Reja:
Kategoriya tushunchasi. Kategoriyaning turlari
Ayrimlik va umumiylik, mohiyat va hodisa kategoriyalari
Mazmun va shakl, sistema, struktura va element kategoriyalari
Sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif, imkoniyat va boqiylik kategoriyalari
Tayanch tushunchalar
Kategoriyalar, alohidalik, umumiylik, sabab va oqibat, mazmun va shakl, sistema va element, butun va bo’lak, mohiyat va xodisa, zarurat va tasodif, imkoniyat va voqyelik.
ADABIYoTLAR
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T., «O’zbekiston», 1997.
Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.,
«O’zbekiston», 1997.
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. — T., «O’zbekiston», 1998.
Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «FIDOKOR» gazetasi, 2000 yil 8 iyun.
Osnovы filosofii. — T., O’zbekiston, 1998.
Falsafa. — T., Sharq, 1999.
Q. Nazarov taxriri ostida. Falsafa asoslari. T., 2005.
Filosofiskiy ensiklopedicheskiy slovar. M., 1999. 9.Mustaqillik: ilmiy izohli ommabop lug’at. T., 1999.
Kategoriya o’zi nima? Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash»,
«tushuntirish», «ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo’lib, Arastu ta’riflab bergan. U o’zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv voqyelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor»,
«sifat», «munosabat», «o’rin», «vaqt», «holat», «mavqye», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o’z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik Arastu
«Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o’rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko’proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o’sha davrda qo’shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ammo o’sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go’yoki shakllanmagan fan bilan shug’ullangani va yoshlarni bu ilm yo’liga boshlab, ularning noto’g’ri tarbiyasiga sabab bo’lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo’lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko’targan. O’sha davrdan
boshlab falsafa o’z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo’lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko’plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o’zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqyelik va novoqyelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o’laroq, Hyegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor),
«mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (obyektiv, subyektiv, absolyut g’oya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obyektiv voqyelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o’zaro bog’lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o’zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko’pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqyealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo’shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqyelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.
Falsafada o’z xususiyatlariga ko’ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo’nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |