V. N. Sagatovskiyning lingvokulturologik qarashlarini esse mavzusi sifatida tanladim. Chunki V. N. Sagatovskiyning fanga bo’lgan munosabati, ilmiy mushohadalarining xarakteri, mazmunining chuqurligi va tizimli tashkil etilg



Download 20,71 Kb.
Sana20.02.2022
Hajmi20,71 Kb.
#460200
Bog'liq
Esse Mamataliyeva Ra\'no V


Esse V.N.Sagatovskiyning lingvokulturologik qarashlari
V.N.Sagatovskiyning lingvokulturologik qarashlarini esse mavzusi sifatida tanladim. Chunki V.N.Sagatovskiyning fanga bo’lgan munosabati , ilmiy mushohadalarining xarakteri, mazmunining chuqurligi va tizimli tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Sagatovskiy har qanday sharoitda o’z fikrlariga sodiq qolib, falsafiy yondashuvning o’ziga xosliklarini himoya qildi va atrofda kechayotgan yuzakiliklarga e’tibor qilmasdan haqiqiy faylasuf qanday bo’lishi kerakligini isbotlagan holda ilmiy izlanishlarini eng yuqori darajagacha olib chiqa oldi. Xo’sh, Sagatovskiyning ilmiy yondashuvlari nimaga asoslangan edi? U jamiyat bilan bog’liq qanday masalalarga e’tibor berdi va jamiyatning ma’naviy muhitini nimalarda ifodalab berdi? U insoniy fazilatlar va ularning borliqda yuzaga chiqishini qaysi ta’limotlarida isbotladi va bu qarashlar lingvokulturologik , ma’daniy jihatdan nechog’li ahamiyatli hodisa edi? V.N.Sagatovskiy izlanishlarining mohiyati shundaki, falsafa dunyoning to’g’ri holati , insonning insonga , dunyoga munosabati haqidagi g’oyalar yig’indisidir va bu hodisa dunyoqarashning aksidir. Zamonaviy global muammolarni hal qilish strategiyasini ta’minlay oladigan dunyoqarashni asoslash uchun , avvalo , falsafa , falsafiy yo’nalishlarni rivojlantirish va boshqa sohalar bilan bir-birini to’ldirishini birinchi o’ringa qo’yish zarur.
Sagatovskiyning fikricha , ta’lim jarayonida falsafiy yondashuv ilmiy va falsafiy bilimlarni falsafiy-kategorial umumlashtirish darajasida tizimlashtirishdan iborat. Aynan ta’lim jarayonida u metodologiya ustida ishlagan va har bir metodni qo’llashning tartibini juda aniq ko’rsatib bergan.
Sagatovskiy tibbiyot falsafasiga ham alohida e’tibor qaratadi va tibbiyot falsafasi bo’yicha o’z davri uchun eng yaxshi darsliklar nashr ettiradi va unda tibbiy bilimlarda falsafiy kategoriyalar tizimini talqin qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Bundan tashqari u o’z davrida hukmron bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy yondashuvdan farqli o’laroq jamiyatni ob’ektiv tabiiy tarixiy jarayon va inson faoliyatining birligi sifatida ochib berdi. Jamiyatning hayotiy faoliyati ikki tamoyilning birligida namoyon bo’ladi: bir tomondan ijtimoiy-tarixiy shakllanishlarning o’zgarishidagi tarixiy jarayonning obyektiv qonuni, ikkinchi tomondan insonning subyektiv faoliyati. Tarixning harakatlantiruvchi kuchi sifatida , uning negizida madaniyatni yuzaga keltiradigan qadriyatlar ochib beriladi. Bu ikki tamoyil san’at, din, falsafada ifodalangan jamiyatning ma’naviy muhiti vositasida bo’ladi.
Sagatovskiy boshdanoq jamiyatning ma’naviy muhitini tarixiy jarayondagi sub’ektiv va ob’ektiv munosabatlarning o’lchovi sifatida tushundi.O’zi ishlab chiqqan ontognoseologik yondashuv ontoantropologik yondashuvga aylandi.
Sagatovskiy o’z mulohazalarida aytadiki, u uchun eng muhimi inson muammolari, toifalar tizimi esa vositalar to’plami, fikrlash apparatini sayqallash vositasidir.Uning tadqiqotlari keyinchalik antropologiyaga o’tgani ajablanarli emas, garchi Sagatovskiy har doim axloqqa qiziqishni saqlab qolgan. U tomonidan ishlab chiqilgan axloqiy toifalar tizimi pedagogika sohasida qo’llanishini topdi va u pedagogika falsafasiga katta ahamiyat berdi.
V.N.Sagatovskiyning zamonaviy tadqiqotlari sinergetika va falsafiy antropologiyada jamlangan. Aynan oxirgi asarlarida u rus falsafiy an’analarini davom ettirdi. Butun ijodiy yo’li davomida sezilarli o’zgarishlarga duch keldi, ammo ularning umumiy rivojlanish mantig’i ajralib turdi. Falsafiy fikrlarini davom ettirib, boshqalar qarashlari haddan tashqari sub’ektiv va ishonchsiz bo’lib tuyuldi. Xuddi shu sababga ko’ra E.Gusserlning ( falsafani qat’iy va universal fan sifatida qurish ) fikrlariga asoslanmadi.
Sagatovskiy falsafiy teran mushohadalarini “Umumiy kategoriyalarni tizimlashtirish asoslari “, “Faylasuf olami”, “Dunyoqarashning falsafiy asoslari: Falsafa va hayot, Ontologiya, Antropologiya”, Insoniyatning kelajagi bormi”, “Ideal bo’lish”,”Borliq triadasi” kabi asarlarida jamladi va ushbu asarlarda ijtimoiy falsafa va falsafiy antropologiyaning birligi sifatida ontologiya (dunyo ta’limoti), antropologiya (inson haqidagi ta’limot ) toifali tizimlari va insonning asosiy munosabatlari haqidagi: bilish nazariyasi, aksiologiya, etika , estetika ta’limotlarini asoslab berdi.
Sagatovskiy xulosalari shuni ko’rsatadiki, borliqning asosiy tuzilishi ob’ektiv (materiya ), sub’ektiv va transsendental haqiqatning birligi (ruh va ruh o’rtasidagi ideal muloqot ). Xuddi shu asosiy tuilma sub’ektning sub’ektiv voqelikning tashuvchisi sifatida mavjudligini va uning transsendental voqelik bilan chuqur aloqasini tavsiflydi.
V.N.Sagatovskiy ong va dunyo haqiqatini immanent subyektivlik asosida emas, balki unga nisbatan birlamchi bo’lgan o’z-o’zidan ravshan va o’zini-o’zi tasdiqlovchi voqelik asosida asoslaydi. Bu voqelikni asoslab berish zamonaviy Yevropa falsafasiga xos bo’lgan muammolilik usuli o’zgargan taqdirdagina mumkin bo’ladi. Agar ilgari dunyoning har qanday mazmuni muammili bo’lib, birlamchi tajriba inson sub’ektivligining o’zi muammoli. Sagatovskiy ushbu muammoli usulning natijasi o’laroq borliqning sub’ektiv va ob’ektiv tomonlarini ajratib ko’rsatadigan birlamchi ontoantropologik printsipni aniqladi.
V.N.Sagatovskiy falsafa kategoriyalarining universal tizimi sifatidagi loyihasida barcha bilimlarini ob’ektivlik tamoyil asosida tartibga soldi va o’zidan oldingi faylasuflar fikrini davom ettirgan holda E.Gusserlning Falsafaning qat’iy fan sifatidagi taqdiri loyihasiga asoslandi.
Faylasufning fikrlariga ko’ra kategoriyalar inson faoliyatini tartibga soluvchi va uning tajribasini shakllantiradigan sxemalarni aks ettiradi: “Sezgi g’oyalarning individual xilma-xilligiga qaramay , ular bir-birini tushunishlari mumkin bo’lgan barcha insonlar uchun umumiydir. Demak, agar “ ot” so’zini misol tariqasida oladigan bo’lsak , limnungdir ongida hayvon tasvirini, kimdadir o’q otish ma’nosidagi fe’l nazarga olinsa, yana kimdadir ot ustidagi haykalni namoyon qiladi. Shuning uchun biz bir- birimizni tushunamiz , chunki har bir kishining ong ostida bu so’zning umumiy va universal ahamiyatli hissiy sxemasi mavjud. Ana shunday mavjud tasvirlarning umumiy ahamiyatiga amaliy faoliyat orqali erishiladi”.
Bu kategoriyalarning umumiy asosliligi ob’ektivligi : “Kategorik bilim hatto ongsiz bo’lsa ham aslida zarur va universaldir”.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shunday xulosa qilamanki, Sagatovskiyning falsafiy ta’limoti sinergetikaga , tizimli tahlilga, etikaga, noosfera nazariyasiga , tibbiyot va ta’lim falsafasiga , ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishga va boshqalarga qo’shgan hissasida namoyon bo’ladi. U bu ta’limotlari bilan nafaqat marksizmni yengib chiqdi, balki sub’ektning mohiyatini tubdan ko’rib chiqish orqali butun Yevropa falsafasi taraqqqiyotining boshi berk yo’lini yengib chiqadi, ideal mavjudot sub’ekt tomonidan berilmasligi yoki taxmin qilinmasligi , aksincha , sub’ektning o’zi genetik jihatdan borliqning ideal asosiy tamoyilidan kelib chiqib asoslanadi.

Download 20,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish