Harakatlar tezligi va yo’nalishi - Siz har kuni har tomonga qarab harakat
qilasiz, yurasiz, yugurasiz. Masalan oldinga, orqaga, tepalikka yoki pastlikka, yon
tomonlar (o’ng yoki chap) bilan, hatto orqa bilan oldinga qarab yurasiz. Sizning
har xil tomonga qarab bajargan harakatlaringiz harakat yo’nalishi deyiladi.
Bajarayotgan harakatlaringiz sekin yoki tez bo’lishi mumkin. Masalan sekin yurib
maktabga, sayr qilish uchun hayvonot bog’iga borasiz. Avtobusga, do’stlaringiz
yoki koptokka yetib olish uchun yugurasiz. Sizning sekin yoki tez yurishingiz,
yugurishingiz harakat tezligi deb aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |