O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 22. 08. 2009 y. N 245



Download 102,24 Kb.
bet1/8
Sana01.02.2017
Hajmi102,24 Kb.
#1601
  1   2   3   4   5   6   7   8
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.08.2009 y.

N 245

Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang

ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASIDAN

FOYDALANISH QOIDALARINI

TASDIQLASH TO’G’RISIDA
Mazkur Qarorga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan

O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori,

O’zR VM 05.04.2011 y. 103-son Qarori,

O’zR VM 01.11.2012 y. 313-son Qarori,

O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori,

O’zR VM 31.12.2014 y. 377-son Qarori


1-ilova. Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari

2-ilova. Issiqlik energiyasidan foydalanish Qoidalari

3-ilova. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining

o’z kuchini yo’qotgan qarorlari ro’yxati

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida" 2009 yil 5 iyundagi 150-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. Quyidagilar:

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;

Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Elektr energetikada nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi:

bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan qoidalarni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bo’yicha respublikaning barcha elektr va issiqlik energiyasi foydalanuvchilariga yetkazsinlar, shuningdek aholini belgilangan tartibda xabardor qilsinlar;

O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston matbuot va axborot agentligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari mazmunining ommaviy axborot vositalarida, matbuotda, televideniyeda, internet-nashrlarda doimiy mavzuli ruknlar orqali keng yoritilishini tashkil etsinlar.
3. "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, O’zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o’zgartirish va qo’shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
4. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari E.R. Shaismatov zimmasiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 22 avgustdagi

245-son qaroriga

3-ILOVA

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining

o’z kuchini yo’qotgan qarorlari ro’yxati
1. Vazirlar Mahkamasining "Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida" 2005 yil 27 yanvardagi 32-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 1-son, 4-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida" 2006 yil 24 fevraldagi 32-son qarori (O’zbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 2-son, 15-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida" 2007 yil 1 martdagi 43-son qaroriga ilovaning 8-bandi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 2-3-son, 13-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida" 2009 yil 4 fevraldagi 33-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 2-son, 9-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ruxsatnomalar olish tartibotlarini takomillashtirish va soddalashtirish to’g’risida" 2009 yil 10 iyundagi 158-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O’zbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 24-son, 272-modda).

"O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2009 yil, 35-son, 382-modda.



Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 22 avgustdagi

245-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatning rus tilidagi

matniga qarang

Elektr energiyasidan foydalanish

QOIDALARI
Mazkur Qoidalarga quyidagilarga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan

O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori,

O’zR VM 05.04.2011 y. 103-son Qarori,

O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori,

O’zR VM 31.12.2014 y. 377-son Qarori
I. Umumiy qoidalar

II. Iste’molchilarning elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlar

III. Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ijozat

olish va kuchlanishni iste’molchilarga uzatish tartibi

IV. Elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarining texnik

holati yuzasidan tomonlarning javobgarligi

V. Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini

o’rnatish va ularni ekspluatatsiya qilish

VI. Elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi

VII. Elektr energiyasi iste’molchilari hamda hududiy elektr

tarmoqlari korxonasining huquq va majburiyatlari

VIII. Reaktiv energiya va quvvat kompensatsiyasi uchun elektr

energiyasi bo’yicha tarifdan chegirmalar va tarifga ustamalar

IX. Elektr energiyasining sifati uchun elektr energiyasi

tarifidan chegirmalar va unga ustamalar

X. Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qo’yish shartlari

XI. Blok-stansiyaga ega bo’lgan iste’molchilar

bilan o’zaro munosabatlar



I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Elektr energetikasi to’g’risida”, "Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida", "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida", "Tabiiy monopoliyalar to’g’risida", "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr energiyasi iste’molchilari bilan o’zaro munosabatlarini tartibga soladi hamda barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va elektr energiyasi iste’molchilari uchun majburiy hisoblanadi. (O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori tahriridagi xatboshi)

Ushbu Qoidalar shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, iste’molchilardan elektr energiyasi uchun to’lovni yig’ish funksiyasini bajaruvchi xususiy operatorlar uchun ham majburiy hisoblanadi.


2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:
energiya ta’minoti bo’yicha avariya broni - iste’molchilar faoliyatini qisman yoki to’liq to’xtatishda uskunalarni saqlash, insonlar hayotining xavfsizligini ta’minlash, avariya va qo’riqlash yoritgichlari, shamollatish, suv haydash, suv ta’minoti, isitish, yong’in xavfsizligi vositalari uchun zarur bo’lgan elektr quvvatining eng kam miqdordagi darajasi yoki elektr energiyasi hajmi;
blok-stansiyalar - iste’molchilarning yagona elektr energetikasi tizimiga bevosita yoki iste’molchilar tarmog’i orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;
maishiy iste’molchi (aholi) - hududiy elektr tarmoqlari korxonasi (bosh ishonchnoma asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi nomidan shartnoma tuzuvchi elektr ta’minoti korxonasi) bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzgan va elektr energiyasidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanadigan jismoniy shaxs;
elektr tarmog’ining balans bo’yicha mansublik chegarasi - elektr tarmog’ining balans bo’yicha mansubligi bilan aniqlanadigan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o’rtasidagi elektr tarmog’ining bo’linish nuqtasi;
elektr ta’minoti shartnomasi - yozma bitim, unga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchida kerakli uskunalar va elektr energiyasi iste’molini hisobga olish priborlari mavjud bo’lgan taqdirda unga ulangan elektr tarmog’i orqali elektr energiyasi yetkazib berish majburiyatini oladi, iste’molchi esa uning haqini to’lash, shuningdek elektr energiyasi iste’mol qilishning shartnomada nazarda tutilgan rejimiga rioya qilish, o’z tasarrufida bo’lgan elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xavfsizligini hamda elektr energiyasi iste’moli bilan bog’liq bo’lgan o’zi foydalanadigan uskunalar va priborlarning soz holatda bo’lishini ta’minlashni o’z ichiga oluvchi chora-tadbirlarni bajarish majburiyatini oladi;
elektr energiyasi (quvvati) iste’molining shartnomadagi miqdori - tegishli hisob-kitob davrida iste’molchi tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi (quvvati)ning hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o’rtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;
yagona elektr energetika tizimi - elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari va ularni tezkor-dispetcherlik boshqarish korxonalari yig’indisi;
avvaldan buyurtma berilgan quvvat - iste’molchining energiya tizimini eng katta yuklamasida qatnashuvchi eng katta quvvati (yuklamasi). Iste’molchining eng katta yuklamasi tegishli hisobga olish priborlari (hisob-kitob hisoblagichlarining yarim soatlik ko’rsatkichlari bo’yicha) yoki Yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi;
elektr energiyasi sifati - elektr energiyasi parametrlarining davlat standartlari bo’yicha belgilangan talablarga muvofiqligi;
elektr energiyasini hisobga olishni nazorat qilish pribori - nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning ko’rsatkichlari asosida alohida sexlar, texnologik liniyalar, ko’p energiya sarflaydigan uskunalar va shu kabilardagi elektr energiyasi (quvvati) sarfi aniqlanadi;
yetarli miqdorda yetkazib berilmagan elektr energiyasi (kam yetkazib berish) - energiya ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan, uzib qo’yish va cheklash vaqtida iste’molchi to’liq olmagan elektr energiyasi miqdori;
elektr tarmog’i xo’jaligi obyektlari - elektr energiyasi uzatish va yetkazib berishni amalga oshirish uchun mo’ljallangan elektr energiyasi uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari;
cheklash - shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish oqibatida muayan vaqt oralig’i davomida, shuningdek hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo bo’lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga shartnomada belgilangan elektr energiyasi va (yoki) quvvati yetkazib berish miqdorining kamayishi;
elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi tanaffus (uzib qo’yish) - iste’molchiga elektr energiyasi yetkazib berishni to’xtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki elektr energiyasi iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning o’zida bir nechta liniyalar bo’yicha elektr energiyasi oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki bir nechta elektr energiyasi yetkazib berish liniyalarining uzib qo’yilishi tufayli sodir bo’ladigan tanaffuslar bundan mustasno;
rejali uzib qo’yish - hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr qurilmalarini rejali - ehtiyotan ta’mirlash jadvali bo’yicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida iste’molchilarni oldindan (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga elektr energiyasi berishni to’liq yoki qisman to’xtatish, agar elektr ta’minoti shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa;
to’lov hujjati - to’lov talabnomasi yoki to’lov topshiriqnomasi, uning asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining hisob-kitob raqamiga pul mablag’lari o’tkaziladi, shuningdek bildirishnoma (schyot), uning bo’yicha to’lov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
elektr energiyasi iste’molchisi (iste’molchi) - elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi - viloyat, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr ta’minoti shartnomasi asosida iste’molchilarga elektr energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega bo’lgan yuridik shaxs;
elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) - elektr energiyasini qabul qilish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan qurilma yoki pribor;
iste’molchining ulangan quvvati - iste’molchining elektr energiyasini (bevosita elektr qabul qilgichlarni ta’minlaydigan) ishchi kuchlanishga aylantiruvchi transformatorlarining va 1000 Voltdan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarining elektr tarmoqlariga ulangan jami quvvati. Iste’molchilarning elektr qurilmalari tarmoq transformatorlardan yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasining past kuchlanishli tarmoqlaridan ta’minlanganda, iste’molchining ulangan quvvati uchun foydalanishga ruxsat etilgan quvvat qabul qilinadi, uning miqdori hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilanadi hamda elektr ta’minoti shartnomasida ko’rsatiladi;
hisob-kitob davri - elektr energiyasi (quvvati) iste’molining sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o’rtasida o’zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo’lgan vaqt davri (oy);
elektr energiyasi va quvvatini hisobga olish pribori - elektr energiyasi (quvvati) sarfini hisobga olish pribori, shu jumladan, jamlovchi qurilmalar hamda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatik tizimlari, iste’mol qilingan elektr energiyasi va quvvatining haq to’lanishi lozim bo’lgan hajmi ularning ko’rsatkichlari asosida aniqlanadi;
tizim operatori - yagona elektr energetikasi tizimi faoliyatining texnologik rejimini, magistral elektr tarmoqlarining tezkor-dispetcherlik boshqaruvini, shuningdek uning boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari bilan o’zaro hamkorligini ta’minlovchi mutasaddi tuzilma;
subiste’molchi - hududiy elektr tarmoqlari korxonasi roziligi bilan iste’molchining elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va iste’molchi bilan elektr ta’minoti yuzasidan shartnoma tuzgan iste’molchi. Elektr energiyasi subiste’molchiga berilganda, iste’molchi Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi bo’yicha hududiy elektr tarmoqlari korxonasi oldida javobgar bo’ladi;
elektr ta’minotining texnologik broni - texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur bo’lgan elektr energiyasi yoki quvvati hajmi;
hisobga olish nuqtasi - elektr ta’minoti sxemasidagi nuqta, unda o’lchash pribori (yoki hisobga olish tizimi) yordamida elektr energiyasi (quvvati) sarfining hajmi aniqlanadi;
elektr ta’minoti korxonasi - hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasini taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi bo’linmasi;
elektr qurilmasi - elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun mo’ljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar yig’indisi (ular o’rnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
elektr energiyasini hisobga olishni nazorat qilish priborini ulash sxemasini tekshirish" (tekshirish) - hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan ayni bir vaqtda belgilangan namunadagi dalolatnoma rasmiylashtirilgan, keyinchalik axborot dasturiy kompleksining tegishli reyestriga kiritilgan holda instrumental usul bilan hisobga olishni nazorat qilish pribori ulanishi sxemasining to’g’riligi, iste’molchining o’lchov transformatorlari tekshirilishi; (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)
hisobga olishni nazorat qilish priboridagi ko’rsatkichlarni nazorat tartibida tekshirish (aylanib chiqish) - hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan vakil qilingan shaxs tomonidan iste’molchilarning hisobga olishni nazorat qilish priborlaridan elektr energiyasi (quvvati)ning haqiqiy sarfi ko’rsatkichlarini olish, ularning holatini, "O’zstandart" agentligi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi plombalarining butligini, ulash sxemalarini ko’zdan kechirish; (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)
qo’ymaslik - hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan vakil qilingan shaxslarni iste’molchi tomonidan hisobga olishni nazorat qilish pribori ulanishi, o’lchov transformatorlari sxemalarining to’g’riligini tekshirish, shuningdek hisobga olishni nazorat qilish pribori ko’rsatkichlarini nazorat tartibida tekshirish uchun yozib olishning cheklanishi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)
3. Bir vaqtning o’zida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida elektr energiyasini yetkazib berish, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va energiya qurilmalari shu tashkilot tarmog’iga bevosita ulangan iste’molchi o’rtasida tuzilgan elektr ta’minoti shartnomasi asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnoma shakli qonun hujjatlariga muvofiq "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o’rinlarda "O’zdavenergonazorat" DI deb ataladi) tomonidan tasdiqlanib, so’ngra o’rnatilgan tartibda huquqiy ekspertizadan o’tkaziladi.

Iste’molchi va elektr ta’minoti korxonasi o’rtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

shartnoma mavzusi;

iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga va elektr energiyasi sifati ko’rsatkichlariga rioya qilish bo’yicha tomonlarning shartlari va majburiyatlari;

elektr tarmoqlarining balans bo’yicha mansubligi hamda elektr tarmoqlari va elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatish chegaralari;

hisobga olish priborlarining o’rnatilgan joyi;

iste’molchilarning elektr energiyasi uchun haq to’lash bo’yicha tarif guruhlari;

foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, uskunalar va priborlarning zarur texnik holatini va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha shartlar;

iste’molchilarni, subiste’molchilarni elektr tarmog’iga ulash tartibi (iste’molchining nomi, quvvati, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa ma’lumotlar);

elektr energiyasini texnologik yoki avariyaviy bron darajasigacha yetkazib berishning eng kam hajmi (faoliyat xususiyatlari, asosiy mahsulotni ishlab chiqarishning, ko’rsatiladigan xizmatlarning hajmlari va mazkur iste’molchilar tomonidan foydalaniladigan uskunalarning tavsiflaridan kelib chiqib majburiy xizmat ko’rsatilishi kerak bo’lgan iste’molchilar uchun);

tomonlarning javobgarligi;

nizolarni hal etish tartibi;

fors-major holatlar;

tomonlarning rekvizitlari.

Elektr ta’minoti shartnomasini tuzish, uni o’zgartirish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Qoidalarga amal qiladilar.

Subiste’molchilar elektr ta’minoti shartnomasini hududiy elektr tarmoqlari korxonalari roziligiga binoan iste’molchilar bilan tuzadilar.


4. Iste’molchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun "O’zstandart" agentligi yoki uning o’lchov vositasi turini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasining sertifikatiga ega bo’lgan hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan birga ishlay oladigan elektron hisobga olish priborlari qo’llanadi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchi bilan birgalikda iste’molchilar iste’mol qilgan elektr energiyasining amaldagi miqdorini aniqlash uchun ulardagi hisobga olish priborlarining (maishiy iste’molchilardan tashqari) ko’rsatkichlarini har oyda yozib olishi va zarur bo’lganda hisobga olish priborlarini ulash sxemasini tekshirib ko’rishi kerak. Iste’molchi tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga belgilangan shakl bo’yicha chopar orqali yoki faksimil aloqa yoxud elektron pochta aloqasi orqali taqdim etilgan elektr energiyasi va quvvati sarfi to’g’risidagi hisobot ham iste’mol qilingan elektr energiyasi va quvvatining amaldagi hajmini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi)

Elektr energiyasini iste’mol qilishni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilishiga qarab iste’molchilarning hisobga olishni nazorat qilish priborlari ko’rsatkichlarini yozib olish avtomatlashtirilgan tizimning texnik parametrlariga muvofiq, biroq bir oyda kamida bir marta yoki iste’molchining buyurtmasi bo’yicha amalga oshiriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
5. Elektr energiyasiga amaldagi tariflar o’zgargan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ularning kuchga kirishidan kamida o’n besh kun oldin qarorni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. (O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)

Bunda elektr energiyasiga tariflar o’zgargan sanadan qat’i nazar, elektr ta’minoti shartnomasi o’z kuchida qoladi va iste’molchi olingan elektr energiyasi va quvvati uchun yangi tarif kuchga kirgan kundan boshlab u bo’yicha haq to’lashga majburdir. (O’zR VM 17.05.2010 y. 92-son Qarori tahriridagi xatboshi)

Bunda tarif o’zgargan taqdirda, iste’molchi elektr energiyasining (aktiv, reaktiv energiya ham shu jumlaga kiradi) va quvvatning avans bilan to’langan hajmi uchun, biroq to’lov kunidan boshlab keyingi 12 oydan ortiq bo’lmagan vaqtda qo’shimcha to’lovlar to’lashdan ozod etiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
6. O’z tarmoqlari orqali subiste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib beruvchi iste’molchilar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasini, subiste’molchilarning elektr energiyasi iste’molini hisobga olgan holda, elektr energiyasining umumiy (yig’ma) miqdori bo’yicha tuzadilar.
7. Iste’molchi o’ziga tegishli elektr tarmoqlariga, ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida, kuchlanishi 1000 Voltgacha bo’lgan qo’shimcha elektr qurilmalarini ulashi mumkin (elektr energiyasini isitish va issiq suv ta’minoti uchun qo’llanishdan tashqari).
8. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchiga (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar o’zaro kelishgan elektr energiyasi yetkazib berish rejimiga rioya qilgan holda yetkazib berishga majburdir.

Elektr energiyasi iste’molchilari (aholidan tashqari) 1 sentabrgacha choraklar bo’yicha bo’lib ishlagan holda kelgusi yilga elektr energiyasi iste’molining prognozlashtirilayotgan miqdori to’g’risida hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga yoki iste’molchining elektr qurilmalari elektr tarmoqlariga ulangan uning bo’linmasiga buyurtmanoma beradi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar aholisi tomonidan elektr energiyasi iste’moli prognozini hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aholi o’sishini, uy-joy qurilishini hisobga olgan holda har bir maishiy iste’molchi bilan tuzilgan elektr ta’minoti shartnomalari asosida belgilaydi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

Elektroenergetika obyektlarining tarmoq ichki elektr energiyasi iste’moli prognozi (elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalarning o’z va ishlab chiqarish ehtiyojlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasini elektr tarmog’i xo’jaligi obyektlari bo’yicha uzatishga elektr energiyasining texnologik sarfi) joriy yilning 1 oktabrigacha umumlashtiriladi hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi tarkibiga kiritiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxona har yili 1 oktabrgacha "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga egalik qilinayotgan quvvat va kelgusi yilga elektr energiyasi ishlab chiqarish prognozi to’g’risida ma’lum qiladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)

"O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi choraklar bo’yicha bo’lib chiqqan holda kelgusi yilga elektr energiyasi ehtiyojining prognozini shakllantiradi va joriy yilning 15 oktabrigacha uni O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadi, shuningdek belgilangan muddatda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansiga muvofiq ko’rib chiqilayotgan yil uchun choraklarga bo’lgan holda ularning elektr energiyasi yillik resurslarini yetkazadi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)


9. Sanoat iste’molchilari va ularga tenglashtirilgan iste’molchilar quyidagilarga majbur:

mahsulot birligini ishlab chiqarish (ishlarni amalga oshirish) uchun elektr energiyasi sarfining texnik va iqtisodiy jihatdan asoslangan - umumiy ishlab chiqarish va texnologik; yakka tartibdagi va guruh bo’yicha; yillik, choraklik va oylik - progressiv me’yorlarini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyasi takomillashtirilishi (o’zgartirilishi) va yangi texnika joriy etilishi bilan ularni qayta ko’rib chiqish;

umuman korxona bo’yicha, shu jumladan, ko’p energiya sarflaydigan uskunalar, sexlar va iste’molchilar guruhlari bo’yicha elektr energiyasi balanslarini tuzish hamda ular asosida ishlab chiqarish jarayonlarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini tahlil qilish, elektr energiyasining samarasiz sarflanishi va isrof bo’lishini aniqlash, ularni kamaytirish va bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

kelgusi davr uchun elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojni va elektr tarmoqlarining energiya o’tkazish qobiliyatini oshirish, elektr ta’minoti sxemalarini takomillashtirish zaruriyatini aniqlash maqsadida (mahsulot ishlab chiqarishning, bajariladigan ish turlarining mo’ljallanayotgan prognoz hajmlaridan va elektr energiyasi sarfi me’yorlaridan kelib chiqib, ularni kamaytirish va elektr energiyasini tejashni hisobga olgan holda) elektr energiyasining bir yil va kelgusi davr uchun balanslarini tuzish;

mahsulot (ishlar) birligiga elektr energiyasi sarfining tasdiqlangan me’yorlariga rioya qilish va ularni kamaytirish bo’yicha belgilangan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

elektr energiyasini tejash bo’yicha (yillik va uzoq istiqbol uchun) tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.



"O’zdavenergonazorat" DI tomonidan iste’molchida energiyadan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq) nooqilona foydalanganlik, elektr energiyasini tejash bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aniqlangan elektr energiyasidan nooqilona foydalanish holatlaridan kelib chiqqan holda, energiya iste’molining shartnomadagi miqdorini kamaytirishga haqlidir.
10. Elektr tarmog’i xo’jaligi obyektlaridagi avariyalarning oldini olish va bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan bog’liq kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlarni ko’rish zarur bo’lganda, iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda, elektr energiyasini uzatishda tanaffus yoki cheklashlarga yo’l qo’yilishi mumkin.
11. Obyektning elektr ta’minoti loyihasida ko’zda tutilgan, o’zaro zaxiralanuvchi manbalarni avtomatik ishga tushirish yoki asosiy manbani qayta avtomatik tiklash vaqtida elektr energiyasining uzib qo’yilishi (sabablaridan qat’i nazar) elektr ta’minotida tanaffus deb hisoblanmaydi.
12. Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq "O’zdavenergonazorat" DI tomonidan amalga oshiriladi.
13. Elektr energiyasining isrof qilib sarflanishi va iste’molchi elektr qurilmalarining avariya xavfi tug’diradigan yoki odamlar hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati aniqlanganda "O’zdavenergonazorat" DI elektr energiyasi yetkazib berishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’xtatib qo’yish huquqiga ega.
14. Maxsus qoidalar bo’yicha foydalaniladigan elektr qurilmalari ustidan energetika nazorati qonun hujjatlariga muvofiq, vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
15. Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, priborlar va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek elektr energiyasidan foydalanish paytida paydo bo’ladigan avariyalar, yong’inlar, elektr energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar to’g’risida hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlarini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
16. Elektr tarmoqlari, priborlar va uskunalarning texnik holatiga va ularni ekspluatatsiya qilishga nisbatan qo’yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi elektr energetikasi sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
17. Ushbu Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga, Jinoyat kodeksiga, "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan iste’molchi o’rtasida tuziladigan elektr ta’minoti shartnomasida belgilab beriladi. (O’zR VM 01.11.2013 y. 295-son Qarori tahriridagi band)

Download 102,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish