O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
MUSTAQIL ISH
Fan: Ekonometrika asoslari
MAVZU: Makroiqtisodiy indikatorlarni ishlab chiqarish funksiyalari yordamida tadqiq qilish
GURUH: 25-19 IQTISOD
BAJARDI: L.I.Qo’shimova
TEKSHIRDI: H.N.Baqoyev
NAVOIY-2021
Mavzu:Makroiqtisodiy indikatorlarni ishlab chiqarish funksiyalari yordamida tadqiq qilish
Reja:
Makroiqtisodiy indikatorlar tushunchasi va ta’rifi
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi
Ishlab chiqarish funksiyasi yordamida makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tadqiq qilish.
Makroiqtisodiy indikatorlar tushunchasi va ta’rifi
Indikator so‘zi lotincha «indicator» degan so‘zdan olingan bo‘lib, ko‘rsatkich degan ma’noni anglatadi. Frantsiyalik mutaxassislar I.Bernar va J. Kolli tomonidan indikator tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «indikator umumiy iqtisodiy siyosatni o‘tkazish va uning natijalarini baholash uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, iqtisodiy va moliyaviy miqdorlar evolyutsiyasining raqamli ko‘rsatkichidir» . A. N. Azriliyan tahriri ostida chop tilgan «Bolshoy ekonomicheskiy slovar»da ham indikator tushunchasi iqtisodiy va moliyaviy miqdorlar o‘zgarishining raqamli ko‘rsatkichi sifatida talqin etilgan
Makroiqtisodiy indikator - oddiygina iqtisodiy statistika, masalan, ishsizlik darajasi, YaIM yoki inflyatsiya darajasi , bu iqtisodiyotning qanchalik yaxshi ishlashini va kelajakda iqtisodning qanchalik yaxshi bo'lishini ko'rsatadi.
Asosiy makroiqtisodiy indikatorlar(ko’rsatkichlar) quyidagilar:
milliy boylik;
yalpi ichki mahsulot;
yalpi milliy mahsulot;
sof milliy mahsulot;
milliy daromad;
aholi daromadlari;
davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi;
muomaladagi jami pul miqdori;
inflatsiya darajasi;
mamlakatdagi ishsizlik darajasi va hokazolar.
Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham Makroiqtisodiyotning predmeti hisoblanadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi
Ishlab chiqarish - korxonalarning asosiy faoliyati turi bo`lib, bu jarayon cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar hajmidan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyaning holati va darajasiga bog`liq.
Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma′lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir.
Masalan, o`z ustaxonasiga ega bo`lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom ashyo sifatida taxta, temir, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan foydalanadi.
Ishlab chiqarish omillarini yiriklashgan uch guruhga bo`lib qarash mumkin: mehnat, kapital va materiallar.
Ishlab chiqarish funksiyasi.
Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin.
Ishlab chiqarish funksiyasi foydalaniladigan har bir ishlab chiqarish omillari sarfi majmuasidan maksimal Q miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ko`rsatadi. Agar omillar majmuasi sarfi kapital, mehnat va materiallardan iborat bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |