O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


Prototrof (avtotrof) bakteriyalar karbonat angidrid gazidagi uglerod bilan oziqlanadi. Metetrof



Download 1,64 Mb.
bet25/193
Sana01.02.2022
Hajmi1,64 Mb.
#424776
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   193
Bog'liq
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

Prototrof (avtotrof) bakteriyalar karbonat angidrid gazidagi uglerod bilan oziqlanadi. Metetrof (geterotrof) bakteriyalar organik birikmalardagi uglerod bilan oziqlanadi. Bu bakteriyalar tabiatda juda ko’p tarqalgan bo’lib, ularning ba’zilari ayrim organik birikmalarnigina oziq va o’zi uchun energiya manbayi qilib oladi va shulardan foydalanadi.Bu bakteriyalar hayoti uchun ba’zi organik birikmalar yaroqsiz, hatto zaharli ham hisoblanadi.
Mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida tuproq organik moddalarning o’zgarishi va yangi mineral birikmalarining vujudga kelishi kabi biokimyoviy jarayonlar bo’lib turadi. Umuman mikroorganizmlarning tuproq hosil bo’lishida o’rni beqiyos. Ular o’simlik qoldiqlarining chirish, bijg’ish jarayonlarida qatnashib, tuproqda organik – mineral hosilani vujudga keltiradi, chirindi (gumus)ni yaratilishi bevosita ishtirok etadi. Tuproqning azot muvozanatida ham mikroorganizmlar muhim ahamiyatga ega (atmosferadagi azotni o’zlashtirish). Ayrim mikroorganizmlar o’zlashtirgan erkin molekulyar azotni murakkab moddalarga aylantiradi va tuproqda azotli moddalarning ko’payishiga sabab bo’ladi. Mikroorganizmlarning to’g jinslarini yemirishdagi va yangi tuproq minerallarni hosil qilishdagi ishtiroki ham muhim.
Tuproqdagi mikroorganizmlar son jihatdan juda ko’pchilikni tashkil etadi. 1 g tuproqda bakteriyalar soni 1 dan 10 mlrd. gacha, ba’zan bir necha milliyard bo’lishi aniqlangan, ayrim zamburug’larning tolasi 100 va 1000 metrga yetadi.
Mikroorganizmlarning asosiy qismi tuproqning yuqorigi gumusli qatlamida mujassamlashgan bo’lib, pastga tushgan sari kamayadi. Biroq, shunday mikroblar (sporali) borki, salmog’i aksincha, pastgi mineral qatlamda to’planadi. Organik uglerodning nisbatan ancha qismi ham mikroblar biomassasida to’plangan. Shu tufayli tuproq katta miqdordagi ,,Tirik” uglerod zahirasiga ega.
Turli guruhga mansub mikroorganizmlar tuproq sharoitiga turlicha moslashadi. Tashqi muhitning o’zgarishi, mavsumiy o’zgarishlar bir xildagi tuproqlarda ham mikroorganizmlarning soni, biomassasiva tarkibini o’zgarishiga olib keladi, ya’ni nuproqqa mikrob turlarining uzluksiz almashinuvi (suksessiya) ro’y beradi.
Akademik YE.N.Mishustin mikrob turlarini geografik yondashuv asosida o’rganishi natijasida geografik zonallik qonuniyati mikroorganizmlarga ham talluqli ekanligiga iqror bo’ladi. U mikroorganizmlar, ya’ni sporali aerob bakteriya-batsill a tundradan chala-cho’llarga tomon tuproq zonalari bo’yicha son jihatdan o’zgarishini isbotladi. Demak, geografik zonallik qonuniyati bo’yicha tahlilga ko’ra ayrim ko’ra ayrim mikroorganizmlarma’lum tabiat zonasi tuproqlarida yashashga moslashgan holda boshqa tabiat zonasi tuproqlarida uchramasligi mumkin. Ayrim turlar bundan mustasnotarzda bo’lishi, ya’ni ba’zi turlar qo’ng’ir – o’rmon tuproqlarda, unuing boshqa xili qora, kashtan tuproqlar mintaqasida yashashga moslashgan bo’ladi.
Mikroorganizmlar – muhitdagi turli o’zgarishlarga keskin reaksiyalanuvchi, juda sezuvchi indikaturlardir. Ular yana shuningdek, tuproqning zararli moddalar (og’ir metallar, neft mahsulotlari va b.) bilan ifloslanishida ham indikatorlik qilishga moyildirlar.

Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish