Dastur ta'minoti (DT) — bu doimiy qo'llaniladigan dasturlar to'plami bo'lib, ular foydalanuvchining masalalarini yechish uchun zarur va hisoblash texnnkasini eng samarali ishlatish, foydalanuvchilarga ishlashda eng ko'p qulaylik yaratishni hamda masalalarni va ma'lumotlarni qayta ishlashni dasturlashda eng kam mehnat sarfini ta'minlaydi.
SHAXSIY KOMPYUTERLARNING DASTURIY TA'MINOT TARKIBI
Kompyuterlarning apparat ta’minoti rivojlanishi, dasturlash tillarining masina kodidan yuqori darajali dasturlash tillari - to’rtinchi avlod tillarigacha o’sib bordi. TDTni tizimli (bazaviy) va amaliyga bo'lish qabul qilingan
Tizimli Dastur axborotni qayta ishlovchi dasturlarni yaratish samaradorligini oshirish va ularni EHMda qo'llash uchun hamda EHMdan foydalanuvchilarga EHM resurslari bilan ishlash bo'yicha ma'lum xizmatlarni taklif etish uchun mo'ljallangan.
Amaliy dasturli ta'minot (ADT) foydalanuvchining aniq bir muammoli masalasini yoki shunday masalalar sinfini yechish uchun mo'ljallangan (ADT ni ko'pincha dasturli ilova deb ataladi).
Tizimli dasturli ta'minot o'z ichiga quyidagilarni oladi:
Operasion tizim (OT) — TDT ning har doimgi, doimiy qismi bo'lib, u SHK ning turli rejimlarda samarali ishlashini ta'minlaydi, dasturning bajarilishini va foydalanuvchi va EHM tashqi qurilmalarining o'zaro ishini tashkil etadi.
Servisli dasturlar, ular foydalanuvchiga va uning dasturlariga qo'shimcha xizmatlar to'plamini taklif etib, OT ning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Instrumentami (vositali) dasturli vositalar, ular DT ni samarali ishlab chiqish va sozlash uchun mo'ljallangan.
Texnik xizmat ko'rsatish tizimi, u diagnostika, jihozlarni tiklash va SHK da nuqsonlarni topishni yengillashtiradi, shu bilan birga uning yanada yuqoriroq ishonchliligini va axborotlarni o'zgartirish jarayonlarining bajarilish anikligini ta'minlaydi.
Shaxsiy kompyuter 2 ta tashkiliy qismlardan iborat. Bular apparat ta'minot va dasturiy ta'minotdir. Apparat ta'minot – bu birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo'shimcha qurilmalari. Dasturiy ta'minot kompyuterning 2 chi muhim qismi bo'lib, u ma'lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo'lgan xujjatlarni o'z ichiga oladi. Kompyuterning apparat va dasturiy ta'minoti orasida bog'lanish interfeys deyiladi. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o'zaro bog'lanish – bu apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o'zaro bog'lanish – bu dasturiy interfeysdir. Apparat qismlari va dasturlari orasidagi o'zaro bog'lanish apparat –dasturiy interfeys deyiladi.
Kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchi – bu insondir. (foydalanuvchi) Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo'ladi. Insonning dastur bilan va dasturlarning inson bilan o'zaro muloqoti –foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Kompyuterlar programmasi deb axborotni qayta ishlash uchun mo'ljallangan kompyuter tushunadigan tilda yozilgan to'g'ri va to'liq amallar hamda buyruqlar ketma-ketligiga aytiladi. Kompyuterdagi programmalar majmuasi programma ta'minoti deyiladi.
Kompyuterlar programma ta'minotini bajaradigan vazifasiga qarab mantiqan uch guruxga bo'lish mumkin:
1. Sistemali programmalar.
2. Amaliy programmalar.
3. Programmalashtirish tillari.
Sistemali programmalar- kompyuter qurilmalari ishlashini ta'minlaydi va boshqa yordamchi funktsiyalarni bajaradi. Tizim programmalariga quyidagilar kiradi:
Operatsion tizim (OT) – kompyuter ishlarini boshqaradi, boshqa programmalarni ishga tushiradi, axborotni himoya qiladi va boshqa servis funktsiyalarni amalga oshiradi. Keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlar OT turlari :
Drayverlar- tashqi qurilmalar ishlashini boshqaradi, OT bilan birga ishlatiladi. Ko'pgina OT lar o'z komplektida drayverlarni saqlaydi va ular OT o'rnatilishi jarayonida qurilmalarga mos ravishda o'rnatiladi. Hamma yangi qurilmalarga drayverlari kompakt disklarda qo'shib beriladi. Masalan: printer, modem, skaner, kontrollerlar va boshqa qurilmalar drayverlari.
Usqurtmalar – foydalanuvchining faylar sistemasi bilan va programma ta'minotlari bilan ishlashini yengillashtirib beruvchi programmadir.
Utilitlar – yordamchi programmalar. Unga nusxa olish uchun ishlatiladigan antivirus, arxivator, ximoya va shunga o'xshash yordamchi funksiyalarni bajaruvchi programmalar kiradi.
Masalan: Antivirus programmalari, Arxivator programmalari va boshqalar kiradi.
Utilitlar – ma'lumotlarni qayta ishlashda qo'shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko'rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirishga mo'ljallangan dasturlardir. Ba'zan utilitlar majmualarga birlashib ketadi. Utilit programmalarga quyidagilar kiradi:
Kommunikatsion programmalar;
Kompyuterni diagnostikasi uchun programmalar.
Disk uchun programmalar, kesh va boshqalar.
Tizimli dasturiy ta'minot quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
-kompyuterning va kompyuterlar tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash:
-kompyuter va kompyuterlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturiy ta'minot 2 ta tarkibiy qismdan – asosiy (bazaviy) dasturiy ta'minot va yordamchi (xizmat ko'rsatuvchi) dasturiy ta'minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta'minot - bu kompyuter ishini ta'minlovchi dasturlarni minimal to'plashdan iborat.
Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta'minotga asosiy dasturiy ta'minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini qulayroq tashkil qiluvchi dasturlar kiradi. Bular tashkil qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta'minlovchi va boshqa dasturlardir.
Tizimli dasturiy ta'minot sxemasini quyidagi ko'rinishda tasvirlash mumkin:
.
Do'stlaringiz bilan baham: |