1- QISM. OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TASDIQLAGAN O‘QUV–METODIK HUJJATLAR VA ADABIYOTLAR
|
Kirish……………………………………………………………………….
|
4
|
1.1. O‘quv–me’yoriy hujjatlar
|
|
1.1.1. Davlat ta’lim standarti ……………………………………………
|
5
|
1.1.2. O‘quv rejasi ………………………………………………………….
|
9
|
1.1.3. Namunaviy dastur……………………………………………………
|
12
|
1.1.4. Moddiy–texnik va o‘quv–metodik ta’minotga qo‘yiladigan
|
|
talablar………………………………………………………………………
|
28
|
1.2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi grifini olgan o‘quv adabiyotlar
|
|
1.2.1. Rahbariy adabiyotlar…………………………………………………
|
31
|
1.2.2. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar……………………………………….
|
31
|
1.2.3. Qo’shimcha adabiyotlar……………………………………………..
|
32
|
1.2.4. Internet saytlari……………………………………………………….
|
33
|
2- QISM. JORIY O‘QUV-METODIK TA’MINOT
|
2.1. Joriy o‘quv-me’yoriy hujjatlar
|
|
2.1.1. Ishchi dastur…...…………………………………………………….
|
35
|
2.1.2. Ishchi o‘quv reja…. …………………………………………………
|
57
|
2.1.3. Kalendar tematik reja ………………………………………………
|
58
|
2.2. Joriy o‘quv–metodik ta’minot
|
|
2.2.1. Ma’ruzalar matni ……………………………………………………
|
61
|
2.2.2. Laboratoriya mashg‘ulotlarining ishlanmalari, tarqatma
|
|
materiallar, ularni o‘tkazish va qo‘llash bo‘yicha metodik tavsiyalar…
|
174
|
2.2.3. J.N., O.N., YA.N. savolnomalari (intellektual tizim, testlar, yozma
|
|
ish va og‘zaki so‘rov variantlari, umumiy savollar)……………..
|
300
|
2.2.4. Mustaqil ish (referat mavzu)larni bajarish bo‘yicha tavsiyalar …
|
308
|
2.2.5. Fan bo’yicha testlar……………..…………………………………
|
315
|
2.2.6. Baholash me’zonlari …………………………………………………
|
328
|
2.2.7. Falsafiy atamalar izohli lug‘ati………………………………………
|
330
|
|
|
KIRISH
Borliqdagi narsa va hodisalarning eng umumiy qonuniyatlari va hususiyatlarini o‘rganuvchi falsafa fani asoslarini bilish barcha mutahasisliklar bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun zarur va ahamiyatlidir. Chunki falsafa avvalo, talabalarning dunyoqarashini shakllantirib, ularning fikrlash, muloqotga kirisha olish madaniyatlarini yuksaltiradi. Ikkinchidan, falsafiy bilimlarni egallash, ayrimlik va umumiylik birligi qonuniga muofiq talabalarga o‘z mutaxasisliklarini chuqurroq va kengroq egallashlariga yordam beradi. Ya’ni, o‘zi shug‘ullanayotgan masalalar bo‘yicha nazariy hulosalar chiqarishga ko‘maklashadi, tajriba yoki boshqa bilish jarayonida to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtira olish malakasini shakllantiradi. Uchunchidan, falsafa talabalarda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini tarbiyalashda, ular ongida milliylik va umuminsoniylik birligi tamoyilini qaror toptirish omili va vositasi bo‘lib hizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, - “falsafa barcha fanlarning otasi. Falsafani bilmaydigan odam- medidsina yoki ta’lim, san’at yoki madaniyat sohasi vakili bo‘ladimi bundan qat’iy nazar- hayotning, o‘z kasbining ma’no-mazmunini yaxshi tushunmaydi. Misol uchun tarixni tahlil qilish uchun har bir voqea va jarayonga falsafiy qarash, ularni umumlashtirgan holda zarur hulosalar chiqara olishi kerak. Shu bois tarixchi bo‘lish uchun falsafiy tafakkur qobiliyatiga ega bo‘lish darkor”.1
Ushbu o’quv-uslubiy majmuaning tarkibi ikki bo’limdan iborat: “O’quv faniga kirish” hamda “reja-topshiriq va o’quv-uslubiy materiallar”.
Birinchi bo’limda siz o’quv fani haqidagi dastlabki tasavvo’rni beruvchi materiallar bilan tanishasiz: dolzarbligi, o’quv fanining maqsad va vazifalari, mashg’ulotning mavzusi va shakllari bo’yicha o’quv soatlarning taqsimoti, foydalaniladigan adabiyotlar va mustaqil ishlash uchun mavzular ro’yxati hamda yakuniy nazorat savollari.
Ikkinchi bo’limda reja-topshiriq va har bir dars uchun o’quv-uslubiy materiallar, qisman o’quv-vizual materiallar, o’z-o’zini nazorat savollari. uslubiy tavsiyalar, o’quv topshiriqlar, ta’limiy o’yinlar takdim etilgan.
Talabalar tomonidan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarilishi o’quv fanini o’rganishda tizimli mustaqil ishni ta’minlaydi, olgan bilimlari va ma’lum reyting ballarini olishi muntazam o’z-o’zini nazoratini yuzaga keltiradi, o’quv- uslubiy va ma’lumot-axborot materiallari ularni to’g’ri bajarishga yo'rdam beradi.
O’quv fanining mavzulari bir-biriga bog’liq bo’lganligi uchun mavzularni o’rganishda mantiqiy ketma-ketlik mavjud. Shuning uchun yangi mavzuga dastlabki mavzu materiallarini o’zlashtirish asosida o’tiladl.
1 Karimov I.A. Yoshlarga ishonch bildirish, ularning tashabbus va salohiyatini ro’yobga chiqarish bugungi kunning ustivor vazifasidir.// Inson, uning huquq va erkinliklari –oliy qadriyat. T.:”O’zbekiston”,2006. 117-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |