Harakatlanish usullari - Inson har xil usulda harakatlanishi mumkin:
sakrash, hatlab o’tish, yugurish, muvozanat saqlash, emaklab oshib o’tish,
tirmashib chiqish va xokazo. Masalan, dorboz arqon ustida muvozanat saqlab
yurishni bilishi kerak. Quruvchi esa qurilayotgan uylardagi tor taxtalar ustida
qo’rqmasdan va mohirlik bilan yurishi zarur. Bu malakalar barchasi jismoniy
mashqlar yordamida rivojlantiriladi. Siz harakat qilayotganingizda tanangizning
turli a’zolari: bosh, qo’l, oyoq, gavda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |