O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qarori 22. 08. 2009 y. N 245



Download 102,24 Kb.
bet6/8
Sana01.02.2017
Hajmi102,24 Kb.
#1601
1   2   3   4   5   6   7   8

issiqlik energiyasi sifati - bu issiqlik tarmog’ining balans bo’yicha mansubligi bo’linish chegarasida issiqlik eltuvchi parametrlarining issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligi;
hisobga olishni nazorat qilish pribori - nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning ko’rsatkichlari asosida issiqlik tarmog’ining mazkur nuqtasidagi issiqlik energiyasi sarfi aniqlanadi;
yetarli miqdorda berilmagan (kam berish) issiqlik energiyasi - issiqlik ta’minotidagi tanaffus yoki cheklash vaqtida iste’molchi to’liq ololmagan issiqlik energiyasi miqdori;
cheklash - issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida nazarda tutilgan tadbirlarni qo’llash natijasida muayan vaqt oralig’i davomida, shuningdek issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlarida fors-major holatlari tufayli paydo bo’lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdorining kamayishi;
yakuniy hisob-kitob - hisob-kitob davri tugagach iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun iste’molchining issiqlik ta’minoti korxonasi bilan hisob-kitob qilishi;
ulgurji iste’molchi - qayta sotuvchi - issiqlik ta’minoti korxonasining iste’molchisi sifatida harakat qiluvchi, o’zining balansida issiqlik tarmoqlari bo’lgan va issiqlik ta’minoti korxonasidan issiqlik energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni shartnoma bo’yicha turli iste’molchilarga qaytadan sotuvchi ixtisoslashgan korxona;
issiqlik ta’minotidagi tanaffus (uzib qo’yish) - iste’molchiga issiqlik energiyasi yetkazib berilishini to’xtatish;
to’lov hujjati - to’lov talabnomasi, topshiriqnomasi, unga asosan issiqlik ta’minoti korxonasining hisob-kitob raqamiga pul mablag’lari o’tkaziladi, shuningdek bildirishnoma, uning bo’yicha to’lov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
rejali uzib qo’yish - issiqlik ta’minoti korxonasining uskunalarini rejali - ehtiyotdan ta’mirlash jadvali bo’yicha ta’mirlash yoki profilaktikasi davrida iste’molchilar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga issiqlik energiyasi berishni to’liq yoki qisman to’xtatish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa;
iste’molchi - issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan, u bilan issiqlik tarmoqlarining balans bo’yicha mansublik chegarasiga ega bo’lgan, issiqlik energiyasidan foydalanish huquqi va shartlari iste’molchi hamda issiqlik ta’minoti korxonasi yoki uning yuqori tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
oraliq hisob-kitob - hisob-kitob davri mobaynida iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun iste’molchi tomonidan qisman haq to’lash;
hisob-kitob davri - issiqlik energiyasining iste’mol sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun iste’molchi va issiqlik ta’minoti korxonasi o’rtasida o’zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo’lgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida ko’rsatiladi;
issiqlik energiyasini hisobga olish pribori - Issiqlik energiyasini hisobga olish qoidalarining talablariga javob beradigan, ularning ko’rsatkichlari bo’yicha iste’mol qilingan issiqlik energiyasi uchun issiqlik ta’minoti korxonasi bilan o’zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan hisobga olish priborlari;
subiste’molchi - issiqlik ta’minoti korxonasining roziligi bilan iste’molchining issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan va iste’molchi bilan issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega bo’lgan iste’molchi. Subiste’molchiga energiya berishda iste’molchi Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish yuzasidan issiqlik ta’minoti korxonasi oldida javobgar hisoblanadi;
issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari - issiqlik energiyasini qabul qilish, uzatish, qayta hosil qilish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan uskuna yoki pribor;
issiqlik ta’minoti korxonasi - issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasi bo’yicha issiqlik energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega bo’lgan yuridik shaxs, shu jumladan ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi;
hisobga olish nuqtasi - issiqlik ta’minoti sxemasidagi nuqta, unda o’lchash pribori (hisobga olish pribori, hisobga olish tizimi, issiqlik o’lchagich va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda issiqlik energiyasi sarfining miqdori aniqlanadi.
3. Sanoat mahsulotining turi sifatida issiqlik energiyasidan foydalanish issiqlik ta’minoti korxonasi bilan issiqlik qurilmalari issiqlik ta’minoti korxonasining tarmoqlariga bevosita ulangan iste’molchi o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida, mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Issiqlik energiyasidan foydalanishning namunaviy shartnomalari shakllari qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda keyinchalik belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan o’tkazilgan holda Elektr energetikasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o’rinlarda "O’zdavenergonazorat" DI deb ataladi) tomonidan tasdiqlanadi.

Iste’molchi bilan issiqlik ta’minoti o’rtasidagi issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:

shartnomaning mavzusi;

iste’mol qilishning belgilangan rejimlariga va issiqlik energiyasi sifati ko’rsatkichlariga rioya qilish shartlari va bu bo’yicha tomonlarning majburiyatlari;

tomonlarning issiqlik tarmoqlarini balans bo’yicha mansubligini bo’linish va ularni ekspluatatsiya qilish yuzasidan javobgarligi chegaralari;

iste’molchining issiqlik tarmoqlariga ulangan subiste’molchilar haqidagi ma’lumotlar;

u bo’yicha to’lov amalga oshiriladigan 1 Gkal issiqlik energiyasining tarifi;

bir soatlik eng katta yuklama, xonalarni isitish, shamollatish, texnologik ehtiyojlar uchun bo’lingan holda va issiq suv ta’minoti uchun o’rtacha sutkalik bir soatlik yuklama;

tarmoq suvining bir soatda olinadigan eng ko’p miqdori;

qaytarilayotgan kondensatning sifati va miqdori (iste’mol qilingan bug’ning umumiy miqdoriga nisbatan foizlarda), oylar bo’yicha bo’lingan holda;

hisobga olish priborlari bo’yicha ma’lumotlar (turi va hisobga olish pribori o’rnatilgan joy);

issiqlik energiyasini uzatish va iste’mol qilishning alohida shartlari;

tomonlarning javobgarligi;

nizolarni hal etish tartibi;

tomonlarning rekvizitlari.

Issiqlik energiyasidan foydalanish bo’yicha shartnomaning namunaviy shakliga qonun hujjatlariga zid bo’lmagan qo’shimcha bandlar kiritilishi mumkin.

Subiste’molchilar bilan iste’molchi o’rtasida issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnoma iste’molchi tomonidan issiqlik ta’minoti korxonasining roziligi olingandan keyin tuziladi.

Tabiiy monopoliyalarning subyektlari tomonidan majburiy tartibda xizmat ko’rsatilishi lozim bo’lgan iste’molchilarga (subiste’molchilarga) issiqlik energiyasini sotishda, issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasida faoliyatning xususiyatidan, asosiy mahsulotni ishlab chiqarish hajmidan, foydalaniladigan uskunalarning tavsiflaridan hamda noishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan obyektlardan kelib chiqqan holda mazkur issiqlik energiyasi iste’molchilari ta’minotining eng kam darajasi ko’zda tutilgan bo’lishi kerak.


4. Issiqlik energiyasiga tarif o’zgargan taqdirda, sanasidan qat’i nazar, issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasi o’z kuchida qoladi va iste’molchi (subiste’molchi) olingan issiqlik energiyasi uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab yangi tarif bo’yicha haq to’lashga majbur.
5. Issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasini tuzish, uni o’zgartirish, bekor qilish yoki amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal etishda tomonlar qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladilar.
6. Iste’molchi faqat issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishgan holda o’z issiqlik tarmoqlariga boshqa subiste’molchilarni ulashi hamda ular bilan issiqlik energiyasidan foydalanish bo’yicha shartnoma tuzishi mumkin.
7. Shartnomada qayd etilgan bug’ va issiq suvdagi bir soatlik eng katta issiqlik yuklamasi texnik shartlarning loyihaviy yechimlaridagi parametrlarga asosan belgilanadi.

Eng katta issiqlik yuklamasini oshirish uchun iste’molchi qo’shimcha miqdor uchun texnik shartlar olishi shart.

Subiste’molchining issiqlik yuklamasini oshirishda ham iste’molchi issiqlik ta’minoti korxonasidan qo’shimcha texnik shartlarni olishi kerak.
8. Yangi iste’molchilar va subiste’molchilarni issiqlik tarmoqlariga ulash, ular issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ishga tushirish uchun "O’zdavenergonazorat" DIda ruxsat olganlaridan keyin, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi yoki iste’molchi o’z tarmoqlariga ulangan chet iste’molchilar yoki subiste’molchilarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda umumiy (jamlama) bir soatlik eng katta issiqlik yuklamasi uchun issiqlik energiyasidan foydalanish shartnomasini issiqlik ta’minoti korxonasi bilan tuzadi.
10. Issiqlik ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlar mazkur Qoidalar va issiqlik energiyasidan foydalanish bo’yicha tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.
11. Issiqlik ta’minoti korxonasi tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini ta’minlash ishlarini o’tkazish bilan bog’liq kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlarni ko’rish zarur bo’lganda iste’molchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda issiqlik bilan ta’minlashda tanaffusga (uzib qo’yishga) yoki cheklashga yo’l qo’yiladi.
12. Issiqlik energiyasining oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi va iste’mol qilinishi hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilishda xavfsizlik ta’minlanishiga yo’naltirilgan oldini olish chora-tadbirlarining bajarilishi ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq "O’zdavenergonazorat" DI tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni ishlatilayotgan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi ta’minlanishi, issiqlik energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek issiqlik energiyasidan foydalanishda yuzaga keladigan avariyalar, yong’inlar, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar to’g’risida issiqlik ta’minoti korxonasini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.


13. Issiqlik energiyasi nooqilona, isrof qilib ishlab chiqarilganligi, uzatilganligi va iste’mol qilinganligi hamda ularning avariya xavfini tug’diradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati uchun "O’zdavenergonazorat" DI issiqlik ta’minoti korxonasining uskunalari, iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ishini to’xtatib qo’yish huquqiga ega.
14. Maxsus qoidalar bo’yicha ekspluatatsiya qilinadigan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari ustidan energetika nazorati qonun hujjatlariga muvofiq, tegishli vakolatli idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
15. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning texnik holatiga hamda ularni ekspluatatsiya qilishga nisbatan qo’yiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
16. Mazkur Qoidalarning talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar issiqlik ta’minoti korxonasi bilan iste’molchi o’rtasidagi shartnomaga, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Ma’muriy kodeksiga, Jinoyat kodeksiga, "Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, shuningdek O’zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

II. ISSIQLIK ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARINI

ISSIQLIK TARMOQLARIGA ULASHNING

TEXNIK SHARTLARI
17. Issiqlikdan foydalanuvchi yangi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ulash yoki ishlab turgan obyektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik yuklamasini oshirish uchun iste’molchi issiqlik tarmoqlariga ulanish amalga oshirilayotgan issiqlik ta’minoti korxonasidan texnik shartlarni olishga majbur.

Texnik shartlar haq olmasdan beriladi.


18. Issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga yangi iste’molchilarni ulash yoki ishlab turgan obyektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan iste’mol qilinadigan issiqlik yuklamasini oshirish uchun texnik shartlar iste’molchining yoki uning topshirig’i bo’yicha loyihalash tashkilotining, arxitektura va qurilish bo’yicha tuman (shahar) boshqarmasining (bo’limining) buyurtmanomasiga ko’ra, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan beriladi. Unda loyihalanayotgan obyektni tavsiflovchi, qisqa shakldagi ma’lumotlar: uni loyihalash va qurishning davomiyligi, o’rnashgan joyi (kartografiya ma’lumotlari), loyihaviy qarorlarning ma’lumotlariga asoslangan (texnologik ehtiyojlar, xonalarni isitish, ventilatsiya, issiq suv ta’minoti) iste’mol turlari bo’yicha va issiqlik bilan ta’minlashning ishonchliligi bo’yicha talablar ko’rsatiladi.

Ulash yoki mavjud issiqlik yuklamalarini oshirishning texnik imkoniyatlari bo’lmaganda, issiqlik ta’minoti korxonasi, buni tegishli tarzda asoslagan holda, texnik shartlar berishni rad etadi.


19. Issiqlik ta’minoti korxonasi iste’molchidan yoki uning topshirig’i bo’yicha loyihalash tashkilotidan buyurtmanomani olgandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish variantlari uchun texnik-iqtisodiy taqqoslash bajarilayotgan yoki qurilishni, kengaytirishni yoki rekonstruksiya qilishni asoslash bo’yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarining issiqlik ta’minoti uchun dastlabki shartlarini beradi. Yangi tashkilotlarni, binolar, inshootlar, ularning navbatlari, ayrim ishlab chiqarishlarni yoki iste’molchining tashqi issiqlik ta’minoti sxemasini o’zgartirishni talab qiluvchi kengaytirilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan ishlab turgan obyektlarning issiqlik ta’minoti bo’yicha mo’ljallanayotgan loyiha yechimlarini kelishib olish issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan, qurilish maydonini tanlash paytida amalga oshiriladi.
20. Tadbirkorlik subyektlarini issiqlik tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik subyektlarining yoki arxitektura va qurilish bo’yicha tuman (shahar) boshqarmasining (bo’limining) buyurtmanomasi bo’yicha, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan, dastlabki shartlarni bermagan holda, uch ish kunidan oshmaydigan muddatda beriladi.
21. Texnik shartlarda quyidagilar ko’rsatiladi:

a) issiqlik bilan ta’minlash manbai va uning ishonchliligi, issiqlik tarmoqlariga asosiy va zaxira kirishlaridan keyin ulanish yoki elektr stansiyalari va issiqlik markazlari kollektorlariga ulanish nuqtalari, yetkazib beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;

b) boshqa iste’molchining yuklamalarini hisobga olgan holda asosiy va zaxira kirishlarning ulanish nuqtalarida issiqlik eltuvchi parametrlari va gidravlik rejim;

v) umumiy bir soatlik eng katta issiqlik yuklamasi, buyurtmanomada ko’rsatilgan miqdorlarga muvofiq xonalarni isitish, ventilatsiya, issiq suv ta’minoti va texnologik ehtiyojlarga bo’lingan holda;

g) mazkur obyektni ishga tushirish yoki mavjud bir soatlik eng katta yuklamani oshirish hisobiga mavjud tarmoqning o’tkazish qobiliyatini va issiqlik manbaining ish unumini oshirish bo’yicha asoslangan talablar;

d) qaytariladigan bug’ kondensatining miqdori, sifati va chiqarib olish rejimi, kondensatni yig’ish va qaytarish sxemasi;

ye) issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining hisobga olinishi va o’rnatilishiga qo’yiladigan talablar;

j) ishonchlilik talablarini hisobga olgan holda zaxira issiqlik ta’minoti manbalari;

z) quvurlar yotqizishga hamda kanallar va kameralarni, berkitish va tartibga solish armaturasini o’rnatishga, quvurlarni izolatsiya qilishga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarini jihozlashga qo’yiladigan talablar;

i) isitish-ventilatsiya va texnologik yuklama hamda issiq suv ta’minoti yuklamasini ulashning issiqlik sxemasi;

k) qurilayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan issiqlik tarmoqlarining balans va ekspluatatsiya qilish bo’yicha mansubligi (issiqlik tarmoqlarining balans bo’yicha bo’linish chegarasi);

l) issiqlik energiyasi yetkazib berishdagi harorat jadvali va iste’molchining issiqlik ta’minoti tizimidan tarmoq suvining bir soatdagi eng ko’p sarfi;

m) texnik shartlarning, loyihalashtirish va ishlarni bajarish davomiyligi bo’yicha amaldagi me’yorlarni hisobga olgan holda, belgilangan amal qilish muddati.

Iste’molchi yoki bosh loyihalash tashkiloti, arxitektura va qurilish bo’yicha tuman (shahar) boshqarmasi (bo’limi) texnik shartlar talablariga rozi bo’lmagan taqdirda kelishmovchiliklar to’g’risidagi masala bamaslahat, barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida, texnik shartlarni bergan korxonaning texnik kengashida ko’rib chiqiladi.


22. Iste’molchiga texnik shartlar berilishiga qadar ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchi yoki iste’molchi ularni issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishishi shart.

Iste’molchining issiqlik yuklamalari ulanishini aniqlash maqsadida texnik shartlarning bir nusxasi ularni belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazishi uchun issiqlik ta’minoti korxonasiga beriladi.


23. Iste’molchining iste’mol qilinadigan issiqlik energiyasi miqdori yoki issiqlik eltuvchi parametrlari o’zgartirilishini talab qiladigan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish yoki kengaytirishda iste’molchi ularni issiqlik ta’minoti korxonasining issiqlik tarmoqlariga ulash uchun issiqlik ta’minoti korxonasidan texnik shartlarni ham olishi kerak.
24. Issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlarni bajarish iste’molchilar va issiqlik ta’minoti loyihasini ishlab chiqish zimmasiga yuklangan loyihalash tashkilotlari uchun majburiydir.

Amal qilish muddati tugagan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Iste’molchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qo’shimcha quvvatlarni ulash uchun ruxsatnomani mazkur Qoidalarda ko’zda tutilgan tartibda oladi.

Obyektning maqsadi, vazifasi o’zgargan taqdirda iste’molchiga berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin iste’molchi yangi texnik shartlar olishi kerak.
25. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarining issiqlik ta’minoti loyihalari (ishchi loyihalar), korxona, bino, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarning kompleks loyihasi tasdiqlanishidan oldin, issiqlik ta’minoti korxonasi va "O’zdavenergonazorat" DI bilan kelishilishi kerak.

Loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi chizmalar qurilish ishlari boshlanishidan oldin issiqlik ta’minoti korxonasi bilan kelishilishi kerak.

Ulgurji iste’molchi-qayta sotuvchining yoki iste’molchining issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olgan subiste’molchi unga va "O’zdavenergonazorat" DIga ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini kelishish uchun taqdim etadi.

Loyiha hujjatlarini ko’rib chiqishda texnik shartlar va amaldagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan hollarda, iste’molchiga kelishishni rad etishni asoslagan holda xat yuboriladi. Iste’molchi rad etishga sabab bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin loyihani kelishish uchun takroran taqdim etish huquqiga ega.

Loyiha hujjatlarini qayta ko’rib chiqishda ilgari ushbu hujjatlarni kelishishni rad etish to’g’risidagi bildirishnomada ko’rsatilmagan yangi asoslar bo’yicha loyiha hujjatlarini kelishishni rad etishga yo’l qo’yilmaydi. (O’zR VM 01.11.2012 y. 313-son Qaroriga muvofiq kiritilgan xatboshi)
26. Iste’molchilarning yuklamalarini ulash bilan bog’liq bo’lgan yangi issiqlik manbalari va issiqlik tarmoqlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish iste’molchilarning kuch va mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.

III. ISTE’MOLCHILARNING ISSIQLIKDAN

FOYDALANUVCHI QURILMALARINI VA ISSIQLIK

TARMOQLARINI EKSPLUATATSIYA QILISHGA

IJOZAT BERISH
27. Iste’molchilarning yangidan ulanadigan, rekonstruksiya qilinadigan issiqlikdan foydalanuvchi barcha qurilmalari va issiqlik tarmoqlari belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga, texnik shartlarga, qurilish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi hamda texnikaviy ekspluatatsiya qilish va xavfsizlik texnikasi bo’yicha amaldagi qoidalar talablariga javob berishi, shuningdek texnik va qabul qilish-topshirish hujjatlariga ega bo’lishi kerak.
28. Iste’molchi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarni va issiqlik tarmoqlarini montaj tashkilotidan mazkur Qoidalarga muvofiq dalolatnoma bo’yicha qabul qiladi.

Shundan keyin iste’molchi "O’zdavenergonazorat" DIning vakolatlangan vakiliga "Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari"ning, qurilish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga javob beradigan loyiha, texnik, qabul qilish-topshirish va ekspluatatsiya qilish hujjatlarini hamda issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarining vaqtinchalik yoki doimiy ekspluatatsiya qilinishiga ijozat berilishi mumkinligini aniqlash uchun ko’rikdan o’tkazishga taqdim etishi shart.

Iste’molchilarning rekonstruksiya qilingan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ham vaqtinchalik va doimiy ishga tushirishga ruxsat berish mumkinligini aniqlash maqsadida ko’rikdan o’tkazish uchun "O’zdavenergonazorat" DIning vakolatlangan vakiliga taqdim etilishi kerak.

Iste’molchining buyurtmanomasi bo’yicha ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun issiqlik ta’minoti korxonasi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini ariza berilgan muddatga vaqtinchalik shartnoma bo’yicha ishga tushiradi.


29. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarida montaj qilishda nuqsonlar, berilgan texnik shartlardan, issiqlik ta’minoti tashkiloti va "O’zdavenergonazorat" DI bilan kelishilgan loyihadan, shu jumladan, mazkur Qoidalar va boshqa normativ hujjatlarning talablaridan chetga chiqishlar, issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlariga xizmat ko’rsatish uchun tayyorlangan xodimlar yo’qligi hamda xavfsizlik texnikasi va yong’inni o’chirish bo’yicha himoya vositalari bilan to’liq butlanmaganligi aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar, ularni ishga tushirishga ruxsat berish taqiqlanadi.

Tegishli ravishda tayyorlangan xodimlarga ega bo’lmagan iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlarini, ular ekspluatatsiya qilinishi uchun shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilotga topshirilganda, ishga tushirish uchun ijozat berilishi mumkin.


30. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlari faqat "O’zdavenergonazorat" DI tomonidan berilgan ruxsatnoma mavjud bo’lgandagina ishga tushirilishi mumkin.
31. Iste’molchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlariga issiqlik energiyasini yetkazib berish "O’zdavenergonazorat" DIdan ularni ishga tushirish uchun tegishli ruxsat olingandan va issiqlik energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzilgandan keyin issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

"O’zdavenergonazorat" DI issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarining texnik ko’rikdan o’tkazilishi va ularni ekspluatatsiya qilishga ijozat berilishi uchun javob beradi.

Ekspluatatsiya qilinayotgan issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlarini texnik ko’rikdan o’tkazish davriyligi "O’zdavenergonazorat" DI tomonidan o’rnatilgan tartibda belgilab beriladi.


Download 102,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish