O’zbekiston respublikasi xalq talimi ta’lim vazirligi


O’simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o’rni



Download 1,64 Mb.
bet26/193
Sana01.02.2022
Hajmi1,64 Mb.
#424776
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   193
Bog'liq
Tuproqlar-geografiyasi-2019-20-majmua-

O’simliklarning tuproqlar geografiyasidagi o’rni
O’simliklar olami nafaqat tuproqning kimyoviy, balki mineral tarkibida ham faol ta’sir ko’rsatadi. Minerallarning salmoqli qismi o’simliklarningtanasida vujudga keladi va ular nobud bo’lganidan so’ng yana tuproqqa qaytadi. Tuproqda biogen minerallarning vujudga kelishida o’simliklar ham faol ishtirok etadi. O’simliklar tuproqda nafaqat biokimyoviy va geokimyoviy rol o’ynab qolmay, uning fizik xossalari (tuzilmasi, suv sig’imi, zichligi va b.), issiqlik va suv tartibiga ham ta’sir ko’rsatadi. Tuproq va o’simlik xaritalarini taqqoslashdan ko’rinib turibdiki , tuproqning ma’lum turi bilan o’simliklarning ayrim turlari o’rtasida chambarchas bog’liqlik mavjud. Yer shari tirik moddalarini deyarli 99 % i o’simlik organizmlari massasidan tashkil topgan bo’lib, shu tufayli Yerda biologik aylanma harakatning xarakteri yashil o’simliklarning hayot faoliyati bilan belgilanadi. Organik moddalar to’planishining eng yuqori darajasi o’rmonlarga to’g’ri keladi. Bu ko’rsatgich nam tropik o’rmonlarda 5000 s/ga va undan ortiq,Braziliyaning tog’li tropik o’rmonlarida-17 000 s/ga. Sezilarli darajada kam biomassa keng bargli o’rmonlar (4000 s/ga) va ayniqsa, boreal mintaqaning igna bargli o’rmonlariga (1000-3300 s/ga) to’g’ri keladi.
O’tsimon o’simliklar biomassaning kamligi bilan xarakterlanadi. O’tloq dashlarining biomassasi 250 s/ga, bu miqdor janubga tomon kamayadi, quruq dashtlarda 100, chala butasimon cho’llarda – 43 s/ga. Arktik tundra organik moddalarining massasi deyarli cho’lnikiga teng (50 s/ga), butasimonlarniki dashtnikiga yaqinroq (280 s/ga).
Alohida qayd etish lozimki, ormon biomassasining asosiy miqdori yerning ustki qismida, ildizining hissasi barcha mintaqalarda nisbatan kam farqlanadi, hamda 16-26 % ga teng. Otsimonlarda esa aksincha, biomassaning asosiy qismi yerning ostki qismida mujassamlashgan. Dashtlarda ildiz 70-85 % biomassani tashkil etadi, chala butasimon cho’llarda -87 %, tundrada-70-83 %.
Tuproqning paydo bo’lishi va geografik tarqalishi daraxtsimon va o’tsimon o’simkiklardan tuproqqa tushadigan barg, shox-shabba, meva, ildiz, po’stloq va boshqalar (obad), qurum moddalar (zol) miqdoriga ham bog’liq.
Umuman olganda o’simliklar turli va biologik aylanma harakat tuproq hosil bo’lish turi bilan chambarchas bog’liq. Tuproq hosil bo’lish jarayoni, tuproq turlarining shakllanishi va tuproq unumdorligi o’simlik – tuproq – o’simlik tizimidagi tirik moddalarning ta’siri hamda mineral moddalarning aylanishi bilan bevosita belgilanadi. Ayni damda o’simliklarning o’zi tuproq va iqlimning mahsuli hisoblanadiki, qaysiki uning shakllanishini ular hal qiladi.


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish