- 30 -
II BOB. O’ZBEKISTON TOG’ VA TOG’ OLDI HUDUDLARI
TUPROQLARI
3.1. Tog’ va tog’ oldi hududlari tuproqlarining gorizontal hamda vertikal
mintaqaviyliklari va tuproq hosil bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari.
O’zbekiston Respublikasi katta hududni egallagani sababli turli tuproq-iqlim
mintaqaviyligiga ega. Bu o’rinda birinchi bo’lib tuproqlarning gorizontal va
vertikal qonuniyatlar asosida tarqalishini alohida ko’rsatish lozim. Tuproqlarning
respublikamiz hududida vertikal qonuniyatlar asosida tarqalishining eng dastlabki
quyi chegarasi och tusli bo’z tuproqlardan boshlanib, tipik va to’q tusli bo’z, tog’
jigarrang, baland tog’ dasht o’tloqi (alp va subalp mintaqa) va doimiy tog’
muzliklari tomon davom etadi. Gorizontal qonuniyatlar esa uning boshlanish
nuqtasi och tusli bo’z, keyinchalik bu, qumli sahro, sur tusli qo’ng’ir, taqirli
tuproqlar hamda sho’rhoklarga o’tadi. Tuproqlar tarqalishining bunday
qonuniyatlarini respublikamizning ayrim viloyatlari hududida misolida ko’rishimiz
mumkin. Jumladan Qashqadaryo viloyati hududi aynan gorizontal va vertikal
qonuniyatlar asosida tuproqlarning tarqalishini ko’ramiz. Bunday qonuniyatni
uncha to’liq bo’lmagan Nurota tog’ari hududi misolida ko’rishimiz mumkin.
Qashqadaryo viloyati va Nurota hududida qumli sahro tuproqlar-qisqa
(boshlanish) shakldagi gorizontal qonuniyatlarni; → och tusli bo’z → tipik bo’z
→ to’q tusli bo’z → tog’ jigarrang tuproqlari shaklidagi vertikal qonuniyatlarni
ko’rish mumkin. Bunday zanjirda gorizontal qonuniyatning sur tusli qo’ng’ir,
taqirli tuproqlari, vertikal qonuniyatning–baland tog’ dasht hamda doimiy tog’
muzliklari yo’qligini ko’ramiz. Nurota tumani hududida tarqalgan tuproqlar
gorizontal va vertikal qonuniyatlar asosida joylashsada, mazkur tuproqlar
geografik iqlimiy sharoitlariga ko’ra respublikamizning boshqa hududlarida
tarqalgan hamda shu nom bilan yuritiluvchi tuproqlardan dengiz sathiga nisbatan
joylanish balandligi, yog’in-sochin miqdori, o’simlik qoplamining holati va
nihoyat melkozemli qatlamning qalinligi kabi ko’pgina morfolitogenetik belgilar
bilan farqlanadi.
- 31 -
Xususan past tog’li hududlardagi barcha tuproq tiplari shu nom bilan
yuritiluvchi boshqa tuproq tiplaridan kam gumusliligi, o’simlik qoplamining
kamligi va nihoyat barcha tuproq tiplari dengiz sathidan yuqoriroq balandlikda
joylashganligi bilan ajralib turadi.
O’zbekiston katta hududni egallaganligi tufayli unda bir qancha
tuproq tiplari, tipchalari va xillari mavjud. Biroq ularning barchasi o’ziga xos
tuproq -iqlim sharoitida vujudga kelgan. Bu o’rinda past tog’ va tog’ oldi-
tekisliklarida tuproq hosil bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lib, bu
hududda tarqalgan tuproq tiplari respublikamizning barcha hududlarida tarqalgan
tuproq tiplari nomlari bilan atalsa-da lekin ular bu tuproqlarga xos bo’lgan barcha
genetik-morfologik, agrokimyoviy va agrofizikaviy xususiyatlardan farqlanadigan
maxsus belgilarni o’zida mujassamlantiradi.
Sub gumitli mintaqalarning tog’ va tog’ oldi tekisliklarida huduning tabiiy
sharoitlari ta’sirida shakllangan, o’z evolyustiyasini davom ettirayotgan quyidagi
tuproq tiplari tarqalgan
Do'stlaringiz bilan baham: