O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIY ASI BOSHLIG'INING
BUYRUG'I
Ta'lim muassasalarining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holatini o'rganish to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining epidemiologik vaziyatda respublikadagi ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan majlisining 43-sonli bayoni 17-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida buyuraman:
Quyidagilar:
ta'lim muassasalarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlarining sifatli bajarilishini nazorat qilish bo'yicha shtab (keyingi o'rinlarda - shtab) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
ta'lim muassasalarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holatini o'rganish bo'yicha idoralararo ishchi guruhlar (keyingi o'rinlarda - ishchi guruhlar) tarkibi va o'rganish muddatlari 2-ilovaga muvofiq;
ta'lim muassasalarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlarining hududlardagi 1Jrosm1 o'rganish bo'yicha savolnoma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shtab (X.Ketmonov) va ishchi guruhlar rahbarlariga:
hududlardagi ta'lim muassasalarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilishining haqiqiy holatini o'rganib, mahalliy hokimliklar bilan birga aniqlangan
kamchiliklami bartaraf etish;
joriy yilning 26-avgustiga qadar o'rganish natijalari hamda amalga oshirilgan ishlar bo'yicha tahliliy ma'lumotlami va takliflarni umumlashtirib Vazirlar Mahkamasiga kiritish vasifasi yuklatilsin.
Ta'lim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi bosh boshqarmasi (A.Odilov) va kadrlar bo,'limi (J.Jumayev) bir kun muddatda barcha turdagi ta'lim muassasalarini yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holatini o'rganish bo'yicha ishchi guruhlami hududlarga chiqqan holda o'rganilishini tashkil etish yuzasidan zarur choralar ko'rsin.
Ta'lim muassasalari attestatsiyasi va davlat akkreditatsiyasi bosh boshqarmasi (A.Odilov, R.Ro'zmetov) joriy yilning 30-avgustiga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2021/2022-o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida" 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qaroriga muvofiq respublika oliy ta'lim muassasalariga tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida qo'shimcha qabul parametrlarini ajratish yuzasidan masalalarni (oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi, professor-o'qituvchilar tarkibi va h.k) puxta o'rgansin hamda yakuniy xulosalami O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasiga kiritsin.