tilshunosligida deyarli o‘rganilgan emas. Tanqidiy ruqda yozilgan ba'zi maqolalarda adabiy talaffo‘zni buzish bilan aloqador ba'zi kamchiliklar tanqid qilinadi, ammo bu nuqsonlarni to‘zatishning samarali ilmiy va amaliy yo‘llari yetarli ravishda ko‘rsatib berilmaydi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish