O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo’qon davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi


-mavzu. Qavs, nuqtali vergul, ko’p nuqta



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/70
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#268674
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
Bog'liq
ozbek orfografiyasi va punktuatsiyasi

17-mavzu. Qavs, nuqtali vergul, ko’p nuqta  

va ularning qo’llanish o’rinlari. 

 

Tayanch  tushunchalar:  Qavs,  nuqtali  vergul,  ko‘p  nuqta,  kirishlar, 

remarkalar,  sitatalar,  bog‘lovchisiz  qo‘shma  gap,  murakab  uyushiq  bo‘laklar, 

nomerativlar,  mazmunan  tugallanmagan  gaplar, matn qisqarishi. 

 

Reja:  



1.Qavs, nuqtali vergul va ko‘p nuqtaning qisqacha tarixi. 

2.Qavsning qo‘llanish o‘rinlari. 

3.Nuqtali vergulning qo‘llanish o‘rinlari. 

4.Ko‘p nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari. 

 

Qavsning  o‘zbek  yozuvida  tinish  belgisi  sifatida  qo‘llanishi  XIX  asrning  70-

yillaridan  boshlangan.  Dastlab  u  «Turkiston  viloyatining  gazeti»da  1873  yilda 

ishlatilgan.  Keyinchalik  boshqa  gazeta,  jurnal  va  kitoblar  sahifalarida  ham  ishlatila 

boshlagan. 

Qavs,  o‘z  vazifasiga  ko‘ra,  chegaralovchi  tinish  belgilari  jumlasiga  kiradi: 

yozma  nutqdagi  muayyan  qismlarning  boshlanish  va  tugallanish  nuqtasini  ko‘rsatib, 

mazkur  qismning  sintaktik  jihatdan  boshqa  qismlar  bilan  kuchsiz  bog‘langanligini, 

semantik  jihatdan  u  yoki  bu  darajada  aloqadorligini  bildiradi.  Qavsga  olingan  kism 

tinch ohang, kirish  intonatsiyasi  bilan  aytiladi. 

Qavs  tuzilish  jihatdan  ikki  elementli  tinish  belgisi  sanaladi.  Uning  birinchi 

elementi  ochiluvchi  qavs,  ikkinchi  elementi  yopiluvchi  qavs  deb  yuritiladi. 

YOpiluvchi  qavs  yozma  nutq  jarayonida  mustaqil  holda  ham  qo‘llana  oladi:  bunda u 

nomerlashda (raqam yo harf bilan)  ishlatiladi. 

Qavs,  odatdagi  shaklidan  tashqari,  kvadrat  shaklda  ham  qo‘llanadi.  Kvadrat 

shakldagi  qavs  «katta  qavs»,  odatdagi  qavs  esa  («katta  qavs»ga  nisbatan)  «kichik 

qavs» deb yuritiladi. 

«Katta  qavs»  matematika,  geometriya,  ximiya  kabi  fanlarga  oid  yozma 

matnlarda  ko‘p  uchraydi.  Boshqa  sohaga  oid  matnlarda  esa  ikki  qavsning  takroriy 

qo‘sha  (bir  o‘rinda  parallel)  qo‘llanishi  zarur  bo‘lganda,  ularning  biri  «katta  qavs» 

shaklida  (kvadrat shaklda) ishlatiladi. 

Qavs  hozirgi  o‘zbek  yozuvida  takroriy,  oddiy  va  murakkab  qo‘sha  qo‘llana 

oladi.  

Hozirgi  o‘zbek  tilida  qavsning  qo‘llanish  doirasi  va  vazifasi  kengaydi.  Ilgari 

faqat  asosiy  gap  bilan  ma‘nosi  yaqin  bo‘lmagan  qismlar  qavsga  olingan  bo‘lsa, 

qozirgi  kunda  asosiy  matn  bilan  semantik  jihatdan  uzviy  aloqador  bo‘lgan  qismlar 

ham  qavsga  olinadi.  Bu  o‘zbek  tili  funksional  uslublarining  rivojlanishi,  o‘zbek  tili 

yozuv  madaniyatining  taraqqiy  etishi  va,  shunga  bog‘liq  holda,  o‘zbek 

punktuatsiyasisining  takomillashuvi  bilan  bog‘liqdir.  Demak,  qavsga  olingan  qism 

asosiy gap (matn) bilan  bevosita va bavosita aloqador bo‘ladi. 




 

- 69 - 


Qavsning  yozma  nutq  jarayonida  qo‘llanish  o‘rni  chegaralanmagan:  qavs  gap 

boshida,  gap  o‘rtasida  va  gapning  oxirida  kela  oladi.  Qavs  gap  o‘rtasida  kelganda, 

qavs  ichidagi  matn  ma‘nosining  undan  oldingi  yoki  keyingi  jumlaga  taalluqliligi 

matndan aniqlanadi. 

Hozirgi  o‘zbek tilida quyidagilar  qavsga olinadi: 

1.  Kirishlar  (kirish  so‘z,  kirish  birikma,  kirish  gaplar).  Bunday  kirishlar  asosiy 

gap  bilan  kuchsiz  bog‘langan  bo‘ladi.  Masalan:  Kecha  «Paxtakor»  stadionida 

«Paxtakor»  (Toshkent)  va  «Dinamo»  (Moskva)  jamoalari  o‘rtasida  futbol  o‘yini 

bo‘ldi. (Gazetadan) 

SHuningdek,  asosiy  gapda  tire  ishlatilgan  bo‘lsa,  kiritma  konstruksiya  qavsga 

olinadi.  Ilhom  Islomov  (u  9-sinfda  o‘qiydi)  —o‘quvchilar  brigadasining  boshlig‘i. 

(Gazetadan) 

2.  Remarkalar:  Birinchi  jangchi.  Qani  endi  (oyog‘ini  shapatalab),  ishkal 

bo‘lmaganda-ku, rosa tepardimda (K.YAshin) 

3. Sitata yoki misolning  manbai:  «Til — tafakkur kaliti».  (Donolar bisotidan) 

4.  Tushuntirish,  izoh,  uqtirish  ma‘nosidagi  so‘z,  birikma  va  gaplar.  Bular 

narsa-hodisaning  kimga  yoki  nimaga  qaratilganligini,  harakterini  va  boshqalarni 

bildiradi:  «General»  (birinchi  o‘zbek  generali  Sobir  Rahimovga).  «Sog‘ingan 

bo‘lsang» (yorning   maktubi). «Jafo kilma»  (qushiq). 

SHuningdek,  gazeta  va  jurnallardagi  davomi  bor,  boshi  3-betda,  oxiri... kabilar 

ham qavsga olinadi. 

5.  Sitatadagi  biror  so‘z  yoki  jumlaga  muallifning  turli  munosabatini  bildiruvchi 

so‘roq,  undov  belgilari  va  «so‘roq+undov»  tarzidagi  qo‘sha  belgilar.  SHuningdek, 

muallif  tomonidan  sitataga  kiritilgan  gaplar:  jonkash-jafokashligi  bo‘yi-basti  (x) 

bilan,  go‘zalligi  va jondek soddaligi  (!)  bilan  ko‘rindi.   (Gazetadan) 

Nuqtali  vergulning  o‘zbek  yozuvida  qo‘llana  boshlashi  XIX  asrning  oxirlariga 

to‘g‘ri keladi. U o‘zbekcha matnlarda 1885 yillardan  boshlab qo‘llangan. 

Nuqtali  vergul,  yozma  nutqda  qo‘llanish  o‘rniga  ko‘ra,  aralash  holda 

ishlatiladigan  tinish  belgilari  gruhiga  kiradi.  Nuqtali  vergul  qo‘yilgan  gap  oxiridagi 

pauza  nuqta  ishlatiladigan  gaplar  oxiridagi  pauzaga  deyarli  teng  keladi.  Nuqtali 

vergul  ko‘pincha  gap  oxirida  qo‘llanadi.  Nuqtali  vergul,  gapning  tugallanish 

chegarasini  ko‘rsatish  bilan  birga,  uning  ma‘no  jiqatdan  keyingi  gapga  yaqin 

emasligini  ham  bildiradi:  ma‘nosi  o‘zaro  uzviy  bog‘liq  bo‘lmagan,  ya‘ni  hodisani 

turli  tomondan izohlovchi  gaplarning  chegarasini  ko‘rsatadi. 

Nuqtali  vergul  ikki  elementli  tinish  belgilaridan  sanaladi:  unda  nuqta  va  vergul 

vertikal  holatda  (;)  joylashadi.  SHuning  uchun  ham  uning  nomi  nuqtali  verguldir. 

YOzma matnlarda  nuqtali  vergul  boshqa tinish belgilariga  nisbatan kam qo‘llanadi. 

Hozirgi  o‘zbek tilida nuqtali  vergul  quyidagi  o‘rinlarda qo‘llanadi: 

1.  Bog‘lovchisiz  qo‘shma  gap  tarkibidagi  gaplar  ma‘no  jihatdan  bir-biriga 

yaqin  bo‘lmasa  (Bunday  gaplar  semantik  jihatdan  mustaqil  gap  darajasidagi 

tugallikka  ega  bo‘ladi):  Hatto  teraklardagi  zog‘chalarning  qanot  qoqishlari  ham 

eshitiladi;  osmon pastak va qop-qora...  

2.  Bog‘lovchisiz  qo‘shma  gaplardagi  voqealar  qiyoslansa.  Bunda  narsa  va 

hodisalarga  xos  belgilar  solishtirilib,  shu  asosda  ma‘lum  bir  xususiyatning  ortiq  yoki 

kamligi  ko‘rsatiladi:  Abdullaning  qalbi  muhabbatga  juda  moyil,  basharti  unga  biron 



 

- 70 - 


qiz  yokib  qolsa,  uning  uchun  o‘zini  o‘tga  tashlashdan  ham  qaytmasdi;  Samad  esa 

ishq-muhabbatda  ehtiyotkor,  u  hamisha  «etti  o‘lchab,  bir  kes»  degan  makolga  amal 

qilardi.   

3.  Gapdagi  uyushiq  bo‘laklar  murakkab  bo‘lib,  ular  nuqtali  vergul  orqali 

ma‘lum  gruppalarga  ajratiladi: 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish