Gimnastika mashqlari - Jismoniy tarbiya darsida kundalik hayotda zarur
bo’ladigan harakatlarni to’g’ri va chiroyli bajarish qoidalari o’rganiladi. Siz dastlab
sportning gimnastik, yengil atletika, suzish va harakatli o’yinlar hamda sport
o’yinlari elementlari bilan tanishasiz. Gimnastika kelishilgan qomatli, kuchli va
ko’rkam bo’lishingizga yordam beradi. Unda qo’l-oyoq va butun tanani to’g’ri
harakatlantirishni, safda turishni, akrobatikani o’rganasiz. Turli buyumlar bilan va
buyumlarsiz mashqlar bajarasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |