Adabiyotlar 1.2.3.4.5.6.7.8.9.
Mikroorganizmlar tuproqlarning organik va mineral tuzilishini tubdan o’zgartirib yuborishiga qodir organizmlardir. Ular Yer ekotizimlari va biosferaning turg’unligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
Tuproqda mikroorganizmlarning bir qancha turlari uchraydi. Ularga: Bakteriyalar, lentasimon zamburug’lar (aktinomitsetlar), zamburug’lar, suv o’tlari va tuproq sodda hayvonlari kiradi.
Bakteriyalar – tuproqda eng ko’p tarqalgan mikroorganizmlar hisoblanadi. Bir gram tuproqda millyardlarcha bakteriya borligi aniqlangan. 1 ga haydaladigan yer qatlamida yashaydigan tirik bakteriyalarining og’irlik miqdori o’rta hisobda 4-5 tonnaga boradi.
Tuproqda yashaydigan bakteriyalar oziqlanishiga ko’ra prototrof (avtotrof) va metetrof (geterotrof) gruppalarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |