O‘QUV–ME’YORIY HUJJATLAR
Davlat ta’lim standarti
O‘ Z B E K I S T O N D A V L A T S T A N D A R T I
O‘zbekiston uzluksiz ta’limining Davlat ta’lim standartlari
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti
5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga
qo‘yiladigan
TALABLAR
Rasmiy nashr
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent
SO‘Z BOSHI
1 ISHLAB CHIQILGAN VA KIRITILGAN:
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
2 TASDIQLANGAN VA AMALGA KIRITILGAN:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil «16» sentyabrdagi 387- sonli buyrug‘i asosida.
O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur standartni amalga kiritilishi (amal qilishining to‘xtatilishi) va unga o‘zgartirishlar kiritilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar «O‘zstandart» agentligi tomonidan nashr etiluvchi ko‘rsatkichlarda chop etiladi.
Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasi hududida rasmiy chop etish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tegishlidir O‘ZBEKISTON DAVLAT STANDARTI
O‘zbekiston uzluksiz ta’limining Davlat ta’lim standartlari
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti
5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy
bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan TALABLAR
Gosudarstvennыe obrazovatelnыe standartы neprerыvnogo obrazovaniya Uzbekistana Gosudarstvennыy obrazovatelnыy standart vыsshego obrazovaniya
TREBOVANIYA
k neobxodimomu soderjaniyu i urovnyu podgotovlennosti bakalavra po napravleniyu
5111600– Natsionalnaya ideya, osnovы duxovnosti i pravovoe obrazovanie State Educational Standards of Continuous Education of Uzbekistan State Educational Standards of Higher Education
REQUIREMENTS
necessary content and level of Bachelors in 5111600 – National Idea, the principles of spirituality and science of law
Amal qilish muddati 200_y. « » dan
200_y. « » gacha
I Qo‘llanish sohasi
Oliy ta’limning mazkur davlat ta’lim standarti (OT DTS) 5111600– Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlashda asosiy ta’lim dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun majburiy talablar majmuini ifodalaydi.
Mazkur ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda Oliy ta’lim muassasasi uning asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.
OT DTSning asosiy foydalanuvchilari:
mazkur ta’lim yo‘nalishi va tayyorgarlik darajasi bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda asosiy ta’lim dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilashga mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchi jamoalari;
ta’lim yo‘nalishining asosiy ta’lim dasturini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlar va talabalar;
oliy ta’lim muassasalarining o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi va dekanat);
bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasining baholashnishini amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya va imtihon komissiyalari;
oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar;
-oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
ta’lim yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo‘lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar.
5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchi quyidagi umumiy malakaviy kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim:
umumiy malakaviy kompetensiyalar:
-dunyoqarash xarakteridagi sistemali bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;
-Vatan tarixini bilishi, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi hamda ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;
tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;
insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faolitida ularni hisobga ola bilishi;
- sog‘lom hayot tarzini yuritish zaruriyati bo‘yicha ilmiy tasavvur va e’tiqodga ega bo‘lishi, o‘z-o‘zini chiniqtirish ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim;
-axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va undash foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlarni qabul qila olishi;
tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila olishi lozim.
O‘QUV REJASI
A.Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti
TASDIQLAYMAN
Institut rektori
prof. A.Xolbekov 2015 - yil « »
Ta’lim yo‘nalishi:
5111600 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
Akademik daraja - BAKALAVR O‘qish muddati - 4 yil Ta’lim shakli - kunduzgi
m.o‘.
Nazariy va amaliy ta’lim
Do'stlaringiz bilan baham: |