(S gorizonti).
sarg’ish yoki sarg’ish mala rangli, bo’shroq, g’alvirak, bir xil tuzilishli lyossimon
qumoq tuproqlar boshlanadi. Bu qatlamda karbonatli chiqarilmalar kam bo’ladi,
quyi qavatlarda esa mutlaqo bo’lmaydi. Gipsli gorizont, relef sharoitiga qarab, 1-2
Tuproq hosil etuvchi jinslarning tipik bo’z tuproqlar poyasida eng ko’p
tuproqlar poyasidagi qaraganda ko’proq, ammo to’q tusli bo’z tuproqlar poyasidagi
ancha qalin qatlamli, gumusli gorizontlarning aniq bo’z rangli bo’lishi va
- 39 -
karbonatli chiqarmalarning unchalik ravshan bilinmasligi bilan tuproqlardan
ajraladi. Suv ayirg’ichlaridagi tepa va nishob yonbag’irlarda bu gorizontlar qisqa
bo’ladi. Ularning morfologik belgilarining bu xilda o’zgarishiga eroziya prostessi
sabab bo’lgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, tog’ va tog’oldi tekisligida lyossimon yotqiziqlar
ko’pchilik holda sertoshli prolyuvial-allyuvial, ba’zan tub tog’ jinslarining
nuralgan elyuviy yotqiziqlari suv ayirg’ichlaridagi tepalar ustida rivojlangan. Tipik
bo’z tuproqlarda bayon qilingan morfologik belgilar ravshan ifodalangan
bo’lmasliklari mumkin.
To’q tusli bo’z tuproqlar bo’z tuproqlarning so’ngi vakili bo’lib, u past tog’li
rel’ef sharoitida shakllanadi. Tog’larda bu tuproqlar dengiz sathidan 825–1250 m.
balandlikda tarqalgan. Bu tuproqlar tarqalgan hududning geomorfologiyasi va
rel’efi juda murakkab. Geomorfologik jihatdan bu hudud Nurota tog’ tizmalarining
pastki qatlamida, ayrim hollarda tog’ oldi o’r-qirli yoki keskin to’lqinsimon
qismida joylashgan. Past tog’ yon bag’irlari ko’pchilik holda melkozemsiz yoki
dag’al delyuviy yotqiziqlaridan tashkil topgan bo’lib, o’simlik turi (qoplami)
umuman uchramaydi. Faqatgina qiyalik tik bo’lmagan, asosan shimoliy, shimoli–
g’arbiy, g’arbiy qiyaliklarda har xil gumusli melkozemli qatlamga ega bo’lgan to’q
tusli bo’z tuproqlar uchraydi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinslar – toshli-skeletli
delyuviy, prolyuviy, delyuviy-prolyuviydir. Faqatgina tog’ oldi tekisliklarda
lyossimon serkorbonatli ona jinslar uchraydi. Shu munosabat bilan to’q tusli bo’z
tuproqlarning asosiy morfologik belgilaridan biri skeletli bo’lishi hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, past tog’li hududlarda tarqalgan tuproqlar juda
kam o’rganilgan. Keyingi 8-10 yil davomida bu hududlarda tarqalgan tuproqlar
geografiyasi, tiplari, tipchalari to’g’risida ma’lumotlar adabiyotlarda o’z ifodasini
topmoqda.
To’q tusli bo’z tuproqlar uchun quyidagi morfologik belgilar xarakterli
hisoblanadi.
Qo’ng’ir jigarrang tovlanuvchi bo’z rang, yaxshi chimlangan, zichlangan,
kesakchali qalinligi 3–7 sm.li chimli qatlam mavjud. Tuproq yuza qismi toshchali,
- 40 -
eroziya izlari ko’rinib turadi. Chim osti qatlamida, rangi och-qo’ng’ir jigarrang
tovlanuvchi to’q tusli bo’z, tomirlar miqdori biroz kamaygan, zichlangan,
yong’oqsimon kesakchali, ko’p sonli tuproq jonivorlari, ularning chiqindilari
(koprolitlar) mavjud bo’lgan qatlam bo’ladi. Uning qalinligi 10–20 sm.gacha
bo’ladi. Chim osti qatlami ostida V qatlam joylashgan bo’lib, uning rangi och
qo’ng’ir tovlanuvchi bo’z rang, kesakchali, mexanik hamda suvga chidamsiz,
tomirlar ko’p uchramaydi, tuproq hashoratlarining yuqorigi qatlamga nisbatan
kamroq ifodalangan, oqish dog’lar mavjud bo’lgan qatlam yotadi. Bu qatlam
sertoshli, bazan katta o’lchamli nuralgan tog’ jinslaridan iborat qumli-qumloq
tarkibli ona jins yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: