Partada o’tirgan holda bajariladigan beshinchi mashqlar.
1.mashq. D.h. Qo’l barmoqlarini bir-birining orasiga kiritib, bosh orqasiga
tutish. Qo’l kaftlarini ustma-ust qo’yib yuqoriga ko’tarish, qo’llarga qarash,
so’ngra oldinga engashib, qo’lni oldinga uzatish va d.h. ga qaytish.
2.mashq. D.h. Qo’llar bosh orqasida, tirsaklar parta ustida. Qadni rostlash,
tirsaklarni yon tomonga ochish, d.h. ga qaytish.
3.mashq. D.h. Oyoqlar oldinga uzatilgan, qo’llar o’rindiq orqa tomonining
chetiga qo’yilgan. Oyoqlarni bukmagan holda yuqoriga ko’tarish, yelkani orqaga
egish, d.h. ga qaytish.
4.mashq. D.h. Qo’llar yelkada. Boshni o’nga burish, d.h. ga qaytish. Shuning
o’zini boshni chap tomonga burib bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |