2.
Bo’z tuproqlar-dengiz sathidan 900 m balanlikda to’q tusli bo’z, 500
(700)- 900 m tipik, 250-700 m och tusli bo’z tuproqlar tarqalgan. Odatda to’q tusli
bo’z tuproqlar past tog’ va tog’ yonbag’irliklarida (nishabligi 5
0
-10
0
) o’rta toshli,
melkozemi kam bo’lgan delyuvial-prolyuvial yotqiziqlar ustida rivojlanadi. To’q
tusli bo’z tuproqlar profili ham qisqa, (chimli qatlam 3-5 sm, chim osti qatlami 4-
7sm), gumus bu qatlamlarda 2,0-2,5 foyizni tashkil qiladi, mexanik tarkibi esa
o’rta va qisman o’rta qumoqlidir. Tipik va och tusli bo’z tuproqlar esa tog’ oldi
prolyuvial tekisliklarida rivojlanadi. Qo’riq sharoitda ular uchun juda qisqa 3-5sm
lekin uncha mustaxkam bo’lmagan chimli qatlam bo’lib, u odatda o’rta qumoqli,
och tusli bo’z tuproqlar esa engil qumoqli, kam gumusli (1,1-2,2 %), tuproq
yuzasida mayda toshchalarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bu tuproqlarda
karbonatli qatlamlar, ayniqsa tipik bo’z tuproqlarda, yaxshi ifodalangan.
Shuni takidlash o’rinliki, tipik va och tusli bo’z tuproqlar profilida genetik
qatlamlarning to’la shakllanishi ular rivojlanayotgan relefga bog’liq bo’ladi.
Darhaqiqat yassi to’lqinsimonli, nishabi kam ifodalangan prolyuvial tekisliklarda
bu tuproqlarning genetik qatlamlari yaxshi ifodalangan bo’lib, ular qalin
melkazemli (100-150 sm) qatlamga ega. Ularda o’ziga xos morfogenetik belgilar
yaqqol ifodalangan. Agar bu tuproqlar past tog’li, supasimon yoki o’r-qirli relefda
rivojlansa, ular qisqa profilli bo’lib o’ta skeletli va shag’alli bo’ladi.
3. Cho’l(sahro) qumli tuproqlar - bu bevosita Nurota tekisliklari bepoyon
Qizilqum hududi bilan tutash bo’lgan tekis relefli sharoitda rivojlangan. O’simlik
dunyosi asosan polin (supurgi) va sho’ralardan iborat, o’t o’simliklari (chim hosil
qiluvchilar) juda kam. Bu tuproqlarda genetik qatlamlar deyarlik ifodalanmagan
chim va chim osti qatlamlarida 0,4-0,6% gumus bo’ladi, lekin mexanik tarkibi
qumli bo’lganligi sababli shamol eroziyasiga chalingan, shuning uchun bo’lsa
kerak, tuproqning yuza qismi mayda shag’allidir. Odatda bu tuproqlar tarqagan
hududlardan chorva uchun yaylov sifatida foydalaniladi.
Yuqorida bayon etilgan malumotlar asosida shuni takidlash mumkinki, tog’
va tog’ oldi tekisliklarida tarkib topgan tuproqlar O’zbekistonda shu nom bilan
tarqalgan barcha tuproq tiplaridan, dastavval ularda morfogenetik takomillanishi
- 33 -
o’ta quruq sharoitda kechishi, gumus miqdorining kamligi hamda bu qatlamning
katta emasligi, o’simlik dunyosining kamligi, mexanik tarkibini toshchaliligi, suv,
ayniqsa shamol eroziyasiga chalinganligi, bo’z tuproqlarni esa sho’rlanishga
moyilligi kabi o’ziga xos hududiy belgilarning mavjudligi bilan ajralib turadi.
Umuman olganda, Tog’ oldi xo’jaliklarida keng tarqalgan tipik bo’z tuproqlar
dehqonchilik uchun yaroqli hisoblanadi. Bu tuproqlarni suv manbalari mavjud
bo’lsa, sug’orma dehqonchilikda keng jalb qilish mumkin. Och tusli bo’z
tuproqlar ham sug’orma dehqonchilik uchun yaroqli, lekin bunda kuchli
sho’rlanish jarayonining bo’lish mumkinligini hisobga olgan holda o’zlashtirish
ishlarini tashkil qilish zarur. Quyida, yuqorida bayon qilingan tuproq tiplarining
tavsifi beriladi.
Tog’ oldi tekisliklarida och tusli bo’z tuproqlarning shimoliy qismida
Qizilqum platosiga o’tish chegarasida qumli sahro tuproqlari joylashgan.
Geomorfologik nuqtai nazardan bu tuproqlar tekisliklarning ayrim qismlarida
kichik–kichik barxanlar hamda qum to’plamalari ko’rinishida joylashgan bo’ladi
Genetik nuqtai nazardan esa bu unchalik takomillashmagan, genetik qatlamlarga
to’la ajralmagan, morfologik belgilari ham o’z evolyustiyasini to’la tamomlamagan
bo’ladi.
Biroq, shuni ta’kidlash kerakki, qumli cho’l(sahro) tuproqlarida mexanik
tarkibning engilligi, atmosfera yog’in suvlarini o’zida to’plash qobiliyati hamda
yaxshi issiqlik rejimiga egaligi tufayli erta bahorda har xil turdagi o’simlik
qoplamlariga boy bo’ladi.
Takomillashgan
qumli
cho’l(sahro) tuproqlarida quyidagi genetik
qatlamlarni va ularga hos morfologik belgilarni ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |