O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
BOSHLANG`ICH TA`LIM USLUBIYOTI FAKULTETI
BOSHLANG`ICH TA`LIM METODIKASI KAFEDRASI
Til va nutq o`stirish metodikasi fanidan
Navoiy-2011
Mavzu: Nutq tovush madaniyatini tarbiyalash.
(laboratoriya ishi)
Maqsad: Bolalarning eslariga «r» va «l» tovushining artikulyasiyasini tushirish. Bu tovushlarining to’g’ri artikulyasiyasi ustida mashq qilish.Tovushlarni (r va l) so’larda talaffuz eshitilishini mustahkamlash.
Narsaning nomini bildiruvchi so’zdan r va l tovushini topishga o’rgatish. R va L tovushini bir-biridan ajrata olishga o’gatish, nutqda tovush ifodaliligini tarbiyalash.
Mashg’ulotning jihozi: Har bir bolaga nomida r va l tovushi bo’lgan rasmlar yopishtirilgan kartochkalar, fishkalar beriladi.
Mashg’ulotning borishi: Tarbiyachi bolalarga tayyora motorini ashulasini esga tushirishni va uni aytishni taklif etadi. U eng avvalo r tovushini aniq talaffuz eta olmaydigan 3-4 boladan so’raydi: jahli chiqqan itning irillashini (r-r-r) qilib kursatishni (birgalikda va yakkama-yakka),huddi qarg’aga o’xshab qarillashni (qar-qar-qar:buni r tovushi o’rniga l tovushini talaffuz etadigan bolalarga taklif etishi kerak) taklif etadi. Tarbiyachi bolalarga r va l tovushlari bib-biriga biroz o’xshash deb yushintiradi.
«Agar tilimizning uchini yuqoriga ko’tarsak,faqat uni titrashgao’rgatmasak r tovushini o’rniga l tovushi hosil bo’ladi. Eshitinglar: arra-alla,rom-lom. Kelinglar r va l yashsydigan ashulalarni aytishni urganamiz, deb taklif etadi tarbiyachi».
Ra-ra-ra, la-la-la, ri-ri-ri-rizq
Po-po-po, lo-lo-lo le-le-le-lenta
Ar-ar-ar, al-al-al
Qani topinglarchi, deydi tarbiyachi bu topishmoqda qaysi ashula eshitilayapti:
YOg’ochdan dastasi bor, Temirdan 40 tishi bor.
Ushlamasa duragor,
Gumon uning qirqisi. (arra)
Tarbiyachi topishmoqni takrorlaydi. Takrorlash vaqtida r tovushini boshqalarga nisbatan kuchliroq,ajratibroq talaffuz etiladi. SHundan so’ng tarbiyachi 2-3 ta boladan r tovushi bor bo’lgan ismlardan topib aytishlarini taklif etadi. Ra’no, Ravshan, Marat, Murod, Nazira, SHuhrat, Rustam, Raxima. So’ngra l tovishi bor bo’lgan ismlarni topib aytishni so’raydi: Laylo, Lola, Latif,Olim,
Tayyora matorining ashulasi bor bo’lgan rasmlar sizning sitolingiz ustida turibdi deydi tarbiyachi. SHu rasmlardan har biringiz bittada oling.Rasmlar stol ustiga teskari tomoni bilan terib qo’yilgan bo’ladi. Ularning yoniga rangli doirachalar terib qo’yilgan. Bitta rasmning nomida r tovushi , ikkinchisida l tovushi,uchinchisida r va l tobushlari bor bo’ladi.
Rasmlar iloji boricha turli xil bo’lishi kerak. Bir stolda o’tirgan bolalarga bir xil rasmlar tushib qolmasligi kerak. Rasmlaringizga qaranglar, -deb davom ettiradi tarbiyachi,- nimaning rasmini tasvirlanganini aniqlang. Agar qaysidir rasm sizga notanish bo’lsa, qo’lingizni ko’taring, men uning nomini aytib bermang. Rangli doirachalar bilan belgilangan narsaning nomini aytishni bolalardan so’raydi. SHunday narsalarni aytingki- deb ogohlantiradi tarbiyachi, biz hammamiz aytilgan so’zdan lashulasini eshitaylik.
10-12 boladan so’raydi. Agar bola narsani noto’g’ri topgan bo’lsatarbiyachi undan rangli doirachani olib qo’yadi. Endi «r»ashulasi bor bo’lgan narsa ustiga ikkinchi rangli doirachani qo’ying –deb topshiriq beradi tarbiyachi. Bu topshiriq ham qanday bajarilayotganini tekshirib chiqadi. Bu narsa,-deb davom ettiradi mashg’ulotni tarbiyachi,- rangli doiracha bilan bekitilmagan. Qani topinglarchi bu narsaning nomida qaysi ashula yashiringan? (r va l)
Tarbiyachi mashg’ulotni yakunlar ekan, bolalardan yana bir marta tayyora motorining ashulasini va l ashulasini taklif etadi.
ADABIYOTLAR:
I.A.Karimov «O`zbekiston XXI asr busag`asida xafsizlikka taxdid va barkarorlik shartlari va tarakkiyot kafolatlari» T. «O`zbekiston» 1997 y
«Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyoti poydevori» T. «SHark», 1997y.
O`zbekiston Respublikasining «Ta’lim to`g`risidagi» Qonuni T. 1997y.
O`zbekiston Respublikasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. 1997y.
Kadrlash tayyorlash Milliy dasturi. T. ,”Sharq”, 1997y.
Qodirova F. R., Qodirova R.M Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. T., 2006.
Nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi kursiga oid namunaviy dastur.
R.M. Qodirova, T., 2000
Qodirova F. R. Maktabgacha yoshdagi bolalarni chet tiliga o`rgatishning lingvodidaktik muammolari. J., “Pedagogik ta`lim” , 2002, N2.
Qodirova R.M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqini rivojlantirishning psixologik omillari. Sariog`och, 1998.
Qodirova F. R. Maktabgacha yoshdagi rusiy zabon bolalarni o`zbekcha so`zlashishga o`rgatish. T., “O`qituvchi”, 1997 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |