1-SINFLAR JISMONIY TARBIYASI 68 SOAT (
haftasiga 2 soat
).
Gimnastika.
1-usul. Buyumlarsiz mashqlar: asosan beriladigan mashqlar qomatni to’gri
shakllantirish qo’llarni har tomonga ko’tarish, gavdani oldinga, orqaga, yonga egish:
oyoqlarda o’tirib turish va oyoqlar uchida sakrash.
2-usul. Buyumlar bilan mashqlar: gimnastik tayoqchalar, arg’amchilar,
bayroqchalar, katta va kichik to’plar bilan gimnastik narvonlar oldida bajariladi.
Tirmashib chiqish, osilish va tayanish mashqlari.
1.Tirmashib chiqish mashqlari:
- gimnastika narvon qiya qo’yilgan gimnastik o’rindiq ustida yuqoriga
tirmashib chiqish va pastga tushish (tizzalarda turib yurish);
- yonga oyoq-qo’llar yordamida gimnastik narvonga tayangan holda chiqish
va pastga tushish;
- arqonga yoki uzun tayoqqa erkin usulda tirmashib chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |